Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash shartlari

Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash shartlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash shartlari - rasmi

Material tavsifi

Free Powerpoint Templates Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash shartlari Bajardi: REJA: 1.Yosh avlodni tarbiyalashda oilaning tutgan o'rni. 2.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila, nikoh va bola tarbiyasi. 3.Oilada bola hayotini oqilona tashkil etish. 4.Oilada bolaning axloqiy tarbiyasi. 5. Xulosa. O'zbek oilasidagi bola tarbiyasida mehnat va turmushdagi ijobiy milliy an'analar katta rol o'ynaydi.Uzoq tarixga ega bo'lgan mehmondo'stlik an'anasi keyingi paytlarda ijtimoiy tushuncha va shakllar bilan boyib bormoqda. Yosh avlodni tarbiyalash - murakkab va ko'p qirrali jarayon. Darhaqiqat, yoshlarni har tomonlama, ham aqlan, ham jismonan barkamol, axloqan yetuk, ma'naviy pok qilib tarbiyalash shu kunning muhum va dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldiki, bu davr va bugungi turmushimizni taqozosidir. Inson va uning baxt-saodati haqida, uning qadryatlari haqida g'amho'rlik qilish, qayg'urishni xayriyatki, hechdan ko'ra kech bo'lsada tushunib angladik. Bu yo'qotib qo'ygan milliy urf-odatlarimiz,qadriyatlarimiz yana qaror topdi. Bu albatta kelgusi avlod uchun katta baxt. Oila jamiyatning ajralmas zarur qismidir.Unda inson dunyoga keladi. Shu paytda oila insoniyatning uzluksiz naslini davom ettiruvchi bo'lib qolaveradi. Shundan kelib, oila ikkita ulkan ijtimoiy vazifani farzandlarni dunyoga keltirish hamda ularga to'g'ri tarbiya berishni yo'lga qo'yish muhim ahamiyatga ega. Chunki oilada katta yoki kichik narsa bo'lmaydi.Hamma narsa, xatto eng oddiy bo'lib ko'ringan oilaviy munosabatlar bolaga katta ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa, rostgo'ylik, samimiylik, sadoqatli, shirinsuhan bo'lish bola kamolatida beqiyos hayotiy muhim vositadir.Bu borada axloq -odobga oid Hadis namunalarida shunday deyiladi.Gaplarning yomoni bu yolg'onchilikdir. Yolg'onni hazil bilan han jiddiy ham gapirib bo'lmaydi. Ota o'z bolalariga biron narsani va'da qilib so'ng uni bajarmay qo'ymasin! Rostgo'ylik ezgulikka boshlaydi, yovuzlik esa jahannamga. Rostgo'y odamga yaxshi baho, yomon odamga yomon baho beriladi. Zero ota-onaning mehr-muhabati,chinakam hurmati bolalarda eng go'zal axloqiy tuyg'ularni, ayniqsa qadryatni his qilishda yordam beradi. Bu esa unda kattalar orasida ham kamyop bo'lib qolgan insoniylik sifatlardan hisoblanadi. Bolaning kelajakda qanday inson bo'lib yetishishi ko'proq ota-onasi va o'z oilasiga hamda unda tarkib topgan muhitga bog'liq.''Bola ota-onasidan qayerga ortib boradi degan gap ayni haqiqat. Demak, farzandlar ota-onalarini davomchilaridir. Yusuf Xos Hojib oiladagi eng ulug' fazilat ezgu qiliq va go'zal xulqdir. Ikkinchisi rostlik, uchinchisi hayot hisoblanadi. Mana shu uch fazilat birlashsa kishi baxtiyor bo'ladi, qut iqbol uning huzuriga bosh urib keladi.Chunki kishining xulqi go'zal bo'lsa uni barcha xalq sevadi.Xulqi yuz bo'lgan kishiga to'rdan joy tegadi - degan edi. Oilada bola tarbiyasi xususida gapirilganda yuqorida eslatib o'tganimizdek, uning asosiy manbasi muhabbat, ishonch, o'zaro hurmatni tashkil qiladi. Xech kimga sir emaski oilaning ko'rki ham totuvligi ham bekamu ko'stligi ham farzandlarning qobilu mo'minligi ham asosan ana shu allomamizning onalik mahoratiga, ayollik nozik qalbiga, yuksak hayosiga, qaynoq mehru ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.88 MB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:41 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.88 MB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga