Nutqida kamchiligi bor bolalar bilan ishlash Reja: 1. Nutq buzilishining sabablari. 2. Nutq va eshitish qobiliyatida og'ir nuqson bo'lgan bolalarni tabaqalashtirish. Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir, chunki bola nutqining rivojlanishi uchun uning eshitish organining qobiliyati normal bo'lishi kerak, ya'ni u eshitgan so'zlarini takrorlaydi, natijada uning nutqi rivojlanadi. Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek, atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi. Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko'rib chiqishda evolyutsion dinamik yondashiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelishi jarayonini tahlil qilishdan anomal rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini va har bir yosh davrida nutqning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir. Psixik (shu bilan birga nutqiy) jarayonlarning shakllanishida biologic-ijtimoiy jarayonlarning birligi prinsipi - nutqiy sistemaning rivojlanishiga - nutqiy muhit, muomala, emotsional aloqa va boshqa faktorlarning ta'sirini aniqlash imkonini beradi. eshitishi normal bo'lgan bolaning kar-saqov ota-ona qo'lida tarbiyalanishi, surunkali kasal bo'lib tez-tez kasalxonalarda davolanuvchi bolalarda nutqning rivojlanmay qolishi, oilada uzoq vaqt davom etuvchi ruhiy shikastlanish va ikki tillilik - bolada duduqlanishning yuzaga kelishiga sabab bo'lishi, nuqtiy muhitning nutq rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishiga misol bo'ladi. Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablari: 1. Embrion rivojlanish davridagi turli xil patalogiyalar. 2. Homiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasalliklar, jarohatlar, qonning rezus-faktorga mos kelmasligi. 3. Tug'ruq vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya. 4. Bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari (meningit, ensefalit). 5. Miyaning chayqalishi bilan birga sodir bo'ladigan bosh miya jarohatlari. 6. Nasliy faktorlar. Bunday hollarda nutq buzilishlari umumiy nerv sistemasi buzilishlarining bir qismini tashkil etib, intellektual va harakat kamchiliklari bilan birga kuzatiladi. 7. Ijtimoiy-maishiy sharoitning yomonligi. Bu holat mikroijtimoiy qarovsizlikka, vegetativ disfunksiyaga, emosional-irodaviy muhitning buzilishlariga va nutqning rivojlanmay qolishiga sabab bo'ladi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan sabablar, ayrim hollarda ularning birgalikda qo'shilib kelishi nutqning turli tomonlarining buzilishiga sabab bo'lishi mumkin. Hamma nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: 1. Organik xarakterdagi nutq buzilishlari. 2. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlar. Organik nutq buzilishlar o'z navbatida ma'lum joyning zararlanishiga ko'ra markaziy va periferik xarakterda bo'ladi. Funksional buzilishlar: bunda nutq jarayonida ishtirok etadigan a'zolar tuzilishida hech qanday o'zgarishlar bo'lmaydi. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlariga: dislaliya, duduqlanish kabi nutq nuqsonlari kiradi. Pereferik buzilishlar: artikulyatsion apparatning noto'g'ri tuzilish yoki buzilishi va pereferik nerv artikulyatsion organlar inervasiyasining buzilishdan kelib chiqadi. Markaziy buzilishlar: markaziy nerv sistemasining u yoki bu qismlarining buzilishi, zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishlariga alaliya, afaziya, dizartriya kabi nutq kamchiliklari kiradi. Turli nutq buzilishlarining rivojlanishini oldidan aniqlash katta ahamiyatga egadir. Agarda nutqiy nuqson bolaning maktabga kelgan vaqtida ilk bor aniqlansa, u holda ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
805.76 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:29
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
805.76 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:29 ]
Arxiv ichida: pptx