Oila - jamiyat negizi

Oila - jamiyat negizi

O'quvchilarga / Pedagogika
Oila - jamiyat negizi - rasmi

Material tavsifi

Oila - jamiyat negizi. Oila -jamiyat negizi. Davlatimizni katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga ko'ra quriladi, o'zining ko'p asrlik mustahkam va ma'naviy tayanchlariga ega bo'ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlaming talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. I.A.KARIMOV Oila tushunchasi, oilashunoslik fanining maqsad va vazifalari. Barcha narsa juft-juft bo'lib yaratilgan ekan, juft bo'lib yashash tabiat taqazosidir. Lekin oila bo'lib yashash faqat odam nasliga xosdir. Yer yuzida birinchi oilani Odam Ato bilan Momo Havo tuzishgan. Ular uzoq ayriliqdan keyin bir-birlarini sog'inib qolishgach, diydor ko'rishganlar. Muhabbat tarixi shundan boshlangan, desak adashmaymiz. Oila jamiyatning birinchi va birlamchi zarrasidir, yer va xotin ikki tirik vujudning ittifoqidan paydo bo'lgan uchinchi bir olam - bu oiladir. Oila - tarixan tarkib topgan o'ziga xos va mos ijtimoiy guruh bo'lib, uning a'zolari bir-birlari bilan nikoh, qon-qarindoshlik, umumiy turmush va o'zaro huquqiy, axloqiy va boshqa munosabatlar bilan bog'langandir. Oila nikoh zaminida vujudga keladi. Nikoh esa erkak va ayol orasidagi munosabatlarning jamiyat tomonidan tan olingan, ma'qullangan ifodasi hisoblanadi. Jamiyat nikoh vositasida erkak va ayol orasida tabiiy munosabatlarni tartibga solib turadi. Oila tufayli yer-xotin, ota-ona va farzandlar orasida axloqiy, huquqiy munosabat­lar qaror topadi. Oila va jamiyatning mavjud bo'lishi hamda rivojlanishining birinchi va asosiy sharti oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, ishlab chiqarish hisoblansa, ikkinchisi kishilarning yangi avlodni bunyodga keltirishdan iboratdir. O'zbek oilasining dunyodagi boshqa oilalarga o'xshash tomoni ko'p, shu bilan birga o'ziga xos jihatlari bor. Xalqimizning: Nikoh eng avvalo Arshi a'loda o'qiladi, keyin esa yerda degan naqli behuda aytilmagan. Ota-bobolarimizning azaliy tushunchalari bo'yicha nikoh ilohiy ahd, oila muqaddasdir. Xotinlaringiz ziroatgohingizdir deyiladi Qur'oni karimning Baqara surasi 223-oyatida. Oila qurishdan asosiy maqsad farzand ko'rishdir. Hadisi shariflarda: Kimgaki Alloh taolo Soliha xotin nasib etgan bo'lsa, dinining yarmiga taqvo qilibdi, qolgan yarmiga o'zi taqvo qilsin. Xotin kishi qovurg'adan yaratilgan, agar sen qovurg'ani to'g'rilayman desang sindirasan, murosa qil-u, u bilan yasha deyilgan. Demak, ayolni ayol deb bilib, murosa qilish lozim. Oila tarixan tarkib topgani sabab hozirgi vaqtda Oilashunoslik fani ham rivojlanmoqda. Chunki sog'lom avlodni tarbiya topishida oilaga e'tibor muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda Oilashunoslik fanining asosiy maqsadi quyidagilardan iboratdir. 1. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash; 2. Kelgusi jamiyatni boshqaruvchi, sog'lom, aqlan teran, mehnatkash, o'z Vataniga sodiq avlodlar, urf-odatlariga hurmat bilan qarovchi, axloqan pok farzandlar yetishtirish; Shunday ekan, Oilashunoslik fanining o'ziga xos vazifalari mavjuddir. 1998 yil mamlakatimizda Oila yili deb e'lon qilingan edi. Shu munosabat bilan oila manfaatlarini ta'minlash maqsadida davlat dasturi ishlab chiqildi va muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bundan tashqari Sog'lom avlod yili (200 yil), ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 662.82 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:41 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 662.82 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga