Nutq madaniyati va adabiy norma

Nutq madaniyati va adabiy norma

O'quvchilarga / Pedagogika
Nutq madaniyati va adabiy norma - rasmi

Material tavsifi

nutq madaniyati va adabiy norma. nutqiy malaka Reja. nutq madaniyati tushunchasi. Adabiy norma va nutq madaniyati. nutqiy faoliyat va nutqiy malaka. 1. Xar bir sohaning o'z madaniyati bo'lgani singari nutqning xam o'z madaniyati bor, yani nutq madaniyati deb ataluvchi va bugungi kunda muhim vazifani bajarayotgan tilshunoslikning alohida bir sohasi mavjud. nutq madaniyati to'g'risida suzlashdan oldin, nutq o'zi nima, uning tildan nima farqi bor? degan savollarga javob topishimiz kerak. Til va nutq bir-biriga bog'liq hodisalardir. Ularni bir biridan ajratib qarash asossizdir. Til nutq uchun moddiy materialdir. Shu material asosida nutq tashkil topadi. Tildagi xamma narsa til jamoasi uchun umumiy bo'ladi. Tilda ruhiy va moddiy material mavjud bo'lib, so'zning kishilar xotirasidagi obrazlari ruhiy material, nutq yaratish jarayonida qo'llaniladigan so'z shakllari, morfemalar, tovushlar moddiy material hisoblanadi. Tilning ruhiy hodisaligi uning ongda saqlanishi bulsa, moddiy hodisaligi esa undagi tovushlardir. nutq-bu til deb ataluvchi, o'ta muhim vazifalarni bajaruvchi noyob quroldan foydalanish jarayoni, til birliklari imkoniyatlarining borliq, tafakkur, ong hamda vaziyat kabi hodisalar bilan munosabatda nomoyon bo'lishidir. nutq harakatdagi til bo'lib, nutq a'zolarining harakati jarayonida paydo bo'ladi va so'z shakllari, erkin birikmalar, so'z tartibi va gaplardan tashkil topadi. Madaniy gapirishga intilish tushunchasi barcha xalq tillarida kadimdan mavjud hodisadir. Bu tushuncha malum lingvistik normalar, etikaviy va estetikaviy talablar bilan aloqador bo'lgan tushunchadir. Demak, nutq madaniyati tushunchasi xar bir xalq tili va millat ma'naviyatini belgilovchi (kursatuvchi) etikaviy va estetikaviy kategoriyadir. hozirgi nutq madaniyati atamasi bilan yuritilayotgan hodisa va ilmiy muammo ancha keng mazmunga egadir. nutq madaniyati fakatgina adabiy tilni ongli va maqsadga muvofik normalashga (uni qayta ishlash va boyitishga) qaratilgan harakatlargina emas, balki millatning umumiy madaniyatini ko'tarish, odamlarga malum «til didi» («yazikovoy vkus»)ni tarbiyalashga xizmat qiluvchi faoliyat xamdir. nutq madaniyati atamasi hozirgi zamon tilshunoslik talqinida uch xil hodisaning nomidir; madaniy nutqning, yani nutqiy hodisaning nomi; madaniy nutq tushunchasi bilan bog'liq va nutq madaniyati deb yurituvchi ilmiy muammoning nomi; nutq madaniyati muammosini o'rganish bilan maxsus shugullanuvchi sohaning, tilshunoslik fani bo'limining nomi. Keltirilgan uchta hodisaning xar biri o'z murakkab ko'rinishlariga, kirralariga ega, ularni bir-biri bilan korishtirib yubormaslik lozim. yuqorida bayon etilgan barcha mulohazalar nutq madaniyati tushunchasini tushunish va ta'riflash tilshunoslikda hozir quyidagi ko'rinishlarga ega degan xulosaga kelish imkonini beradi: nutq madaniyati adabiy til rivojining o'ziga xos xususiyatlaridan biri. (Praga lingvistik maktabi). nutq madaniyati (til madaniyati) - bu adabiy til normalarining shakllanishi va silliklanishiga yordamlashishdan iborat bo'lgan faoliyat, yani til rivojiga ongli aralashuvdir. (Praga lingvistik maktabi). nutq madaniyati tilni, uning qonun qoidalarini ongli idrok qilish, aniq, ravshan, ifodali nutq tuza olishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.48 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.48 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga