Nutq o'stirish mashg'ulotlari, ularning qurilishi

Nutq o'stirish mashg'ulotlari, ularning qurilishi

O'quvchilarga / Pedagogika
Nutq o'stirish mashg'ulotlari, ularning qurilishi - rasmi

Material tavsifi

nutq o'stirish mashg'ulotlari, ularning qurilishi Reja: 1. mashg'ulot-maktabgacha ta'limda nutq o'stirishning asosiy shakli. 2. nutq o'stirish mashg'ulotlari. Ularning turlari, qurilishi. 3. mashg'ulotga qo'yilgan ta'limiy va didaktik talablar. Tayanch tushuncha va iboralar. mashg'ulot, mutaxassis, rakobatbardosh, faoliyat, izlanish, bahs, munozara, didaktik maqsad, metod, didaktik o'yin, harakatli o'yin, mujassam, noan'anaviy, metodik talab, nutqiy barkamollik. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 1996 yil yakunlariga bagishlangan majlisdagi islohotlar izchilligi- inson manfaatlari omili mavzusidagi nutqida: Biz o'z istedodli, fidoiy bolalarimizga, farzandlarimizga bilim va kasb chukkilarini zabt etishi uchun kanot berishimiz kerak,- deb takidladi. (ma'rifat gazetasi. 1997 yil 1 mart) Kurinib turibdiki, Respublikamizda amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Barkamol avlodni, komil insonni tarbiyalashga xizmat kilmokda, bu esa pedagog, mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatiga alohida talab kuydi, yani xar bir mutaxasis yetuk, rakobatbardosh bilim va malakaga ega bo'lgan , ma'naviy barkamol inson bo'lib, ta'limning barcha shakllarini eng kulay usullar va yangi pedagogik texnologiya asosida tashkil etishni uddalay olishi lozim. Shuni takidlash lozimki,ta'lim - tarbiyadan kuzlangan maqsad-ta'lim oluvchilarning o'quv-bilish faoliyatlarini, kizikishlarini, ichki bilish xissi-motivatsiya kuchini uygotish, ularda o'zini-o'zi boshqarish, mustaqil fikrlash, aniq maqsad sari intilishlarini shakllantirish imkoniyatini yaratishdan iboratdir. Bunga erishish uchun esa Prezidentimiz aytganlaridek, Yoshlarni kay usulda o'qitish, ularni tarbiyalash, mustaqil mamlakatning yetuk mutaxassisi bo'lishiga kaygurish xar bir insonning asosiy vazifasidir (Ilm-ziyo salohiyati yurt boyligi nutqidan. ma'rifat gazetasi 1993 yil 21 iyun) degan tamoyilga asoslanish lozim. Shu sababli milliy dasturning asosiy vazifalaridan biri bo'lgan o'quv-tarbiya jarayoni sifatini jahon standartlari darajasiga ko'tarish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining butunlay yangi usullarini joriy etishga erishishimiz zarur. ta'lim - tarbiya jarayonining asosiy shakli mashg'ulot bo'lib, hozirgi zamon pedagogikasi nuqtai nazaridan karaganda, mashg'ulot o'quvchi va o'qituvchi faoliyatlarining o'zaro muvofiklashuvidir. Yani o'qituvchi o'z faoliyatini o'quvchilar faoliyatiga moslashtirishi, o'zaro hamkorlikda faoliyat ko'rsatishi, o'quvchi ta'limning faol ishtirokchisi sifatida faoliyat ko'rsatishini ifoda etadi, ta'limiy maqsadni amalga oshiradi. Shu bois tarbiyachi fakat tushuntirishga etibor berib kolmay, bolalarni topshiriqlarni bajarishga kuprok jalb etishi zarur. Maktabgacha ta'limda nutq o'stirish mashg'ulotlarining ta'limiy maqsadi bolalarda ona tilida to'g'ri, aniq, ifodali suzlash, grammatik shakllar va gapdan nutqda foydalanish orqali nutqni egallash ko'nikma va malakalarini shakllantirish, ularni maktab ta'limiga tayyorlashdan iboratdir. Shuning uchun xam maktabgacha ta'limda nutq o'stirish ishlari tevarak-atrof bilan tanishtirish, badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashg'ulotlari, mehnat, sayr -ekskursiya, kuzatish jarayonlarida amalga oshiriladi. Chunki nutq tinglovchiga karatiladi, tinglovchidan fikrni diqqat bilan tinglash, tushunish fikrga o'z munosabatini bildirish talab etiladi. nutq o'stirish mashg'ulotlarida tarbiyachi nutq vositalaridan foydalanishi , nutq o'stirish metodlarini to'g'ri qo'llashi, bolalarning nutqni egallash ishtiyoklarini oshirishi lozim. Shu bois mashg'ulot maktabgacha ta'limda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.91 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.91 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga