Oligofren bolalar bilan olib boriladigan pedagogik korreksion ishlar mazmuni

Oligofren bolalar bilan olib boriladigan pedagogik korreksion ishlar mazmuni

O'quvchilarga / Pedagogika
Oligofren bolalar bilan olib boriladigan pedagogik korreksion ishlar mazmuni - rasmi

Material tavsifi

Oligofren bolalar bilan olib boriladigan pedagogik korreksion ishlar mazmuni RYeJA : 1. Pedagogik korreksiya fanining predmeti. 2. Maxsus pedagogika va uning tarmoqlari haqida tushuncha. 3. Aqli zaiflikni keltirib chiqaruvchi sabab va oqibatlar. 4. Aqli zaif bolalarni o'rganish va tarbiyalash. 5. Aqli zaiflik darajalari. Tayanch so'zlar: (Korreksiya, oligofreniya, debil, idiotizm, imbitsillik.) Bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishi bir xilda kechmaydi. Bazi bolalar malum bir sabablarga ko'ra jismonan yoki ruxan rivojlanishda nuqsonlarga ega bo'ladilar. Shu nuqsonlarni o'rganish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish pedagogik korreksiya fanining asosiy vazifasi hisoblanadi. Avvalo korreksiya nima? Korreksiyalash deganda rivojlanishda, kamol topishda nuqsonga ega bo'lgan bolalarning jismoniy va ruhiy nuqsonlarini to'g'rilash, yumshatish, hayotga moslashtirish tushuniladi. Tuzatish ishlarida nuqsonli bolaning rivojlanish imkoniyatlariga asoslaniladi. Maxsus pedagogikaning nazariy asoslari ishlab chiqishida 1918 yilda bo'lib o'tgan maorif va ijtimoiy ta'minot xodimlarining I Butun Rossiya sezdida, 1920-1921 yillarda bo'lib o'tgan bolalar orasidagi nuqsonlik va qarovsizlikka qarshi kurashga bag'ishlangan sezd materiallari katta ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa, 1925 yilda A.N.Graborov tomonidan maxsus pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqilishi fanning rivojlanishiga turtki bo'ldi. Maxsus pedagogika nuqsoni bor bolalar ishtirok etadigan pedagogik jarayon bilan bog'likdir. Bu holat bolaning yoshligidan anatomik, fiziologik, ruhiy ma'lumotlarining zarurligini taqozo etadi. Maxsus pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri bolalarning umumiy rivojlanishini faollashtirishdan, rivojlanishning umumiy ta'lim darajasini oshirish uchun maxsus shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Maxsus pedagogika nuqsonli bolalar ta'limi, tarbiyasi va ular taraqkqiyotidagi ruhiy, jismoniy nuqsonlarni korreksiyalovchi fan sifatida yuzaga keldi. Maxsus pedagogika inson haqidagi fanlar bilan, ayniqsa, umumiy pedagogika, umumiy psixologiya, maxsus psixologiya, anatomiya, fiziologiya fanlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, uning qonuniyatlariga tayanadi. Maxsus pedagogikaning asosiy maqsadi bolalarga bilim berish, korreksion-tarbiyaviy ishlarni amalaga oshirish, mehnat faoliyatiga, ijtimoiy hayotga tayyorlashdan iborat. Yuqoridagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda maxsus pedagogika o'zining bir nechta tarmoqlariga tayanadi. Maxsus pedagogikaning tarmoqlari quyidagilar: Oligofrenopedagogika. (aqli zaif bolalar) Tiflopedagogika ( Ko'r va ko'zi ojiz bolalar) Surdopedagogika (Kar va eshitishda nuqsoni bor bolalar) Logopediya. ( nutqida nuqsoni bor bolalar) Oligofrenopedagogika aqli zaif bolalarni tarbiyalash va o'qitish haqidagi fan bo'lib, defektologiyaning bir qismini tashkil etadi. Bosh miyaning organik buzilishi natijasida bilish faoliyati turg'un pasayishi kelib chiqadi. Natijada aqli zaiflik kelib chiqadi. Oligofrenopedagogika ham o'ziga xos rivojlanish, shakllanish tarixiga ega. Aqli zaif bolalar ta'lim-tarbiyasi masalalari bilan shug'ullanish ishlari tarixi qariyib 200 yildan oshiqdir. Oligofrenopedagogika fanining dastlabki boshlang'ich davri aqli zaiflikni o'rganish, asosan 1926 yillarga to'g'ri keladi. Oligofrenopedagogikaga L.S.Vigotskiy asos solgan. U aqliy nuqsonga ega bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berishni nazariy va amaliy asoslab bergan. Aqli zaiflikni keltirib chiqaradigan sabab-oqibatlar xususiyatlari endogen, ekzogen xususiyatlariga ega. Bu kasallik sabab-oqibati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.57 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.57 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga