Nutq madaniyatiga kirish Reja: 1. Nutq madaniyatiga kirish 2. Nutq madaniyati va nutq odobi Madaniyatning bir bo'lagi sifatida nutq madaniyati ham bir ziyolining ziyolilik darajasini belgilaydigan mezondir. Ayniqsa, san'at ahli hamisha elning nazarida bo'ladi. San'atkor nafaqat o'zining kuy qo'shiqlari ijrosi bilan, balki o'zining sermazmun, ta'sirchan, jozibador nutqi bilan ham tinglovchilarni, suhbatdoshini sehrlab qo'ya olishi lozim. Aslida nutqning sehri kuy, qo'shiq sehrdan aslo qolishmaydi. Xullas, san'atkor oddiy, to'pori nutqda gaplashmasligi joiz. Nutq madaniyatining sir - asrorlaridan voqif bo'lmog'i lozim. Buning uchun avvalo o'zbek tilining nufuzi, o'rni, tavsifi, ahamiyatini bilish taqazo etiladi. Qadimiy, nuroniy tillardan biridir mening tilim! Olimlarning ta'kidlashlaricha, XI asrda yaratilgan Mahmud Qoshg'ariyning Devonu lug'atit turk asari, XII asrda yaratilgan YUsuf Xos Hojibning Qutadg'u bilig asari, Ahmad YUgnakiyning Hibat - ul haqoyiq asarlarida, uchraydigan so'zlarning 75-80 foizi uchraydi mening tilimda. Bu esa o'sha qadimiy yozma yodgorliklarga vorisligimizdan dalolatdir. Ma'lumki, barcha turkiy tillar (qozoq, qirg'iz, tatar, boshqird, turkman, ozorbayjon, turk, yoqut, chuvash, xakas va boshqalar) uch lahjadan biriga (Qarluq - chigil, qipchoq, o'g'iz) asoslanadi. O'z bag'riga har uch lahjani jo aylagan sersheva tillardan biridir mening tilim! XV asrda ham tilimiz kamsitilgan. Turkiy tilda go'zal asar yaratib bo'lmaydi degan tushunchalar mavjud edi. Ijod ahli o'z asarlarini arab va forsiy tilda bitganlar. Hazrat Mir Alisher Navoiy turkiy tilda go'zal Xamsa yaratib, ularga amaliy ish bilan javob berganlar. Xamsa yarata olgan qudratli tillardan biridir, mening tilim! Bundan tashqari, hazrat Muhokamat -ul lug'atayn degan asar yozib turkiy tilni forsiy til bilan qiyoslab, uning go'zalligini, boyligini ilmiy asoslab berdilar. Abdurauf Fitrat Navoiy hazratlarining asarlarini tahlil qilar ekan, yig'lamoq fe'lini 28 ta so'z bilan ifodalanganligini e'tirof etadi. Bir tushunchani ifodalamoq uchun o'z bag'ridan o'nlab so'z topa bilgan purma'no tillardan biridir, mening tilim! Xalqning turmush tajribalaridan olingan xulosalari bitilgan maqolu matal va hikmatli so'zlarga boy purhikmat tillardan biridir, mening tilim! Qo'pollikni yoqtirmaydigan nozikta'b, xushxulq tillrdan biridir, mening tilim! Xatto so'zlarni ham o'ynata oladigan tuyuq askiyalar tilidir, mening tilim! SHoir aytganidek, bulbul ko'yin kuyga soladigan dilrabo tillardan biridir, mening tilim! Dunyoda yagona O'zbekiston davlatining yagona davlat tilidir, mening tilim! Nutq madaniyatiga yondashishda tilning ushbu imkoniyatlaridan foydalanish lozimdir. NUTQ MADANIYATI VA NUTQ ODOBI Nutq madaniyati avvalo nutq odobiga tayanadi. Nutq odobi mezonlari o'zining qadimiy ildiziga ega. Ayniqsa, o'zbek adabiy tilining asoschisi hazrat Mir Alisher Navoiyning bu boradagi xizmatlari beqiyosdir. U jumladan, nutq odobi, ya'ni nutq madanitining quyidagi talabalarini bayon qiladi: Tilni, so'zni qadrla, uni hurmat qil Donau dur so'zini afsona bil, So'zni jahon bahridan durdona bil. (Xamsa) YAxshi so'zlay olish, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.65 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.65 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:28 ]
Arxiv ichida: doc