Nutq madaniyati va adabiy me'yor

Nutq madaniyati va adabiy me'yor

O'quvchilarga / Pedagogika
Nutq madaniyati va adabiy me'yor - rasmi

Material tavsifi

Nutq madaniyati va adabiy me'yor Reja: 1. Nutq madaniyati tushunchasi. 2. Adabiy me'yor va nutqiy madaniyat. 3. Nutqiy faoliyat va nutqiy malaka. 1. Nutq madaniyati to'g'risida so'zlashdan oldin nutq o'zi nima, uning tildan farqi bormi, degan savolga javob topishimiz kerak. Har qanday sohaning madaniyati bo'lgani singari nutqning ham o'z madaniyati bor. Til va nutq bir-biriga bog'liq hodisalardir, ularni bir-biridan ajratib qarash asossizdir. Til nutq uchun moddiy materialdir. Shu asosida nutq tashkil topadi. Tilda ruhiy va moddiy material mavjud bo'lib, so'zning kishilar xotirasidagi obrazlari ruhiy material, nutq yaratish jarayonida qo'llaniladigan so'z shakllari, materiallar, tovushlar moddiy material hisoblanadi. Tilning ruhiy hodisaligi uning ongda saqlanishi bo'lsa, moddiy hodisa esa undagi tovushlardir. Nutq bu til deb ataluvchi, o'ta muhim vazifani bajaruvchi noyob quroldan foydalanuvchi jarayon. Til birikmalari imkoniyatlarining borliq, tafakkur, ong hamda vaziyat kabi hodisalar bilan munosabatda namoyon bo'lishidir. Nutq harakatdagi til bo'lib, nutq a'zolarining harakati jarayonida paydo bo'ladi va so'z birikmalari, erkin birikmalar, so'z tartibi va gaplardan tashkil topadi. Madaniy gapirishga intilish tushunchasi barcha xalqlar tillarida qadimdan mavjud hodisadir. Bu tushuncha odob va nafosat talablari bilan aloqador tushunchadir. Demak, nutq madaniyati tushunchasi har bir xalq tili va millat ma'naviyatini belgilovchi yoki ko'rsatuvchi odob va nafosat kategoriyasidir. Hozirgi nutq madaniyati atamasi bilan yuritilayotgan hodisa va ilmiy muammo ancha keng mazmunga egadir. Nutq madaniyati millatning umumiy madaniyatini ko'tarish, odamlarga malum tilning didini (yazikoviy vkus) tarbiyalashga xizmat qiluvchi faoliyat hamdir. Nutq madaniyati uch xil hodisaning nomidir: Madaniy nutqning, yani nutqiy hodisaning nomi; Madaniy nutq tushunchasi bilan bog'liq va nutq madaniyati deb yuritiluvchi (muammosini o'rganish) ilmiy muammoning nomi; Nutq madaniyati muammosini o'rganish bilan maxsus shug'ullanuvchi sohaning, tilshunoslik fani bo'limining nomi. Keltirilgan uchta hodisaning har biri o'z murakkab ko'rinishlariga, qirralariga ega, ularni bir-biri bilan qorishtirib yubormaslik lozim. Ushbu bayon etilgan mulohazalar nutq madaniyati tushunchasini tushunish va ta'riflash tilshunoslikda hozir quyidagi ko'rinishlarga ega degan xulosaga kelish imkonini beradi: Nutq madaniyati adabiy til rivojining o'ziga xos xususiyatlaridan biri; Nutq madaniyati bu adabiy til me'yorlarining shakllanishi va silliqlanishiga yordamlashishdan iborat bo'lgan faoliyat, yani til rivojiga ongli aralashuvdir; Nutq madaniyati tilni, uning qonun-qoidalarini ongli idrok qilish, aniq, ravshan, ifodali nutq tuza olish mahoratidir; (A.Gurachyov va boshq). Nutq madaniyati kishilarni o'zaro to'liq va teran fikrlashishi, tilning barcha imkoniyat va vositalarini puxta egallashdan iboratdir; (B.N.Golovin va boshq). Nutq madaniyati faqat to'g'ri nutqgina emas, o'quvchilik hamda nutqiy chechanlik hamdir; (G.O.Vinokur). Nutq madaniyati til vositalaridan o'rinli foydalangan holda maqsadga muvofiq so'zlash va yoza olish san'atidir; (A.N.Yefimov). Nutq madaniyati bu avvalo fikrlash madaniyatidir; (D.E.Rozental). Milliy, o'ziga xosligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.13 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.13 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga