Nutq madaniyati va uslubiyat

Nutq madaniyati va uslubiyat

O'quvchilarga / Pedagogika
Nutq madaniyati va uslubiyat - rasmi

Material tavsifi

Nutq madaniyati va uslubiyat Reja: 1. Til uslubiyati va nutq uslubiyati tushunchalari. 2. Uslub tushunchasining lingvistik mazmuni. 3. Tilning vazifaviy uslublari: 1. So'zlashuv uslubi; 2. Rasmiy ish qog'ozlar uslubi; 3. Ilmiy uslub; 4. Publitsistik uslub; 5. Badiiy uslub. Nutq madaniyati tushunchasining mohiyatini, ilmiy yo'nalish sifatida bu sohaning maqsad va vazifalarini aniqlash ko'p jihatdan nutq bilan nutqiy uslublar, nutq madaniyati sohasi bilan uslubiyat fani orasidagi munosabatni to'g'ri belgilashga bog'liqdir. Hozirga qadar bu ikki hodisa va tushuncha orasidagi umumiy hamda farqli tomonlar etarli ravishda o'rganilgan emas. Ilmiy adabiyotlarda nutq madaniyati haqida gap borganda ko'p holda bu soha bilan uslubiyat birgalikda talqin qilinadi. Bu ikki soha orasidagi munosabatni belgilashda fanda to'rt xil nuqtai - nazar oldinga suriladi: 1. Nutq madaniyati - bu uslubiyatning o'zidir; 2. Nutq madaniyati - bu amaliy uslubiyatdir; 3. Nutq madaniyati bilan uslubiyat o'zaro zich bog'liq bo'lgan sohalardir; 4. Nutq madaniyati va uslubiyat o'zaro zich aloqador, ammo har qaysi o'zicha mustaqil ilmiy sohalardir. Keltirilgan qarashlarni tasdiqlaydigan bazi fikrlarni qisqacha tahlil qilib ko'raylik. V.V.Vinogradovning nutq madaniyati muammosiga bag'ishlangan maqolalarida «til madaniyati» va «nutq madaniyati» atamalari baravar qo'llaniladi. Uiing fikricha, til madaniyati yoki nutq madaniyati deb yuritiluvchi fan nazariy amaliy sohadir. Bu soha adabiy til uslubiyatidan til uslubiyati bilan nutq uslubiyati oralig'ida turuvchi bir fan ekanligi bilan farqlanadi: «Til madaniyati va nutq madaniyati haqidagi fan til uslubiyati va nutq uslubiyati bilan chegaradosh bo'lib nazariy va amaliy sohadir. U tilning keyingi davr rivojiga jonli va jadal ta'sir etish maqsadida adabiy tilning asosiy estetik me'yorlarini shakl va an'analarini badiiy adabiyot uslublari usuvi bilan bog'liq holda umumlashtiradi va xulosalaydi» va yanada takomillashtirish ishi qiziqtirmaydi. Uslubiyat uchun joriy harflar, imloviy me'yorlar va talaffuz shakllarining uslubiy vazifalari ahamiyatlidir. Nutq madaniyati o'z maqsad va vazifalari doirasiga ko'ra ancha keng sohadir. Uslubiyat esa unga nisbatan olinganda anchagina tor, juziy sohadir. Har bir vazifaviy uslubning o'ziga xos xususiyatlarini bilish uni ongli o'zlashtirish, egallash nutq madaniyatini ko'tarish uchun ahamiyatli ekani shubhasizdir. Masalan, bazi mualliflarning o'z ishlarini ilmiy til va uslub talablari darajasida yoza olmasligi, ularning ilmiy - publitsistik, ilmiy - ommabop uslubni tom manodagi akademik ilmiy uslubdan farqlay olmasliklari, shuningdek, bazi badiiy asarlarni esa gazeta tiliga, ilmiy - prublitsistik uslubga yaqin bir tilda yozilganini yoki o'zbek tilida yozilayotgan rasmiy - idoraviy hujjatlar tilining rasmiy uslub me'yorlariga javob bera olmasligi, ular tilining pishshiq - puxta emasligi va boshqalar aslida ilmiy uslub, ilmiy - publitsistik uslub, ilmiy -ommabop uslub, badiiy uslub, rasmiy uslub me'yorlari va ulardan foydalaning mezonini bilmaslik natijasidir. Mana shu manoda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.74 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.74 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga