Oilada bola tarbiyasining muammoli vazifalari

Oilada bola tarbiyasining muammoli vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Oilada bola tarbiyasining muammoli vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Oilada bola tarbiyasining muammoli vazifalari Reja: Oilada bola tarbiyasining muammoli vazifalari. Bola tarbiyasida milliy an'analarning o'rni. Tarbiyada an'analardan foydalanish bosqichlri. Xalq - axloqiy qadriyatlar bo'lib, u qimmatli an'analar ijodkori. Xalq qadriyatlar va an'analarni o'zining ozodligi uchun olib borgan kurashlardan mardonavor ijod qildi, ularni tolmas mehnatda, chet el bosqinchilari bilan qilgan janglarida qadlraladi va ezozladi. an'analarning ijtimoiy, siyosiy, axloqiy mazmuni turli tarixiy davrlarda ayniqsa keskin sinfiy kurashlarda yaqkol ko'rindi. Ommaviy xalq harakatlari, inqilobiy janglar avj olgan davrda ham kishilar ijtimoiy qiziqishlar bilan yashaganlar. Yuksak ideallar uchun kurashgan vaqtlarda ham an'analar tarkib topgan. an'analarni o'rganishda ular qanday tarixiy sharoitda va qaysi sinf tomonidan yaratilganinini, kimlarga xizmat qilganini, kimning manfaatini yoqlaganini va qaysi sinfning hukmronligini mustahkamlaganini ko'ra bilishi kerak. Urug'-jamoa tuzumi sharoitida an'analarni to'g'ri, haqqoniy yoki soxta tushuntirib bergan. Bundan tashqari urf-odatlar va marosimlar ota-bobolar tomonidan ijro etilib, ularning avlodlari ham ana shu urf-odatlar va marosimlarga rioya qilishlari lozim bo'lgan. K.Ramussen Eskimoslar haqida jumladan shunday deb yozadi: «Ularning hammasi har bir muayyan holda nima qilishi kerakligini alo darajada bilar edi, ammo mening «nima uchun shunday qilish lozim?»-deb bergan savolim har safar javobsiz qolar edi». K.ramussen quyidagi bittagina «tushuntirish» ni eshitgan xolos, «…Bizning ota-bobolarimiz barcha eski turmush qoidalari bilan qurollangan. Bu qoidalar avlodlarimiz tajribasi va donishmandligidan vujudga kelgan. Biz bu qoidalar qanday va nima uchun paydo bo'lganini bilmaymiz, ammo tinch yashash uchun ularga rioya qilaveramiz. Bizlar shunchalik sodda va ishonuvchanmizki, o'zimiz bilmaydigan narsalardan ham qo'rqaveramiz. O'zimizning urf-odatlarimizni saqlaymiz va ularga rioya qilamiz». Binobarin, an'analar hayot talablariga javoban paydo bo'ladi va u yoki bu sinf manfaatiga javob bera olguncha yashaydi. Ular qandaydir ishning takrorlanishi natijasida, vaziyat taqozosiga ko'ra paydo bo'ladi. Bunda ular tasodifan vujudga keladi yoki ongli ravishda joriy etiladi. Ensiklopediyada an'ana quyidagicha ta'riflanadi: «an'ana (lotincha - trado - uzatish so'zidan)» ijtimoiy va madaniy merosning avloddan avlodga o'tadigan va muayyan jamiyatlarda, sinflarda va ijtimoiy guruhlarda uzoq vaqt saqlanadigan elementi bo'lib, u ijtimoiy merosnineg obyekt (moddiy va ma'naviy qadriyat) larning - o'z ichiga qamraydi. Kichik ensiklopediyada bu ta'rif shunday aniqlashtirgan: «an'analar (tratio - uzataman so'zidan) tarixdan tarkib topgan va ajdoddan avlodga o'tadigan odatlar, ijtimoiy tarptib, xulq normasi, g'oyalardan iboratdir». Pedagogika lug'atida an'ana xususida shunday deyiladi: «oilaviy an'ana (lotincha - trado- uzatish so'zidan olingan) oilada qabul qilingan va katta avlod kichik avlodga beradigan odatlar hamda xulq normalarining majmui. an'analar maktabda mustahkam o'rin olgan, jamoa saqlaydigan va o'quvchilarning bir avloddan boshqa avlodga o'tadigan odatlar, tartiblar, xulq qoidalaridir». «an'ana bir avloddan ikkinchi avlodga o'tgan, oldingi avloddan meros bo'lib qolgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.75 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.75 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga