Oilaning funksional rolli tuzilishi Reja: Oila funksiyasi haqida tushuncha Oila ehtiyoji va funksiyasining o'zaro aloqasi Oilaviy rollar tushunchasi Har bir oila ijtimoiy struktura sifatida jamiyat oldida malum bir funksiyalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy funksiyalari haqida gapirganda, bir tomondan jamiyatning oilaga ta'sirini, ikkinchi tomondan ega umumiy, ijtimoiy tizimda oilaning o'rnini, oilaning hal qiladigan ijtimoiy funksiyalari hisobga olish lozim. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida hozirgi zamon oilasining asosiy fuksiyalari qatoriga quyidagilar kiradi: Iqtisodiy funksiya - oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi. Oila o'zining shu funksiyasi tufayli jamiyatga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Masalan: bola tarbiyasi - bolani iqtisodiy ta'minlash borasidayoq uning jamiyatga keltirgan foydasi katta miqdorni tashkil etadi (bitta Neksiya mashinasining puli ketar ekan). Oilaning reproduktiv funksiyasi - oilaning muhim funksiyalaridan biri bo'lib, jamiyatning biologik uzluksizligini ta'minlash, bolalarni dunyoga keltirish funksiyasidir. Bu funksiyani asosiy mohiyati inson turini davom ettirishdan iboratdir. Oila faqat yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, ularni ilmiy, madaniy yutuqlar bilan tanishtirish, salomatligini saqlab turishdan iboratdir. Oilaning tarbiyaviy funksiyasi ham eng muhim funksiyalardan biridir. Bolalarni aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oilaning kommunikativ funksiyasi oila a'zolarining o'zaro muloqot va o'zaro tushunishga bo'lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Oilaning rekriativ funksiyasi - o'zaro jismoniy, moddiy, ma'naviy va psixologik yordam ko'rsatish, bir-birini salomatligini mustahkamlash, oila a'zolari dam olishlarini tashkil etish funksiyasidir. Oilada bo'sh vaqtni to'g'ri tashkil etishdir. Hozirgi vaqtda oilani rekreativ funksiyasini davlat va ijtimoiy tashkilotlar o'z zimmasiga olmoqda. Odamlarning xavfsizligini ta'minlash, qariyalarga bepul tibbiy yordam ko'rsatish, qariyalar uylarning ochilishi va boshqalar. Oila filitsitologik funksiyasi - italyancha filitsite - baxt shaxsiy baxtga erishishga intilish, oilaviy munosabatlar tizimida ko'p jihatdan hal qiluvchi bo'lib bormoqda. Oilada yer-xotinning bir-birini to'liq tushunishi, ularning o'zlarini baxtli his qilishlarini ta'minlaydi. Oilaning regulyativ funksiyasi - oila a'zolari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni boshqarish tizimi, ijtimoiy nazoratni oila ustunlik va obro'ni amalga oshirishni o'z ichiga oladi. O'tgan zamonlarda oilani boshqarish funksiyasi malum darajada rasmiy tarzda belgilab qo'yilgan edi - asosan erkak. Hozirgi zamon oilalarida esa oilaning boshqaruv funksiyasi asosan axloqiy me'yorlar oila a'zolarining shaxsiy obro'si hamda ota-onalarning bolalarga nisbatan bo'lgan munosabatlaridagi obro'si kabilar yordamida amalga oshiriladi. Oilalarning relaksattsiya funksiyasi - oila a'zolarining jinsiy emotsional faoliyatini ruhiy, jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir. Yuqoridagi barcha funksiyalarning muvaffaqiyatli bajarilishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog'lomligiga ham ta'sir etadi. Shuningdek oila baxtini taminlovchi mezon hisoblanadi. yer-xotinlar oilada ham birga shaxsiy va mulkiy masalalarda ham teng huquqlidir. Bu konstitutsiyaviy qoida bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan (46-modda). Bizning jamiyatimizda ayol bilan erkakning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.29 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.29 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:42 ]
Arxiv ichida: doc