Oilalar ishtiroki

Oilalar ishtiroki

O'quvchilarga / Pedagogika
Oilalar ishtiroki - rasmi

Material tavsifi

Oilalar ishtiroki Reja: Oilalar ishtiroki Yosh xususiyatlariga mos kelish nimani bildiradi o'yin orqali individuallashtirish Dastur falsafasini hayotga qanday tatbik etish kerak Oilaning dasturdagi ishtiroki falsafa Oilalar ishtiroki - «Bolaga yo'naltirilgan ta'lim» dasturining ajralmas va o'ziga xos kismidir. Bolaning birinchi pedagoglari uning ota-onasi hisoblanadi. Ular bolaga ezgulik tilaydilar va u hayotda ilg'or hamda boshqalarga foydasi tegadigan odam bo'lib o'sishini istaydilar. Ota-onalar o'quv-tarbiya jarayonida muhim rol uynashlari mumkin va zarur, ular topshiriqlar va mashg'ulotlar ishlab chiqishga yordam berishlari kerak. Shuning uchun «Bolaga yo'naltirilgan ta'lim» barcha oilalarni dasturda ishtirok etishga chakiradi. Oilalarni bu ishga jalb etish usullari aniq sharoitlarga karab turlicha bo'lishi mumkin, birok tamoyilning o'zi uzgarmasdir: shaklidan kati nazar barcha oilalarning dasturda ishtirok etishi doimo kullab-quvvatlanadi. Ota-onalar xonasi Masalan, xar bir maktabgacha ta'lim muassasasida ota-onalar uchun maxsus xona jihozlash mumkin. Ular bu yerda pedagoglar bilan uchrashishlari, bolaning usib- ulgayishi, soKligi, intizomi va boshqa ularni kiziktirayotgan muammolar to'g'risida axborotlarni olishlari mumkin. Kaysidir materiallarni ularga uyga olib ketishga berish xam mumkin. Bu xonada ota-onalar yiqilishlari va seminarlar o'tkaziladi. Bundan tashqari ota-onalar doimiy ravishda guruhga kelishlari, bolalar bilan shugullanishlari, ularning kaysidir alohida iktidorlari va istedodlari yuzasidan pedagog-tarbiyachilar bilan o'zaro fikrlashib olishlari mumkin. Ayrim oila a'zolari xatto maktabgacha ta'lim muassasasida assistent (yordamchi) sifatida ishga joylashishi xam mumkin. Kolgan barcha dastur ishida ular kungilli yordamchilar sifatida jihozlash, sayohat uyushtirish va boshqa tadbirlarga yordamlashish imkoniyatiga egadirlar. «Bolaga yo'naltirilgan ta'lim» dasturining muhim tarkibiy kismi - bu tarbiyachilar bilan ota-onalar o'rtasida yaqindan aloqa urnatishdir. Bu hamkorlik turli usullarda bo'lishi mumkin - yozishmalar, kundaliklar va jurnallar, ota- onalarning bolalarni bog'chaga olib kelishi va olib ketishi chogidagi qisqa suhbatlar, ota-onalar yiqilishlari, seminarlar, kullab-quvvatlash guruhlari faoliyatini yulga kuyish. Tarbiyachining tez-tez oilalarga tashrif buyurishi juda yaxshidir. Ota-onalar bilan yakkama-yakka uchrashuvlar bolaning uzlashtirishini muxokama qilish va uyda bajarish uchun topshiriqlar ishlab chiqish imkonini beradi. Ota-onalar qo'mitasi «Bolaga yo'naltirilgan ta'lim» dasturining yana bir muhim elementi - bu ota- onalar qo'mitasidir. U maktabgacha ta'lim muassasasidagi ishlarni muxokama qilish uchun pedagoglar jamoasi bilan uchrashuvlar o'tkazadi. Kumitaga ota-onalar azo bo'ladi, birok unga mahalliy jamoatchilik boshqaruv organlari vakillari xam kiritilishi mumkin. Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari ota-onalar bilan birgalikda dasturda ishtirok etayotgan yoki uning doirasida bo'lgan xar bir oilaning o'ziga xos ehtiyojlarini aniklaydilar. Shunday qilib, «Bolaga yo'naltirilgan ta'lim» dasturining vazifasi - markaz sifatida oila, shuningdek tarbiyachilar va keng jamoatchilik vakillaridan tashkil topgan kullab-quvvatlash hamjamiyatini tuzishdir. Bu hamjamiyat mazkur dasturni samarali o'qitishi va bolalar rivojlanishiga yordam berishi uchun rejalashtirish va aloqa, masalalar va muammolarni muxokama qilishni amalga oshiradi. Yosh xususiyatlariga mos kelish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.35 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.35 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga