Oiladagi tarbiya Oila tarbiyasi asoslari Ota-onalarning o'z hayotlari, turmush tarzlari, bola shaxsida ilmiy dunyoqarash asoslari, ma'naviy, axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta'sir ko'rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi. Bunda ijtimoiy va ma'naviy hayot ta'sirida oilaning o'zi xam jiddiy yangilanib borayotganini esdan chikarmaslik lozim. Oilalar Respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy umumiyligi asosida rivojlanmrkda. Ayni paytda oilaviy hayot va oilaviy tarbiya o'zining milliy xususiyatlariga xam egadir. Bu esa, o'z navbatida, oilaviy tarbiya usullari va mazmunining umumiy va xususiy tomonlari rivojida yakkol ko'zga tashlanadi. Masalaning murakkabligi shundaki, o'qituvchi-tarbiyachi, xalq ta'limi xodimlari, keng jamoatchilik oilaviy taraqqiyotni hisobga olgan holda oilaviy tarbiyaning nazariy va amaliy asoslarini pedagogik jihatdan to'gri izoxlash va tegishli usuliy tavsiyalar berishlari lozim. Ikkinchi tomondan esa, yangi mustaqil davlatimizning shaxs taraqqiyotiga ko'rsatayotgan pedagogik ta'sirini aniqlash, kelgusida kutiladigan natijalarni chamalab olish xam lozim. O'zbekiston sharoitida oilaviy tarbiya mazmuni tashkil etilishiga oid pedagogik omillar mavjudki, bularni hisobga olishga majburmiz. Respublikamizning iqtisodiy sharoiti, iqlimn, tabiatining o'ziga xos xususiyatlari, paxtachilikning, bogdorchilikning keng rivojlanishi Respublikamiznng aholisi, xar bir oilaning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga, oilaviy sharoitlarni o'zgarishiga, binobarin, oiladagi bolalar tarbiyasiga sezilarli ta'sir etmokda. Respublikamiz o'zining demografik, etnik, milliy shart-sharoitlari jihatidan xam o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu ayniqsa, aholining zich joylashganligi va intensiv ko'payishi, qishloq va shahar oilalarining ko'p farzandligida ko'rinadi. O'zbeklar aholining deyarli yarmisinn tashkil qiladi. Kolgan yarmisi turli millat (rus, ukrain, tojik, kirgiz, turk, kozok va boshqalar) vakillarini tashkil etadi. Shu sababli xam o'zaro yaqinlashuv - turli millatga mansub oilalar vujudga kelayotganligini hisobga olish kerak. Respublikamizning ma'naviy hayoti va uning o'ziga xos tomonlari muttasil rivojlanmokda. shaharlarning ko'payishi, aholi o'sishi, yashash sharoitining yaxshilanishi, madaniy va moddiy tomondan yuksalish oilalarning yuksalishiga va bolalaring xar tomonlama yetuk kishilar bo'lib kamol topishlariga sabab bo'lmokda. Ko'p bolalilik avvalgiga nisbatan kamayib borayotganiga qaramay, xali xam bu ko'rsatkich o'z kuchini yo'kotgan emas. Pedagogik jihatdan olganda esa ko'p bolali oilalarda ota-onalar bolalar uchun yakkol namuna bo'lib xizmat qilishadi. mehnatkash xalqimiz «Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor» deb bejiz aytishmagan. O'zbekistonda bir sutkada 1680 dan ortik o'gil va kizlarning tug'ilishi fikrimizning guvoxidir. xalqimiz o'zidan keyin zurriyot koldirmaslikni koralaydi. «Erkak nomiga ega bo'lish uchun uch qoida amalga oshishi lozim. Bu: uylanish, farzandli bo'lish va uy kura olishdir» degan akida hozir xam kimmatini yo'kotgan emas. Sir emas, Markaziy Osiyo Respublikalarida, jumladan O'zbekistonda xam ko'p bolalikdan 3-4 taga, keyin I-2 taga o'tish fakti yil sayin ko'paymokda. Pedagogik jihatdan yakka bolalik tarbiyani qiyinlashtiradi. Oiladagi yakka farzand kattalarning «jonli o'yinchoqlari», sevgi va gururlari, erkatoylari bo'lib voyaga etadi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.46 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.46 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:41 ]
Arxiv ichida: doc