Oila pedagogikasining o'qitish metodikasi Reja: 1.Zamonaviy oilaning o'ziga xos xususiyatlari. 2.Insoniy qadriyatlarning shakillanish darajasi. 3.Ota-onaning savodkonlik darajasi. 4.mustaqil O'zbekistonning oilalarining milliy harakatlari. Jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyetini jadallashtirish sharoitida inson omilini vujudga keltirish davr talabiga aylandi. Barkamol inson haqida, uning mehnati va turmushi, ma'naviy taraqqiyeti haqida g'amxo'rlik jumxuriyatimizning asosiy maqsadidir. Kishi xislatlari uning mehnatga, ma'naviy, g'oyaviy va madaniy boyliklarga munosabatining asoslari oilada shakllanadi. Jamiyat mustahkam, ma'naviy va axloqiy jihatdan sog'lom oila bo'lishidan manfaatdordir. Shu sababli jumxuriyatimiz oilani mustahkamlashni, bolalar tarbiyasi, shuningdek, ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashda yerdam berishni davlat ahamiyatiga molik ish deb biladi. Keyingi yillarda Respublikamiz tomonidan qabul qilingan bir qator qaror va yo'l-yo'riqlarda xalqimizning ijtimoiy-madaniy yuksalishini ta'minlovchi fikrlar, tavsiyalar berildiki, bular Respublikamizning asosi - oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy kamolotida muhim rol o'ynamoqda. Chunki oilalarning har tomonlama yuksalishi, ta'bir joiz bo'lsa, jamiyatning yuksalishi demakdir. Xuddi shu ma'noda kelajagimiz bo'lmish yesh avlod tarbiyasi va uning taraqqiyeti davlat ahamiyatiga molik masala hamdir. Ikkinchi tomondan, jamiyatning oila va oilaviy tarbiyaga bo'lgan talabi ham kun sayin ortib bormoqda. Zotan, ota-onalarning bolalar tarbiyasi yuzasidan mas'uliyatini kuchaytirish, tarbiyalashga oid layeqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya birligini ta'minlash hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Oilaviy tarbiya deganda ota-onalarning o'z hayetlari, turmush tarzlari asosida bola shaxsida duneqarash asoslari, siyesiy, axloqiy, estetik va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida muntazam, izchil, g'oyaviy va ma'naviy ta'sir ko'rsatish jarayeni tushuniladi. Biroq, bunda jamiyatimiz taraqqiyeti munosabati bilan oila, uning barcha hayetiy bosqichlari jiddiy o'zgarishlarga uchrayetganligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Millatlarning tarixiy, milliy va regional xususiyatlarini hisobga olgan holda oilalar taraqqiyetini umumiy va xususiy taraqqiyetlar asosida oilaviy tarbiyani maqsadga muvofiq yaxshilash lozim. Bu davlatimizning oilada yesh avlodni har tomonlama kamol toptirish jarayeniga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalaridan biridir. Hozirgi zamon taraqqiyeti har bir shaxsdan voqelikni to'g'ri tushunishni, xulosa chiqarishni, axloqiy poklikni va hissiy-asabiy chidamlilikni, jamiyatimiz hayetining barcha jabhalarida mustahkam va faol bhlishni talab etmoqda. Ma'lumki, shaxsning bunday ijtimoiy, emotsional, xulqiy va boshqa sifatlariga oila asos soladi, shakllantiradi va kamol toptiradi. Kelajagimizning qanday bo'lishi hozirgi kunda bir tarbiyalayetgan yeshlarga bog'liq. Bunday ulkan vazifani amalga oshiruvchi, moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratuvchi asos oiladir. Oila jamiyatning boshlang'ich ijtimoiy bo'g'in sifatida murakkab tarkibga ega bo'lib, u o'z faoliyatida oila a'zolarining ehtiyeji va qobiliyati, turli faoliyatning maqsad va vazifalarinigina emas, balki tarbiyaviy faoliyatni ham aks ettiradi. Uning murakkab va ko'pqirrali faoliyatining hayetiyligi ikki tomonlamadir. - birinchidan, jamiyatning kichik bir qismi ijtimoiy o'zgarishlarni o'ta sezgirlik bilan ilg'ab oladigan, o'zida aks ettiradigan belgidir. Shunga asoslanib oilaviy tarbiyani ijtimoiy tarbiyaning asosiy qismlaridan biri deb hisoblash lozim. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.44 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.44 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:41 ]
Arxiv ichida: doc