Oligofreniyaga o'xshash bo'lgan bazi holatlarning tavsifi Reja: 1.Infantilizm turidagi psixik jismoniy rivojlanishi sust bolalar 2. Astenik va psixopat xulqidagi bolalar 3. Eshitishi hamda nutqi rivojlanmay qolgan bolalar 4. Pedagogik qarovsiz bolalar. Tayanch iboralar: (Infantilizm, astenik, psixopat xulqidagi bolalar pedagogik qarovsiz bolalar) Umumta'lim maktablarida o'zlashtirmovchi o'quvchilarni o'rganish ular orasida ilk rivojlanish davrida bazi buzilishlar bo'lgan bolalar ham uchrashini ko'rsatadi. Bunday bolalar oligofrenlarga o'xshasa ham, haqiqatan bunday bo'lmaydi. O'z vaqtida va to'g'ri, malakali yordam ko'rsatilganda bu bolalar asta-sekin o'z tengdoshlariga etib oladilar va o'zlashtiruvchi o'quvchilar orasiga qo'ishladilar. Ammo, bazan bunday bolalar yordamchi maktabga yuboriladi. Bolalarda oligofreniyaga o'xshash holatlar ko'pincha markaziy nerv tizimidagi o'zgarishlar natijasida kelib chiqadi. Bunday o'zgarishlar bolalarning alohida nerv-psixik tizimining rivojlanishi va faoliyatiga, shuningdek butun organizmning holati va rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Oligofreniyaga o'xshash holatlarni keltirib chiqaradigan sabablar turlicha bo'lishi mumkin. Oligofreniyaga o'xshash bazi holatlarni ko'rib chiqamiz. Infantilizm turidagi psixik jismoniy rivojlanishi sust bolalar. Psixik va jismoniy rivojlanishning vaqtinchalik sustlashishi bola organizmiga turli salbiy zararlar ta'siri natijasida yuzaga keladi. Ularga, masalan, xromosomalarning buzilishlari, homilalik davrida markaziy nerv tizimining marohatlanishlari, endokrin yetishmovchiliklar, asfiksiya yoki tug'ilishdagi yengil jarohatlar, nurlanish va h.k.lar kiradi. Ko'rsatib o'tilgan sabablar umumiy holsizlanishga, organizmning zaiflashuvi va rivojlanish suratining bo'zilishga olib keladi. Bunday bolalarda jismoniy va psixik rivojlanishning sustlashishi kuzatiladi. Infantil bolalar odatda bo'yi past, gavda tuzilishi to'g'ri bo'ladilar, bolalarning ko'pchiligida jinsiy tizimning rivojlanmay qolishi jinsiy etilishning orqada qolishi va ikkilamchi jinsiy belgilarning kech rivojlanishiga olib keladi. Infantil bolalar tengdoshlaridan psixik rivojlanishda orqada qoladilar. Qiziqishlari doirasi o'yin faoliyat bilan chegaralanadi. O'yin jarayonida ular o'ziga-o'zi xizmat qilish malikalarini o'zlashtiradilar, ammo undan kam foydalanadilar. Mustaqil o'yin mazmunli, qiziqarli o'lib ko'p vaqt davom etishi mumkin. Infantil bolalarning lug'at zahirasi boy; ular hikoya, ertak va h.k.larning manosini, mazmunini tushuna oladilar. Yordamdan yaxshi foydalana oladilar. Suhbat jarayonida va topishriqlarni bajarishda avvalgi tajribalarini qo'llay olish ko'nikmasiga ega bo'ladilar. Infantil bolalar uchun xulqning murakkab shakllarining rivojlanmay qolganligi xosdir. Ularda faoliyatning barcha turlarining faolligi funksional pasaygan bo'ladi. Maktabda o'qishda bunday bolalar katta qiyinchiliklarga duch keladilar, zarur vaqtda faol ravishda ishlay olmaydilar, tez toliqib, chalg'aydilar. Shuning uchun ular maktabdagi malaka va bilimlarni qiyinchilik bilan o'zlashtiradilar.Oligofrenlarda farqli infantil bolalar faol faoliyat davrida diqqatlarini jamlay oladilar (odatda qisqa vaqt oralig'ida) va aqliy imkoniyatlarini namoyon etadilar. Ammo psixik faoliyatdagi buzilishlar natijasida o'zlashtirmovchi o'quvchilar orasiga qo'shilib qoladilar. Maxsus davolish (umummustahkamlovchi terapiya, simptomatik davolov, suv muolajalari, gimnastika va boshqalar), bola imkoniyatlarini etiborga olgan holda o'qitish (engillashtirilgan kun ratibi, yakka holdagi pedagogik yordam va h.k.), uyda yaxshi sharoit yaratish bunday bolalarning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.45 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.45 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:42 ]
Arxiv ichida: doc