Nutqning fonetik - fonematik tomonidan rivojlanmaganligi va uni korreksiyalash

Nutqning fonetik - fonematik tomonidan rivojlanmaganligi va uni korreksiyalash

O'quvchilarga / Pedagogika
Nutqning fonetik - fonematik tomonidan rivojlanmaganligi va uni korreksiyalash - rasmi

Material tavsifi

Nutqning fonetik - fonematik tomonidan rivojlanmaganligi va uni korreksiyalash RYeJA: 1. Logopedik tuzatish ishlarining asosiy yo'nalishlari 2. Logopedik mashg'ulotlar 3. Talaffuz va fonematik idrokni shakllantirish va nutq o'stirish 4. Savod o'rgatish 5. Maxsus guruhlarda logopedning hujjatlari 6. Ota-onalar bilan ishlash 7. Logopedning ish rejasi 8. Logopedning hisoboti Tayanch so'zlar: (Logoped, idrok, fonetik, fonematik, NTR, talaffuz ) Nutqning fonetik-fonematik tomondan rivojlanmaganligi - bu tovushlarni talaffuz etish va idrok qilish jarayonidagi kamchiliklar natijasida bolalarda ona tilidagi tovushlarni talaffuz qilish sistemasi takrorlanishining buzilishidir. Bunday nutq kamchiligida nutqning idrok va talaffuz qilish nuqsonlariga asoslangan fonetik-fonematik tomonining buzilishi birinchi o'rinda turadi. Shu bilan birga bazi bolalarda leksiko-grammatik taraqqiyotida yaqqol ifodalanmagan orqada qolish xollari xam kuzatilishi mumkin. Bu toifadagi bolalarga xos xususiyat artikulyatsion yoki akustik belgilariga ko'ra farq qiladigan tovushlarning shakllanish jarayonining tugallanmagan bo'lishidir. Bu holda bola nutqida differentsiatsiyalanmagan tovushlar bo'lishi, tovushlarni almashtirish, nutqda ularni to'g'ri qo'llamaslik, ko'plab tovushlarni buzib talaffuz qilish, shuningdek tovushlarni eshitishga ko'ra etarli farqlamaslik kuzatiladi. Shunday qilib, fonetik-fonematik rivojlanmaganlik guruhiga kiruvchi bolalarning og'zaki nutqida quydagi talaffuz kamchiliklari kuzatiladi: a) tovushlarni artikulyatsion jihatdan oson bo'lgan tovushlarga almashtirish (masalan, «s», «sh» tovushlarining «f» tovushiga almashtirilishi); b) nutqning turli shakllarida tovushlardan barqaror foydalanmaslik; v) tovushlarni artikulyatsion jihatdan bir-biriga yaqin bo'lgan tovushlarga almashtirish; g) bir yoki bir nechta tovushni buzib talaffuz qilish; Fonematik idrokning buzilishlari quyidagilarda aniq ifodalanadi: a) fonemalarni o'z nutqi va boshqalar nutqida aniq farqlamaslik (birinchi navbatda jarangli-jarangsiz, sirg'aluvchi-shovqinli, shovqinli-affrikat tovushlar); b) tovushlarni oddiy analiz va sintez qilishga tayyor emaslik; v) nutqning tovush tarkibini analiz qilishdagi qiyinchiliklar. Ko'pincha tovushlarni noto'g'ri talaffuz va idrok qilish bilan birga ko'p bo'g'inli so'z va so'z birikmalarini talaffuz qilishda qiyinchiliklar kuzatiladi. Shuningdek, lug'at boyligining kambag'alligi, so'z tuzilishidagi ko'nikmalarning etarli bo'lmasligida ifodalangan leksik-grammatik taraqqiyotda orqada qolish xam kuzatiladi. So'z birikmalari va gaplar tuzishda nutqi normal rivojlangan bolalarga xos bo'lmagan xatolar ko'zga tashlanadi. Shuningdek, nutqda qo'llanadigan sintaktik konstruksiyalarning kambag'alligi xarakterlidir. Bu barcha qiyinchiliklar mustaqil nutqda yaqqol ko'rinadi. Logopedik tuzatish ishlarining asosiy yo'nalishlari Nutqi fonetik-fonematik tomondan rivojlanmagan katta bolalar guruhlariga normal eshituvchi va normal intellektli, nutqi rivojlanmagan va bunda nutqning tovush tomonining shakllanmaganligi asosiy o'rin egallagan 5 yoshli bolalar qabul qilinadi. Bu bolalar uchun fonematik idrokning shakllanish jarayonining tugallanmaganligi xosdir. Nutq kamchiliklari tovushlarni noto'g'ri talaffuz qilish bilan chegaralanib qolmay, shuningdek, tovushlarni etarli farqlamaslik va so'zni tovush tomondan analiz qilishdagi qiyinchiliklardan xam iborat bo'ladi. Tuzatuvchi ta'limning vazifalari Maktabgacha tarbiya muassasalarida nutq kamchiliklariga ega bo'lgan bolalarni tarbiyalash bolalar bog'chasi tarbiya dasturiga muvofiq tashkil qilinadi. Fonetik-fonematik nutq kamchiligiga ega bo'lgan besh yoshli bolalar dasturda ommaviy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.78 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.78 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga