Nutq madaniyati va adabiy til me'yori. me'yor tushunchasi. Adabiy til me'yori tasnifi Reja: 1. me'yor haqida tushuncha. Adabiy me'yorning til qurilish unsurlari. 2. Umumiy va xususiy me'yor haqida. 3. Adabiy til me'yorlarining tavsifi. 4. Xulosa. Til me'yorining ilmiy nuqtai - nazardan o'rganish, o'zbek tili nutq madaniyati muammolarini nazariy jihatdai asoslashning muhim shartlaridan biridir. Chunki «til me'yori -nutq madaniyati nazariyasining markaziy tushunchasidir». Adabiy tilning rivojlaning qonuniyatlarini, adabiy til me'yorlarining umumiy holatani, undagi turg'un va noturg'un hodisalarni chuqurroq tekshirmay turib, adabiy tilning nutq madaniyati haqida gapirish, adabiy - me'yoriy tavsiflar berish mumkin emas. Nutq madaniyatiga bag'ishlangan ishlarda ko'pincha nutqimizda uchraydigan kamchiliklar haqida gap boradi. Lisoniy birliklarni xuddi shu shaklda qo'llash kamchilik ekanligini nimaga asoslanib aytamiz? Tilshunoslikda mana shunday qo'llanishning to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini ko'rsatuvchi malum o'lchov bo'lishi kerak. Bu o'lchov adabiy til me'yori hisoblanadi. Har qanday til birligining to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini shu me'yor nuqtai - nazardan tutib aniqlaymiz. S.I.Ojigovning fikricha, «me'yor - bu ijtimoiy jarayonda birga mavjud bo'lgan, bor bo'lgan, yangi paydo bo'lgan yoki o'tmishning kam ishlatiladigan til unsurlarini tanlashning natijasi sifatida shakllangan, jamiyatga xizmat qiladigan foydali til vositalari yig'indisidir, keng manoda bu unsurlarni baholashdir». B.N.Golovin: «me'yor - bu til birliklarni o'zaro yaxshi tushuning zarurati tufayli undan foydalaniladigan xalq tomonidan yaratilgan, til qurilishining amalda bulgai xususiyatidir. Aynan manna shu zaruriyat til sistemasining yagonaligiga erishish yo'lida odamlarga biron variantni maqul ko'rish, boshqasidan voz kechish istagini tug'diradi». Demak, me'yor deganda til unsurlarining xalq o'rtasida ko'pchilikka maqul bo'lgan variantini qo'llash tushuniladi. me'yor tushunchasi til taraqqiyoti bilan bog'liq bo'lib, tilda turg'unlik kasb etadi va o'zok muddat yashaydi. Lekin bu me'yor o'zgarmas hodisa degan xulosaga olib kelmaydi. Davr o'zgarishi bilan odamlarning bilishi, dunyoqarashi, hayotga bo'lgan talabi o'zgarishi bilan me'yor ham o'zgarib boradi. Demak, me'yor davr xarakteriga egadir. Masalan, mustaqillik elon qilinguncha, sovet, komsomol, kommunizm degan so'zlar adabiy tal uchun me'yor hisoblangan. Bugungi adabiy til uchun esa bu so'zlar me'yor hisoblanmaydi. me'yor tilning taraqqiyot qonunlari bilan, jamiyat taraqqiyot qonunlari bilan bog'liq. Ko'pchilik tilshunoslar me'yorni faqat adabiy tilga nisbat berib tushunadilar. Bu esa me'yorni tor manoda tushunishga olib keladi. Rus tilshunosi V.A.Itskovich fikricha, me'yor hodisasi tilning barcha yashash shakllari uchun xosdir. Umumtil boyligi doirasida qaraladigan dialektizmlar, sheva unsurlari, jargon va argolar, kasb - hunarga oid ko'pgina so'zlar o'zbek xalqining hammasiga tushunarli bo'lmasa ham, o'sha sheva va lahjalarda, so'zlashuvdagi kishilar yoki malum ijtimoiy guruh uchun tushunarlidir. Masalan, do'ppi: Samarqandda qalpoq, Xorazmda takya, Buxoroda kallapo'sh, Farg'ona va Toshkentda do'ppi deyish shu lahjalar uchun me'yor hisoblanadi. Shuning uchun ham bazi tilshunoslar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.72 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.72 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:28 ]
Arxiv ichida: doc