Obodlik mahalladan boshlanadi Reja: Hayotimizni obod qilishning muhim sharti - bu avvalo, mahallani obod qilish demakdir Mustaqillik davri memorchiligi haqida Hayotimizni obod qilishning muhim sharti - bu avvalo, mahallani obod qilish demakdir. Prezidentimiz 2013 yilni mamlakatimizda «Obod turmush yili» deb elon qilish asnosida takidlaganidek, «obod deganda, xalqimiz, millatimiz nafaqat ko'rkam va chiroyli, shu bilan birga, tinchlik va osoyishtalik, o'zaro mehroqibat, ahillik, fayz-baraka hukmron bo'lgan joylarni, doimo pok niyat va sog'lom intilish bilan yashashni tasavvur qiladi». Insonning qadami etgan joyda albatta obodonchilik bo'ladi, deydilar. Binobarin, barcha qatlamlarga mansub aholini o'zida qamragan mahallalarda har yili umumxalq hasharlari uyushtirilib, obodonchilik, ko'kalamzorlashtirish, bunyodkorlik, mahalla idoralarini qurish va ta'mirlash ishlari keyingi yillarda xayrli an'anaga aylangan. Hozirgi vaqtda butun O'zbekistonimiz, tabir joiz bo'lsa, ulkan qurilish maydoniga aylangan. Xususan, viloyatlar markazlarini bosh reja asosida rivojlantirish maqsadida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Ana shunday katta hajmdagi ishlar Urganch, Qarshi, Farg'ona, Namangan, Qo'qon, Nukus, Jizzax, Shahrisabz, Guliston va boshqa shaharlarda, yurtimizning barcha viloyat va tumanlarida ham davom ettirilmoqda. Ayniqsa, yurtimiz bo'ylab mahalla guzarlari - mustaqillik davri arxitekturasining o'ziga xos namunasi bo'lgan qanchadan-qancha sharqona binolar qad rostladi. Yangi guzarlar bilan birga savdo va maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchalari, bolalar va sport maydonchalari barpo etish, ichki yo'llar va yo'laklarni ta'mirlash, ko'p qavatli uylarning atrofini obodonlashtirish bo'yicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Mustaqillik davri memorchiligi haqida so'z borganda, Prezidentimiz Islom Karimov g'oyasi va tashabbusiga ko'ra namunaviy loyihalar asosida zamonaviy uy-joylar qurish harakati qishloq hayotining saviyasi va madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning oliy bosqichi ekanini takidlash darkor. Bu bizning qishloq haqidagi tasavvurimizni, qarashlarimizni, qishloq va mahalla ahliga bo'lgan munosabatimizni tubdan o'zgartirib yubordi. Xalqimizda «O'z uyim - o'lan-to'shagim», degan naql bor. Yani, ota farzandi tug'ilishi bilan terak ekadi, bolasini uyli-joyli qilish harakatida bo'ladi. Shu ezgu udumning keng miqyosdagi ifodasi sifatida 2009 yil - Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yilida boshlangan zamonaviy, qulay va barcha kommunal xizmat sharoitlariga ega yakka tartibdagi uy-joylar qurish harakati tobora kengayib bormoqda. O'sha vaqt, yani 2009 yildan boshlab mamlakatimizning 159 ta qishloq tumanida namunaviy loyihalar asosida 900 dan ortiq yangi uy-joy massivlari barpo etildi. Umumiy maydoni 4 million 500 ming kvadrat metr bo'lgan 33 ming 500 dan ziyod yakka tartibdagi uy-joy foydalanishga topshirildi. 732 kilometr asfalt qilingan avtomobil yo'llari, mingdan ortiq ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari barpo etildi. 2013 yil - Obod turmush yilida mamlakatimiz bo'yicha qishloq joylardagi 353 ta massivda umumiy maydoni 1 million 500 ming kvadrat metr bo'lgan 10 mingta shinam uy-joylar barpo etildi, bu ko'rsatkich 2012 yilga nisbatan 17 ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.13 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.13 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:40 ]
Arxiv ichida: doc