Oilada bola tarbiyasining o'rni Reja: Oilada bola tarbiyasining muammoli vazifalari. Bola tarbiyasida milliy an'analarning o'rni. Tarbiyada an'analardan foydalanish bosqichlri. Bu mavzuni o'rganishdan maqsad o'quvchilarga shaxsning kamol topishida oilaning yetakchi ta'sirini oila tarbiyasining o'ziga xos milliy xususiyatlari hamda tipik kamchiliklarini, bu kamchiliklarni bartaraf etish yo'llarini, tarbiya samaradorligining oshirish omillarini tushuntirish, oila tarbiyasi, oiladagi tarbiya imkoniyati va pedagogik madaniyat haqida tushunchalar berish. O'qituvchi mavzuni elon qilgach, taxtaga ikkita portretni, masalan, X.Olimjon va bir nomalum shaxsning portretlarini iladi va «Kimlarning suratlarini ko'rib turibsiz?» deb so'raydi. O'quvchilar X.Olimjon nomini darhol aytadilar, ammo ikkinchi portretga qarab jim bo'lib qoladilar. O'qituvchi «Bu o'g'ri, bezori N.ning surati», deydi va davom etadi: «X.Olimjon sizga yaxshi tanish. U atigi o'ttiz besh yil umr ko'rgan. Lekin shu qisqa umrida o'zbek xalqi uchun ajoyib badiiy, ilmiy asarlar qoldirdiki, ularni biz bugungacha sevib o'qiymiz. Shoirning hayoti, ijodi bilan qiziqqan tadqiqotchilar avvalo uning qanday oilada tarbiyalanganiga, bolalik davriga etibor beradilar. O'g'ri, bezorining jinoiy ishlarini o'rganadigan jinoyat qidiruv bo'limi hodimlari ham uning qanday oilada voyaga etganini, kimlarning ta'siriga berilganini aniqlaydilar. Xo'sh, nega har ikki shaxsning bolalik davri, oila muhiti sinchkovlik bilan o'rganiladi?» O'qituvchi o'quvchilarning javoblarini diqqat bilan tinglaydi, so'ng umumlashtirib, shunday xulosa chiqaradi: «Demak, bola shaxsining shakllanishida oila muhiti hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. O'tmishda bazi faylasuflar, pedagoglar bolaning oila muhitida tarbiyalanishi manfaatparastlik va boshqa illatlarni vujudga keltirib, odamlarning o'zaro inoq yashashiga xalaqit beradi, deb hisoblaganlar. Bunday fikrdagi kishilar hozir ham topiladi. Ular hamma ota-onalarda pedagogik bilimlar bo'lavermaydi, bundan tashqari, bola bir-bir yarim yoshida yasliga, keyin bog'chaga, maktabga boradi. Demak, ko'p vaqtini ijtimoiy tarbiya muassasalarida o'tkazadi, ota-onalar bir sutkada o'z bolasi tarbiyasi uchun un besh minut ham vaqt ajratmaydi, degan xulosalarga tayanib, oilaviy tarbiyadan butunlay voz kechib, ijtimoiy tarbiyaga o'tish kerak, degan fikrni olg'a surmoqdalar. Xo'sh, bunga siz nima deysiz?». Bir-ikki nafar o'quvchining javobini eshitib, davom etiladi: oilani ijtimoiy hayotdan butunlay ajralib qolgan qala deb qarash noto'g'ri. «Agar inson o'z tabiatiga ko'ra ijtimoiy mavjudot ekan» (K.Marks) oila ham ijtimoiy jamoadir; axir, u odamlar ittifoqidan tarkib topganku! Binobarin, har bir oiladagi tarbiya ham malum manoda ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Oiladagi tarbiya asosida shakllangan shaxsning manfaati jamiyat manfaatlariga zid bo'lmay yashashi va birlashib ketishi ham mumkin. Ulyanovlar oilasida insoniyat baxti uchun kurashgan fidokor shaxslar etishib chiqishi bunga yorqin misol bo'la oladi. Yozuvchi V.Kanimets «Ulyanovlar» nomli kitobida Mariya Aleksandrovna va Ilya Nikolaevich bolalar tarbiyasiga qanday ahamiyat berishgani, Vladimir Ilich shaxsining kamolotida oila tarbiyasi, muhiti qanday rol, o'ynagani tasvirlab berilgan. Shu o'rinda bu kitobni o'qishni tavsiya etish maqsadga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.72 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.72 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:41 ]
Arxiv ichida: doc