O'g'itlash tizimining biologik asoslari Reja: Tuproq muhiti va tuproqning oziqa moddalar bilan ta'minlanganligi. Azot, fosfor va kaliy elemetlarining o'zlashtirishi uchun zarur tuproqdagi shart-sharoitlar. Oziqa moddalarning tuproqdagi shakllari. Oziqa moddalarning o'zlashtilish koeffitsiyenti O'g'itlarni solish muddatlari va usullari. Qishloq xo'jalik ekinlari Inotiplarning potentsial hosildorligi o'simlikning optimal oziqa elementlari bilan ta'minlanishiga ham bog'liq. Madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlari turlicha. Ekinlarning kelib chiqish markazlarida tuproq tiplari, turlari, ularning kimyoviy tarkibi, muhiti (Ph), NPK ning, gumusning miqdori turli xil bo'lganligi uchun o'simliklarning oziqa elementlariga bo'lgan talabi ham turlicha. Ekin genotiplariga bog'liq holda ularning tuproq muhitiga talabchanligi ham turlicha bo'ladi. Misol uchun tuproq muhiti (rN) lyupin 4,5-5,8, kartoshka 5,0-6,0, javdar, suli 5,0-7,0, zig'ir, sholi, tariq 5,5-6,5, bug'doy, arpa, makkajo'xori 6,0-7,5, ko'k no'xat, hashaki dukkaklilar 6,0-7,2, qand lavlagi, kungaboqar 6,0-7,5, soya, loviya, qashqarbeda 6,3-7,5, beda, burchoq 6,5-7,8 bo'lishi optimal hisoblanadi. O'zbekistonda sho'rlangan yerlar ham ko'p uchraydi. Sho'r tuproqlarning sho'ri o'g'itlarni solishdan oldin yuviladi. Ekinlar turi va navlariga bog'liq holda tuproqdan 100-500 kgga makroelementlarni, kam miqdorda mikroelementlarni (grammlar hisobida) o'zlashtiradi. Mikroelementlar o'simlikda muhim fiziologik, biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etish bilan birgalikda tuproqdan fosfor va kaliyni ham o'zlashtirilishiga ko'maklashadi. Tuproqdagi fosforni harakatchan, kaliyni almashinadigan o'simliklar oson o'zlashtiradigan shakllari turli xil metodikalar bilan aniqlanadi. Misol uchun, oziqa moddalarning harakatchan shakllari nordon (kislotali) tuproqlarda Kirsanov, karbonatsiz tuproqlarda Chirikov, O'zbekistonda keng tarqalgan karbonatli tuproqlarda Mochigin uslublarda aniqlanganda turlicha natijalar olinadi. O'zbekiston tuproqlarida Machigin uslubi bo'yicha aniqlanganda fosfor miqdori 10 mgkg kam bo'lsa «juda kam» 10-15 kam, 16-30 o'rtacha, 31-45 ko'p, 46-60 yuqori, 60 mgkg dan ko'p bo'lsa juda yuqori ta'minlangan bo'ladi. Shunday ko'rsatkichlar kaliy bo'yicha 50 mgkg juda kam, 51-100 kam, 100-200 o'rtacha, 201-300 ko'p, 301-400 yuqori, 400 mgkg ko'p bo'lsa juda yuqori ta'minlangan hisoblanadi. Ekinlarning fosforga talabchanligi turlicha. Masalan, javdar, suli, kartoshka, sholi ekinlari tuproqda 16-30 mgkg fosfor bo'lganda hosildorligi oshmaydi. Kaliy bilan ta'minlanishning eng past darajasi 51-100 mgkg. Ayrim don ekinlari - bug'doy, arpa, makkajo'xori, ko'k no'xatning fosforga talabchanligi yuqori bo'ladi. Bu ekinlar uchun tuproqning fosfor bilan kam muqobil ta'minlanish darajasi 31-45 mgkg. Loviya, beda ekinlari uchun muqobil fosfor miqdori tuproqda 46-60 mgkg bo'lishi talab qilinadi. Kirsanov va boshqa olimlarning tadqiqotlari natijalariga ko'ra ekinlarning fosforga bo'lgan talabining har xilligi ildizlar faoliyati va ular tuproqqa ajratadigan ekssudatlarga bog'liq. Ildizdar ajratadigan ekssudatlar miqdori ekin turiga va tuproq muhitiga bog'liq. Ildizlar ajratgan ekssudatlarni fosfobakteriyalar o'zlashtiradi. Fosfobakteriyalar nobud bo'lgandan keyin ularda to'plangan fosforni o'simlik o'zlashtiradi (xantal fosforni yaxshi o'zlashtiradi). Qishloq xo'jalik ekinlarining kaliy bilan ta'minlanishi tuproqdagi kaliy miqdoriga, tuproq muhitiga va tuproq kompleksidagi qatlamlar turiga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.89 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.89 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:29 ]
Arxiv ichida: doc