Nutq madaniyati va notiqlik san'ati Reja: 1. Notiqlik san'ati va uni egallash yo'l-yo'riqlari 2. ma'ruzalarda nutq madaniyati 3. ta'lim jarayonida nutq madaniyati masalalari. 4. Xulosa. Hozirgi lingvistik adabiyotlarda notiq, notiqlik san'ati: voiz, voizlik, voizlik san'ati kabi tushuncha va atamalarga duch kelamiz. Oltinchi mavzudagi masalalarni qayta to'ldirish va mukammalroq tushuntirish maqsadida shu mavzuga qayta murojaat qildim. Notiqlik qadim davrlardan beri alohida mahorat, san'at sifatida, insondagi maxsus noyob qobiliyat tarzida talqin etib kelinadi. Shu tufayli notiqlikni nutq madaniyatidan farqlash lozim. Har qanday og'zaki nutq shakli nutqiy mahorat manosidagi notiqlik bo'lavermaydi. So'zlash madaniyati haqida gap yurituvchi va hatto notiqlar, targ'ibotchilarga mo'ljallangan asarlar ham, bizningcha «Notiqlik san'ati» nomi bilan atalavermasligi kerak. Notiqlik san'atida tinglovchilarni, ommani o'ziga tortishga intilish maqsadi birinchi o'rinda turadi. Notiqning nutqi chiroyli, jozibali bo'lishi shart. Chiroylilikka erishish uchun nutqning mazmuniga, mantiqiy kuchiga, jumlalar jimjimadorligiga katta etibor beriladi. G.O. Vinokur o'zining «Kultura yazika» («Til madaniyati») asarida nutq madaniyatining notiqlik bilan bog'liq tomonlariga alohida to'xtaladi. «Notiqlik nutqi» deganda men har qanday monologik og'zaki nutqni emas, balki tinglovchilarni malum harakatga chorlovchi yoki ularga qandaydir g'oyalar, tasavvurlar tizimini uyg'otishga qaratilgan maxsus vazifa bajaruvchi nutqni tushunaman». Nutq madaniyati va notiqlik san'ati umumiy, o'xshash tomonlarga ega. Har ikkala soha til va nutq, inson nutqi bilan aloqadadir. Har ikkalasi kishilar nutqiy faoliyatining foydali, ta'sirchan, o'tkir bo'lishi uchun kurashadi, insonning nutqiy madaniyatini, uning nutqiy hayotini, o'stirishga xizmat qiladi. Nutq madaniyati ham, notiqlik ham nutqiy odob, nutqiy go'zallik, nutqiy mantiq qonuniyatlaridan oziqlangan holda ish ko'radi. Shunga qaramasdan bizning nazarimizda nutqiy san'at manosidagi notiqlikni, yani favqulodda nutqiy mahorat va qobiliyat bo'lgan notiqlikni ommaviy nutq (notiqlik)dan farqlash lozim. Bazi notiqlarda uchraydigan notiqlik san'ati og'zaki nutq sohasida shaxsiy qobiliyat va faoliyati tufayli erishiluvchi alohida san'atdir. Nutq madaniyati tushunchasi aynan notiqlik san'atining o'zi emas, ammo u notiqlik mahoratiga nisbatan olganda qandaydir o'ta oddiy va o'ta siyqa tushuniluvchi hodisa ham emas. Bu o'rinda V.G.Kostyumarov tomonidan aytilgan ushbu satrlarni keltirish mumkin: «Chechanlik (krasnorechie) yoki badiiy so'z san'atiga erishtirishni ko'zda tutmasa ham u nutqda faqat kam grammatik me'yorlarga amal qilish masalalari bilangina chegaralanmaydi. Boshqacha aytganda, nutq madaniyati faqat to'g'rilikning uzidangina iborat emas. Nutq madaniyatiga nutqning turli uslub va janrga xos bo'lgan til variantlarini, fikr ifodalashning ko'p sonli vositalarini egallash, shuningdek, nutqining ijtimoiy an'analaridan kelib chiquvchi turlicha tiplari va janrlarini o'zlashtirish ham taalluqlidir. Nutq madaniyati va notiqlik san'ati tushunchalari orasida bazi o'xshashlik, yani umumiy tomoni bor. Bu har ikkala sohaning maqsadi ish ko'rish qurolining umumiyligida ko'rinadi, ammo shunga qaramasdan nutq madaniyati tushunchasi bilan notiqlik tushunchasi aynan bir narsa ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.32 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.32 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:28 ]
Arxiv ichida: doc