Oila haqida donishmandlarning qarashlari

Oila haqida donishmandlarning qarashlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Oila haqida donishmandlarning qarashlari - rasmi

Material tavsifi

Oila haqida donishmandlarning qarashlari Reja: Oila xususida sharq mutafakkirlarining falsafiy qarashlari Zardushtiylikning qadimiy kitobi - «Avesto»da oila muqaddas dargoh ekanligi haqida Abu Rayhon Beruniy «ozodalik va orastalik olijanoblikning o'zagi» Kaykovusning «QOBUSNOMA» sida oila xususida o'g'liga qilgan pand-nasihatlari Nikoh-oila munosabatlarining evolyutsiyasi Oila boshqa turdagi kichik guruhlardan o'zining bir qator jihatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, oila ko'p muddatga, ya'ni bir necha o'n yillar va ko'p yillarga mavjud bo'ladi; ikkinchidan, oilada shaxslararo munosabatlarning bir necha turlari amalga oshadi uchinchidan, oiladagi barcha munosabatlar zaminida salbiy yoki ijobiy holatlar yuzaga keladi. Zardushtiylikning qadimiy kitobi - «Avesto»da oila muqaddas dargoh ekanligi, oila barqarorligida yer va xotinning teng mas'ulligi, farzand tarbiyasi to'g'risidagi fikrlar bayon etilgan. Keltirilgan namunalardan ko'rinadiki, demak diniy manbalarda ham oilaning muqaddas ekanligi, erkak va ayollarning oila oldidagi burch va mas'uliyatlari, ota-onaning bola va o'z navbatida farzandning ota-onasi oldidagi vazifalari, yerning xotiniga hurmat va e'zozi muqaddas qadriyatlar sifatida qaralgan ekan. Axloq-odob egasi bo'lgan inson eng avvalo o'z yurish-turishi, muomala madaniyatida, hayot kechirishida, oila barqarorligida namuna bo'lishi kerakligi haqidagi fikrlari olimning oila etikasi bo'yicha ibratli qarashlaridan namunadir: «Inson o'z ehtiroslariga hukmron, ularni o'zgartirishga qodir, o'z jon va tanini tarbiyalar ekan, salbiy jihatlarni maqtagudek narsalarga aylantirishga, uni ma'naviy shifokorlik bilan davolashga hamda asta-sekin, axloq haqidagi kitoblarda ko'rsatilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga qodirdir». Ibn Sinoning bola tarbiyasi, tarbiya psixologiyasi va rahbarlarga qo'ygan ushbu talablari o'sha davrda qanchalik taraqqiyparvar va zarur bo'lsa, bizning bugungi kunimizda ham u o'z kuchini yo'qotgani yo'q. Uning fikricha, tarbiyachi, ya'ni ota-ona «nafaqat so'z bilan, balki amalda ham bola ruhiga ta'sir ko'rsatmog'i lozim» Ibn Sino. Bizning fikrimizcha, oila va ayol o'rni xususida Ibn Sino ba'zan bir tomonlilikka yo'l qo'ygandek tuyuladi, chunki bunda asosiy e'tibor va urg'u faqat ayol shaxsiga qaratiladi, lekin bu fikrlarning asosida ayollarning psixologik jihatdan oila muhitini ifodalaydigan kishilar sifatida qarash hozirgi davr uchun ham ahamiyatlidir. Turmush madaniyati, odob-axloq, sevgi-muhabbat borasida o'ziga xos qaytarilmas fikrlar sohibi buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» yoki «Qalblarning sevgisi» deb nom qo'yilishi bejiz emas. Sharqda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qadimdan jiddiy ahamiyat berilgan. Ular «Nasihatnoma», «Pandnoma», «Hikmatnoma» tarzida bizgacha yetib kelgan. Bu manbalarda qizlarni hayotga tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy fazilatlar shakllangan bo'lishi, oila muqaddas, uni avaylab-asrash aynan uy bekalariga bog'liq ekanligi haqida turli tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan hodisalar hikoya qilinadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 938.3 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:41 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 938.3 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga