nutq o'stirish metodlari va usullari Reja: 1. O'zbekiston mustaqilligi sharoitida ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, metod va usul haqida tushuncha. 2. og'zaki metodlar va ularning turlari, kullanishi. 3. ko'rsatmali metodlar va ularni qo'llash. 4. Amaliy metodlar va ulardan foydalanish. 5. o'yin metodi va uni qo'llash. Tayanch tushuncha va iboralar: ta'lim, tarbiya, bilish faoliyati, fan, shaxs, til, tafakkur, nutq, mantikiy, ijodiy fikrlash, metod, usul, og'zaki metod, ko'rgazmalilik metodi, amaliy metod, o'yin, ijodiy ish, evristik, o'zaro hamkorlik, kuzatish, suhbat. O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi Respublikamizda ta'lim tizimini isloh qilish, o'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish va zamonaviy talablar darajasiga ko'tarish, yangi pedagogik texnologiyalarni ta'limga joriy etish, yosh avlodning yosh xususiyati, bilish faoliyati, tafakkuri, iktidorini nazarda tutgan holda ta'lim-tarbiya berish, davlat dasturlari, ta'limning davlat me'yorlariga mos bo'lgan bilim va malakalarni shakllantirishga imkoniyat yaratdi, xar bir fuqaroga O'zbekiston Konstitutsiyasining 29-moddasida ifoda etilgan Xar kim fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligiga egadir, 41-moddasida ifoda etilgan Xar kim bilim olish huquqiga egadir, bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi degan huquqidan tula foydalanish imkoniyatini berdi, mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimi joriy etildi. Demak, yurtimizda xar bir inson o'z ehtiyojidan kelib chikkan holda qobiliyatini rivojlantirish, ijtimoiy hayotda o'z o'rnini topish imkoniga ega buldi. Chunki Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g'oyalaridan biri yoshlarning bilimli, aql-zakovatli bo'lishlari, xar qanday sharoitda o'z bilimi, aql zakovatiga ishongan holda faoliyat ko'rsatishi, o'z ona tilida aniq, ravon, erkin fikrlashini shakllantirishdan iboratdir. Shu bois mustaqilligimiz-ning dastlabki kunlaridan boshlab o'z ilmi, malakasi, teran fikri bilan Respublikamizning iqtisodiy, ma'naviy ehtiyojiga mos keladigan, yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashga ahamiyat berildi. ayniqsa, davlatimiz rahbari I.A.Karimov yoshlar tarbiyasiga, ularning ilm-ma'rifatli bo'lishlariga alohida etibor berdilar, ularni mustaqil fikrlashga o'rgatish zarurligini; tafakkur ozod bulmasa, ong va shuur tazyikdan, kullikdan kutulmasa, inson tula ozod bulolmaydi, - deb takidladilar. Demak, mustaqil Respublikamizda yoshlarga ta'lim berish, fanlarni o'rgatish bilan birga ularni mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalash vazifasi belgalandi. Chunki fikrlash til va nutq, tafakkur bilan bog'liq bo'lib, fikrlash jarayonida faraz, mushoxada, isbotlash, tahlil qilish paydo bo'ladi, aqliy faoliyat, ongli harakat, aql-zakovat, maqsad sari intilish, tafakkur shakllanadi, fikr esa nutq orqali ifoda etiladi. Maktabgacha ta'limdan boshlab bolalar og'zaki nutqini o'stirish, ularni kurgan, eshitgan vokea hodisalari haqida eslab kolganlarini erkin fikrlash orqali bayon qilish, o'z fikrini tushunarli, tartibli ifodalash bilan birga ijodiy fikr yuritishga xam urgatiladi, chunki nutq tufayli inson o'zaro fikrlashadi, muloqot qiladi. Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o'stirish, ularni fikrlashga, uni boshqalarga tushunarli bayon etishga o'rgatish, bolalarning obrazli, mantikiy, ijodiy, abstrakt fikrlashini shakllantirish va maktabga tayyorlashda nutq o'stirish metodlarining o'rni, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.94 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.94 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:29 ]
Arxiv ichida: doc