Oilada madaniy odatlarni tarbiyalash Reja: 1.O'zbekiston Respublikasi «o'z-o'zini boshqarish organlari haqidagi»nizom haqida. 2.Maktab yoshidagi bolalarning tarbiyasi bilan hamkorlik, o'zaro musobaqalar,bayramlar o'tkazish metodikasi. 3.Maktab, oila va jamoaning bir-biri bilan bog'liqligi. Oila o'zining tarixiy taraqqiyeti davrida uzoq va murakkab yo'lni bosib o'tdi. Bu yo'lning o'ziga xos xususiyatlaridan biri jamiyatning o'zaro aloqalari va ijtimoiy vazifalarining tubdan o'zgarganligidir. Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy tuzilishining o'zgarishi oilaning shakllanishiga, uning o'zaro aloqa shakllariga ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa, jamiyatning moddiy texnika va ma'naviy yo'nalishidagi o'zgarishlari oila faoliyatining o'zgarishiga sabab bo'lmoqda. Bunday o'zgarishlar oila qurish, mehr-muhabbat, o'zaro do'stlik va farzand ko'rishni rejalashtirishda o'z ifodasini topmoqda. Davlatimiz oilalarni o'zining olib boradigan siyesati markazida olib qaraydi. Shu sababli imkoniyat doirasida moddiy va ma'naviy yerdam berishga majbur. Oilaviy tarbiyani maktab, jamoatchilik bilan uyg'unligini ta'minlashdan manfaatdordir. Oilaning eng muhim xususiyatlaridan biri insonlar avlodini ko'paytirishdir. Bolalarni ijtimoiy hayetga tayerlash borasida oila ma'lum darajada ijtimoiy tashkilotlar bilan jamiyat taraqqiyetiga hamohang holda faoliyatda bo'lmoqda. Oilaviy tarbiya muammolarini tadqiq etish, asosan ikki yo'nalishda olib borilmoqda. Bir tomonda oilaviy tarbiya pedagogikaning an'anaviy qismi sifatida o'rganilmoqda. Ikkinchi tomondan esa oila sotsiologiya va filologiya yo'nalishida ham tadqiq etilmoqda. Matbuotda e'lon qilingan maqolalarda mazkur sohaga qiziqqan olimlarning oilaviy tarbiya xususiyatlariga ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan yendashayetganliklari ma'lum bo'lmoqda. Bolalarning bolalar yasli va bog'chasida uzoq muddat bo'lishlari ularning kamolotiga, ehtiyej, qiziqish va muomala xarakteriga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Baxtga qarshi hozirgi vaqtda ota-onalarning ishlab chiqarishda ko'plab mashg'ul bhlishlari sababli o'zlarining to'laqonli tarbiyaviy vazifalarini bajara olmasliklarini tasdiqlamoqda. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo'lsagina o'sib kelayetgan yesh avlod farovonligini ta'minlash mumkin. U yeki bunisining yo'qligi tarbiyaviy jarayenga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Respublikamizda ayni hozirgi kunda oilalarning ijtimoiy ahamiyati ortib bormoqda. Oilalarning moddiy ehtiyejlarini to'laroq qondirish asosida bolalar tarbiyasi uchun javobgarlikni kuchaytirish jarayeni tezlashmoqda. Biz uchun oila mustahkamligini ta'minlovchi axloqiy ruhiy aloqalar juda muhimdir. Xuddi ana shu aloqadorlik oilaviy munosabatlar, to'laqonli hissiy-emotsional, otalik yeki onalik, oilaviy baxtni ta'minlash ehtiyejlarini qondiradi. Ota-onalarga pedagogik bilim berish, oilaviy tarbiya bo'yicha tajriba almashishi, ota va onalarni tarbiya ishlariga qizg'in jalb qilish uchun ularni maktabga, mahalla qo'mitalariga taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalarning bu boradagi eng muhim vazifalari bolalari kamolotini oldindan tasavvur eta olishlari, tarbiya maqsadini aniqlashlaridir. Qo'yilgan maqsadni amalga oshirish faoliyatni mohirlik bilan tashkil etishga bog'liq. Buning uchun - a) Bolalarning hayeti va mashg'ulotini to'g'ri tashkil etish (rejim, o'yin, mehnat, uydagi o'quv ishlari, sport va shunga o'xshash) b) O'zining shaxsiy faoliyati va dam olishini tashkil etish (ishda, uy-xo'jaligida, bolalarni parvarishlashda, o'qishda, dam olishda, yesh avlod tarbiyasi yuzasidan jamoat ishlarida va hokazo). Biroq, bu yo'lda ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.88 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.88 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:41 ]
Arxiv ichida: doc