Nutq o'stirish metodikasi pedagogik fan, fanning predmeti, maqsadi vazifalari

Nutq o'stirish metodikasi pedagogik fan, fanning predmeti, maqsadi vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Nutq o'stirish metodikasi pedagogik fan, fanning predmeti, maqsadi vazifalari - rasmi

Material tavsifi

nutq o'stirish metodikasi pedagogik fan, fanning predmeti, maqsadi vazifalari Reja: Ona tilining maktabgacha ta'limda tutgan o'rni, mohiyati. 2. nutq o'stirish metodikasi pedagogik fan sifatida. 3. nutq o'stirish metodikasining maqsadi vazifalari. 4. nutq o'stirish metodikasining mazmuni. Tayanch tushunchalar: til, nutq, ta'lim, tarbiya, rivojlantirish, nutqiy intellekt, xotira, tasavvur, maqsad, vazifa, so'z boyligi, bog'lanishli nutq, nutqning tovush tomoni, nutqning grammatik tomoni, badiiy adabiyot, pedagogik tamoyillar: nimani o'rgatish kerak, kancha o'rgatish kerak, qanday o'rgatish kerak. mustaqil taraqqiyot yo'lidan dadil borayotgan, huquqiy demokratik jamiyat ko'rishga intilayotgan Respublikamizda xar bir insonning ozod va erkin, farovon yashashini taminlovchi jamiyat barpo etilmokda, yoshlarning ilm - ma'rifatli bo'lishiga barcha imkoniyatlar yaratilmokda. ayniqsa, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tilining asosiy o'quv predmeti ekanligini, fanlarni egallash uchun avvalo, ona tilida to'g'ri, ifodali, tartibli va ijodiy fikrlash zarurligini aniq namoyon etmokda. Chunki bizning ertangi kunimiz Prezident I.A.Karimov aytganlaridek: Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy mutaxassislarni talab etadi. Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta'lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Yani bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko'nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat ko'rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantikiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to'g'ri ifodalashi o'zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo'lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o'stirish fanining o'rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o'zaro aloqa vositasi bo'lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo'lib, jamiyat taraqqiyotidagi o'zgarishlar, yangiliklar tilda o'z aksini topadi. Til birliklari nutqni hosil qiladi, yani xar bir inson o'z fikrini boshqalarga til orqali, til birliklari orqali bayon qiladi, boshqalar fikrini til orqali egallaydi, tushunadi. Yani nutq tevarak-atrofdagi vokea-hodisalar haqidagi fikr muloxozalarni boshqalarga etkazishdir. Shuning uchun til va nutq inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta'limda nutq o'stirish metodikasi fanining ukitilishi, nutq o'stirish metodlarini bilish, xar bir yosh guruhda bolalar nutqini o'stirish vazifalarini to'g'ri xal etish imkonini beradi, bolalarni maktabga tayyorlash vazifasining bajarilishini ta'minlaydi. yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, o'zbek tili kadimiy til sifatida taraqqiy etgan, jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari uchun xizmat kilmokda. Respublikamiz mustaqilligi o'zbek tili taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi, tilimiz mustaqillikning mohiyatini ifodalash, ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tili ta'limini takomillashtirishga xizmat kilmokda. Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o'stirish ularga ona tilini amaliy o'rganish demakdir. 2. nutq o'stirish metodikasi pedagogik fan sifatida 1920 yillargacha pedagogika fani tarkibida taraqqiy etdi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.79 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.79 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga