K I R I Sh . Mavzuning dolzarbligi. Prezident I.A. Karimov, oilada hukmron bo'lishi lozim bo'lgan ma'naviy muhit va noyob udumlarimizning xosiyatlari haqida fikr bildirib: …Bunda o'zaro hurmat va qattiq tartib bo'lmasa, oilaning barcha a'zolari o'z burchlarini ado etmasa, bir-birlariga nisbatan ezgulik bilan mehr oqibat ko'rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas O'zbeklarning aksariyati o'zining shaxsiy farovonligi to'g'risida emas, balki oilasining qarindosh-urug'lari va yaqin odamlarning, qo'shnilarining omon-esonligi to'g'risida g'amxo'rlik qilishni birinchi o'ringa qo'yadi. Bu esa eng oliy darajada ma'naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir deb takidlaganlar. Shuni alohida takidlash joizki, oilaviy munosabatlar har doim ham bir tekisda silliq, risoladagidey kechavermaydi. Uy-ro'zg'or yumushlarini ado etish, yer-xotinlik burchlari, ota-onaning farzandlar oldidagi majburiyatlari, farzandlarning kattalar oldidagi huquq va burchlarini ado etish jarayonida murakkab rollararo muomala va muloqot jarayonlari kechadiki, ularning deyarli barchasida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar to'qnashadi, ayrim holatlarda fikr va qarashlardagi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, kelishmovchiliklar, anglashilmovchiliklar shaxslararo nizolar tarzida namoyon bo'ladi. Oilaning ma'naviy-psixologik muhitini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarda oilaviy baxt yoki kelishmovchiliklar to'g'risida ijtimoiy tasavvurlarning shakllanganlik darajasi undagi ma'naviy muhit va oila a'zolarining sog'lom fikrlashi darajasiga bog'liq ekanligi isbotlangan. Biz tanlagan muammoning dolzarbligi yoshlik davrining noyobligi bilan bog'liq bo'lib, aynan shu davrda bola ongida shakllanadigan ijtimoiy tasavvurlar tizimida oilaviy o'zaro munosabatlarda namoyon bo'ladigan ziddiyatli, nizoli holatlar, ularning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yo'llari to'g'risidagi tasavvurlar alohida o'rin tutadi. Bu tasavvurlar majmui shaxsni nafaqat oilaviy o'zaro munosabatlarda o'z o'rnini topish va muammoli vaziyatlardan chiqishning optimal yo'lini belgilashga imkon beradi, balki, bu davrdan keyingi mustaqil taraqqiyot davrida jamiyat miqyosidagi ijtimoiy munosabatlarga, jumladan, istiqboldagi oilaviy hayotga ham tayyorlaydi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, oilaviy nizolarning ham konstruktiv (ijobiy oqibatli) ham destruktiv (salbiy oqibatli) asoratlari bo'lib, ularni idrok etishdan hosil bo'lgan obrazlar yoshlarning ijtimoiy xulqidagi salbiy va ijobiy yo'nalishlarini belgilaydi. Aynan shuning uchun ham oilaviy nizolarning namoyon bo'lishi, shakllari, oqibatlarini ilmiy jihatdan o'rganish ijtimoiy psixologiya uchun amaliy ahamiyatga molikdir. Olimlar tomonidan to'plangan ilmiy dalil va xulosalarning barchasi mohiyatan o'zbek muhitiga to'g'ri kelmasligi aniq. Negaki, bir millatning urf-odati, an'ana va milliy qadriyatlari boshqasinikiga mos kelmaydi. Muhimi, O'zbekistonda oila va undagi o'zaro munosabatlar alohida qadriyat sifatida qaralishi ham bu borada yurtimizgagina xos bo'lgan malum qonuniyatlarning borligini dalillaydi. Shu bois ham, mavjud muammoni hududiy va etnopsixologik xususiyatlarni inobatga olgan holda o'rganish zarur. Tadqiqotning maqsadi. Oilani ijtimoiy- psixologik mustahkamlashda sharqona axloq tamoyillarining ahamiyatini tadqiq etish jarayonida oila mustahkamligida shaxslararo munosabatlar ta'siri to'g'risidagi ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishida oila muhitining, xususan, ota-onalarning o'zaro munosabatlari, ularning farzand tarbiyasidagi mas'uliyati hamda har bir oila azosining ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.44 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.44 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:42 ]
Arxiv ichida: doc