Nutq madaniyatini egallashning usul va yo'llari

Nutq madaniyatini egallashning usul va yo'llari

O'quvchilarga / Pedagogika
Nutq madaniyatini egallashning usul va yo'llari - rasmi

Material tavsifi

Nutq madaniyatini egallashning usul va yo'llari Reja: 1. Nutq madaniyati adabiy til tushunchalari. 2. O'zbek aholisi nutqining ko'rinishlari. 3. Til va nutq madaniyatini egallashning to'rt yo'li. 4. Tilni nutq madaniyatini egallashning bosqichlari va muhim tomonlari. 5. Xulosa. Jamiyat a'zolarining o'zaro olishuv jarayonida tildan foydalanishi va foydalana olish qobiliyati o'zining malum qonuniyatiga ega. Bundagi bir umumiy holat shundan iboratki, har bir kishi ham o'z ona tilisi yoki o'zi egallagan boshqa biror tildan ehtiyojiga yarasha foydalanish ko'nikmasiga egadir. Ushbu ko'nikma ko'p zamonlar davomida avloddan-avlodga o'tib keluvchi insoniy mushohada va tafakkur an'analarining har bir shaxsda takrorlanuvchi intellektual xususiyatlariga tayanadi. Bunday qobiliyat shaxsning o'zi gapirayotgan til yoki til shaklining me'yoriy tizimini egallaganligi, uni ijodiy idrok eta olishi bilan bog'langandir. Shaxsning o'zi egallagan tilni qaysi darajada (oddiy yoki chuqur) bilishi shu shaxsning o'z faoliyati, intilishi, hayotiy tajribasi hamda hayotiy ehtiyojiga bog'liq bo'lgan masaladir. Demak, odamning yoshlikdan malum bir tilda so'zlay olishi tabiiy, shaxsiy va obyektiv qobiliyatdir. Shu tufayli ham nutq madaniyati sohasi kishilarni umuman so'zlashga malum til vositasida fikr almashishga o'rgatish vazifasini ko'zda tutmaydi. Chunki qayd etilganidek, insonning o'z ona tilida so'zlay olish qobiliyati avvaldan bor bo'lgan tabiiy instinktdir. Shunday ekan, nutq madaniyati sohasining maqsadi nima? Bu soha umuman ona tilida emas, balki jamiyat a'zolarini ona tilini maxsus shaklida (madaniy shaklida) gapira olishni o'rgatishni ko'zda tutadi. Tilning bunday shakli malum bir milliy tilda gaplashuvchi ijtimoiy guruhlarning barchasi uchun mushtarak bo'lgan til - adabiy tildir. Shu tufayli nutq madaniyati uchun kurash bu kishilarning o'zaro har qanday fikr almashishini madaniylashtirish (masalan, sheva va lahjalarda gaplashishi) uchun kurash emas, balki butun millat a'zolari uchun yagona bo'lgan adabiy tilda to'g'ri fikr almashish uchun kurashishdan iboratdir. Nutq madaniyati sohasi butun millatni (xalqni) ko'zda tutib ish olib boradi; Nutq madaniyati faqat ziyolilar (o'qimishli ommaning) nutqini yaxshilashni ko'zda tutadi; Nutq madaniyati sohasi, birinchi navbatida, yosh avlod nutqini to'g'rilashni ko'zda tutib ish ko'radi; Nutq madaniyati tushunchasi adabiy til bilan bog'liqdir. Shuning uchun adabiy tilni egallamagan va unda so'zlay olmaydigan kishining nutqiy madaniyati haqida gapirish ham ortiqchadir. Nutq madaniyati sohasi adabiy tilda gapiruvchilar, adabiy tilni egallagan va egallayotganlar nutqini, nutqiy faoliyatini ko'zda tutgan holda ish ko'radi. Ammo hozirda adabiy til umumxalqning so'zlashuv quroliga aylanayotgan bizning jamiyatimizda ham aholining ko'pchilik qismi mahalliy lahja va shevalarda yoki adabiy til bilan o'z shevalarining qandaydir qorishmasidan iborat bo'lgan bir tilda so'zlashmoqdalar. O'zbek millatiga mansub kishilar kundalik faoliyatlarida o'zbek adabiy tilidan qay darajada foydalayotganiga ko'ra quyidagi guruhlarga ajratiladi: O'zbek adabiy tili me'yorida gapira oluvchi va yoza oluvchi kishilar guruhi; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.48 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.48 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga