Oilada bola tarbiyasi

Oilada bola tarbiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Oilada bola tarbiyasi - rasmi

Material tavsifi

Oilada bola tarbiyasi MUNDARIJA: KIRISh Asosiy qism: 1. Oilada milliy tarbiyaning o'ziga xos xususiyatlari 2. Sharq va g'arb mutafakkirlari oilada tarbiyalash to'g'risidagi fikrlari 3. Oilada bolalarni milliy ruhda tarkib toptirishning shakllari va vositalari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Har qanday mustaqil davlat o'zining iqtisodiy, siyosiy ma'naviy - ma'rifiy sohalari bo'yicha tayanch yo'nalishlarni belgilab oladi. Ushbu yo'nalishlar asosida asosiy maqsad va vazifalar aniqlanadi. Xuddi shuningdek O'zbekiston Respublikasi ham turli hayot sohalar bo'yicha o'z yo'nalishlarini, maqsad va vazifalarini belgilab oldi. Hamda ularni hal qilinishi davlat, millatning porloq kelajagini belgilab beradi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng mamlakatimiznining iqtisodiy - ijtimoiy, ma'naviy - ma'rifiy rivojlantirish jarayonida keskin o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bu o'zgarishlar ayniqsa ta'lim sohasini tubdan isloh qildi. «Ta'lim to'g'risidagi qonun», asosida ta'limning quyi bosqichidan boshlab oliy ta'lim tuzilishiga yosh avlodni ta'lim tuzilishiga yosh avlodni ta'lim - tarbiyasini sifat jihatidan qayta ko'rib, uni yangilashga muvaffaq bo'lindi. Yosh avlodni tarbiyalash murakkab va ko'p qirrali jarayon. Yoshlarni har tomonlama ham aqlan, ham jismonan barkamol, axloqan yetuk, ma'naviy pok qilib tarbiyalash shu kunning muhim va dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldiki, bu davr va bugungi turmushimizning taqozosidir. Oila jamiyatning ajralmas zarur qismidir. Unda inson dunyoga keladi. Oila insoniyatning naslining davomchisidir. O'zbekiston Respublikasi o'tish davri jarayonida ham mamlakatning ma'naviy - ma'rifiy sohalari bo'yicha sharoitga mos ravishda har tomonlama rivojlantirish haqida harakatlar qilmoqda. Ushbu ishlar mamlakatning ta'lim - tarbiya sohasini ham o'z ichiga olgan. Bunga misol tariqasida qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi Qonunlarini keltirish mumkin». Ushbu hujjatlar ta'lim - tarbiya sohasini to'liq takomillashtirish, yoshlarni milliy an'analar asosida tarkib toptirish masalalariga ham qaratilgan. Mana shu fikrlar nuqtai - nazarida bitiruv ishiga tanlangan mavzu o'zining dolzarbligi va muhimligi bilan ajralib turadi. Shuni ta'kidlaymizki xalqning keng qatlamlarini va birinchi o'rinda yoshlarni umuminsoniy va milliy ma'naviy talablariga mos ravishda tarkib toptirish o'ta muhimdir. Tanlangan muammo hozirgi paytda o'rganish arafasida turibdi, chunki uni o'rganish har tomonlama ma'noda tahlil qilish kelajak avlodni ijobiy tomondan shakllantirish masalasini hal qilishda katta rol o'ynaydi. Shu ma'noda Oynisa Musurmonova, A.Munavvarov, M.Ochilov, Malika Inomovalarning tadqiqotlari katta e'tiborga molik, oilada bolalarni ma'naviy - axloqiy tarbiyalashda xalq an'analarining milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda va uni shakllantirish borasida bir qator pedagogik muammolarni yechishga harakat qiladi. «Bizning nazarimizda - deb ta'kidlaydi Malika Inomova - barcha xalqlarda bo'lganidek o'zbek an'analari zamirida mazkur xalqqa xos qadriyat sifatida namoyon bo'ladi». Ana shu narsa yoshlarda milliy ong, milliy g'ururni shakllantirishiga yordam beradi. Haqiqatdan ham taqqos qilib tadqiqotchi qayd etgani kabi bolalarda milliy g'urur, milliy ong, milliy o'zlikni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 73.66 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 73.66 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga