Oila pedagogikasi faninnig metodologik asoslari

Oila pedagogikasi faninnig metodologik asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Oila pedagogikasi faninnig metodologik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Oila pedagogikasi faninnig metodologik asoslari REJA 1.Oilaning mamlakatlik siesatta tutgan urni. 2.Yangi oilani shakillantirish asoslari. 3.Zamonaviy oilaning uziga xos xususiyatlari. 4.Insoniy qadriyatlarning shakillanish darajasi. 5.Ota-onaning savodkonlik darajasi. 6.Mustakil Uzbekistonning oilalarining milliy xarakatlari. . Jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqietini jadallashtirish sharoitida inson omilini vujudga keltirish davr talabiga aylandi. Barkamol inson haqida, uning mehnati va turmushi, ma'naviy taraqqieti haqida g'amxo'rlik jumxuriyatimizning asosiy maqsadidir. Kishi xislatlari uning mehnatga, ma'naviy, g'oyaviy va madaniy boyliklarga munosabatining asoslari oilada shakllanadi. Jamiyat mustahkam, ma'naviy va axloqiy jixatdan sog'lom oila bo'lishidan manfaatdordir. SHu sababli jumxuriyatimiz oilani mustahkamlashni, bolalar tarbiyasi, shuningdek, ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashda erdam berishni davlat ahamiyatiga molik ish deb biladi. Keyingi yillarda respublikamiz tomonidan qabul qilingan bir qator qaror va yo'l-yo'riqlarda xalqimizning ijtimoiy-madaniy yuksalishini ta'minlovchi fikrlar, tavsiyalar berildiki, bular respublikamizning asosi - oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy kamolotida muhim rol' o'ynamoqda. CHunki oilalarning har tomonlama yuksalishi, ta'bir joiz bo'lsa, jamiyatning yuksalishi demakdir. Xuddi shu ma'noda kelajagimiz bo'lmish esh avlod tarbiyasi va uning taraqqieti davlat ahamiyatiga molik masala hamdir. Ikkinchi tomondan, jamiyatning oila va oilaviy tarbiyaga bo'lgan talabi ham kun sayin ortib bormoqda. Zotan, ota-onalarning bolalar tarbiyasi yuzasidan mas'uliyatini kuchaytirish, tarbiyalashga oid laeqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya birligini ta'minlash hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Oilaviy tarbiya deganda ota-onalarning o'z haetlari, turmush tarzlari asosida bola shaxsida duneqarash asoslari, siesiy, axloqiy, estetik va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadidа muntazam, izchil, g'oyaviy va ma'naviy ta'sir ko'rsatish jaraeni tushuniladi. Biroq, bunda jamiyatimiz taraqqieti munosabati bilan oila, uning barcha haetiy bosqichlari jiddiy o'zgarishlarga uchraetganligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Millatlarning tarixiy, milliy va regional xususiyatlarini hisobga olgan holda oilalar taraqqietini umumiy va xususiy taraqqietlar asosida oilaviy tarbiyani maqsadga muvofiq yaxshilash lozim. Bu davlatimizning oilada esh avlodni har tomonlama kamol toptirish jaraeniga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalaridan biridir. Hozirgi zamon taraqqieti har bir shaxsdan voqelikni to'g'ri tushunishni, xulosa chiqarishni, axloqiy poklikni va hissiy-asabiy chidamlilikni, jamiyatimiz haetining barcha jabhalarida mustahkam va faol bhlishni talab etmoqda. Ma'lumki, shaxsning bunday ijtimoiy, emotsional, xulqiy va boshqa sifatlariga oila asos soladi, shakllantiradi va kamol toptiradi. Kelajagimizning qanday bo'lishi hozirgi kunda bir tarbiyalaetgan eshlarga bog'liq. Bunday ulkan vazifani amalga oshiruvchi, moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratuvchi asos oiladir. Oila jamiyatning boshlang'ich ijtimoiy bo'g'in sifatida murakkab tarkibga ega bo'lib, u o'z faoliyatida oila a'zolarining ehtieji va qobiliyati, turli faoliyatning maqsad va vazifalarinigina emas, balki tarbiyaviy faoliyatni ham aks ettiradi. Uning murakkab va ko'pqirrali faoliyatining haetiyligi ikki tomonlamadir. - birinchidan, jamiyatning kichik bir qismi ijtimoiy o'zgarishlarni o'ta sezgirlik bilan ilg'ab oladigan, o'zida aks ettiradigan belgidir. SHunga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.85 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.85 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga