Oilada tarbiya asoslari Reja: 1. Oila jamiyatning kichik yacheykasi. Oila, uning maqsadi va vazifalari. 2. Oila tarbiyasini takomillashtirish omillari. 3. Oila tarbiyasida ota-onaning obro'si. Ota-onaning farzand oldidagi va aksincha farzandning ota-ona oldidagi burchlari. 4. Oilaning maktab va jamoatchilik bilan hamkorligi. Oila jamiyatning bir bo'lagi. Shunday ekan, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo'lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoadir. Shu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi. Jamiyatdagi o'zgarishlar oilaga ta'sirini ko'rsatganidek, oiladagi o'zgarishlar ham jamiyatga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Buni biz 1998 yil mamlakatimizda Oila yili deb e'lon qilinishi misolida ko'rishimiz mumkin. Shu munosabat bilan hukumatimiz ishlab chikkan tadbirlar oilani ijtimoiy muhofaza qilish, oilada yoshlar tarbiyasiga e'tiborni kuchaytirish, oilaning huquqiy tamoyillarini kengaytirish va boshqa oilani mustahkamlash bilan bog'liq masalalarga karatildi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: xalqimiz kadim-kadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Oila axil va totuv bo'lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik xukm suradi. Oila farovonligi - milliy farovonlik asosidir. Shuni unutmaslik lozimki, farzandlarimizning har tomonlama kamol topishi uchun kulay sharoitlar yaratilsagina oila tarbiyasi muvaffakiyatli bo'lishi mumkin. Yosh avlod hayotining ko'p kismi oilada o'tadi. Shu boisdan turmushning murakkab muammolari bilan oilada tanishadilar. Oiladagi mavjud an'analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta'sirida yigit-kizlar asta-sekin kamol topib boradilar. An'ana va marosimlar tarbiyaning kudratli quroliga aylanadi. Kelajagimizning qanday bo'lishi hozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga bog'liq.Bu qonuniyat oilaning tarbiya borasidagi faoliyatiga ham bog'liq. Oilaviy tarbiyaning murakkabligi shundaki, har bir oila o'ziga xos bir olam. U tarbiya ishida ham o'ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo'lsagina, o'sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta'minlash mumkin. Oila tarbiyasidagi yutuklar ota-onalarga pedagogik bilimlar berish, oilaviy tarbiya bo'yicha tajribalar almashishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga kizgin jalb qilishga ham bog'liqdir. Har bir ota-ona o'z farzandlarini tarbiyalash borasidagi burch va mas'uliyatlarini chuqur anglashlariga bog'liqdir. Bundan tashqari normal oilaviy muhit, ota-onaning obro'si, to'gri kundalik rejim, bolani kitobga va o'qishga, mehnat qilishga o'z vaqtida jalb qilishlari ham muvaffakiyat garovidir. Ko'rinib turibdiki, kadimdan ham, bugun va ertaga ham, bundan keyin ham aklli, farosatli, tafakkuri chuqur - bir so'z bilan aytganda kamolotli farzand tarbiyalash muammosi dolzarbdir. xalq bunday fazilatli insonlarni sevadilar, e'zozlaydilar va xurmat kiladilar. Bunday tafakkurga boy kamolotli farzand tarbiyasining sarchashmasi oiladan boshlanadi. Oila ana shunday tabarruk kal'adir. U qanday qurilishi lozim? Oila o'zi nima va uning maqsad, vazifalari nimalardan iborat? Oila - voyaga yetgan ikki jinsning sevish, ardoklash, xurmat qilish asosida, ixtiyoriy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.51 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.51 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:41 ]
Arxiv ichida: doc