Oligofrenopedagogikaning umumiy masalalari

Oligofrenopedagogikaning umumiy masalalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Oligofrenopedagogikaning umumiy masalalari - rasmi

Material tavsifi

Oligofrenopedagogikaning umumiy masalalari Reja: 1. Oligofrenopedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi 2. Oligofrenopedagogikada foydalaniladigan tadqiqot metodlari. 3. aqli zaif bolalar- o'rganish, tarbiya va ta'lim manbai 1920 yillardan keyin Respublikamizda turli nuqsonlilar ta'lim-tarbiyasi o'ziga xos mazmun kasb rivojlana boshladi. Kishilik jamiyati tarixida birinchi marta rivojlanishida turli nuqsonlari bo'lgan bolalar umumjamiyat etiboriga olindi. Ular uchun barcha kulayliklarga ega bo'lgan maxsus maktablar tashkil kilindi. Yordamchi maktablardagi pedagogik jarayonlarning nazariy asosini maxsus fan - oligofrenopedagogika tashkil etadi (grek tilida «oli-gos»- kam, «fren»- aql degani). Oligofrenopedagogika - aqli zaif bolalarni tarbiyalash va o'qitish haqidagi fan bo'lib, defektologiyaning bir kismini tashkil qiladi. Pedagogikaning umumpedagogik va didaktik prinsiplarini qo'llash aqli zaif bolalar ta'lim-tarbiyasida o'ziga xos xususiyatlar kasb etadi. ta'limiy materiallarni tanlash, mehnat tayyorgarligini aniqlash, aqli zaif bolalarni jismoniy rivojlantirish ishlari tuzatish mazmun kasb etishi kerak. Tuzatish deganda aqli zaif bolalarning jismoniy va ruhiy nuqsonlarini to'g'rilash, yumshatish, hayotga moslashtirish tushuniladi. Tuzatish ishlarida nuqsonli bolaning rivojlanish imkoniyatlariga asoslaniladi. aqli zaif bola deganda bosh miyasining organik buzilishi natijasida bilish faoliyatlarining turgun pasayishini tushunamiz. aqli zaif bolalarni o'qitish, tarbiyalash va ularni o'rganishning nazariy masalalari kator fanlarning yutuklariga asoslanadi. Oligofrenopedagogika umumiy psixologiya, logopediya, pediatriya, nevropatologiya, anatomiya, fiziologiya, genetika, bioximiya va boshqa fanlar bilan bog'liq bo'lib, ularning yutuklaridan keng foydalanadi. Oligofrenopedagogika maorif xodimlarini onalarni, defektologiya fakulteti talabalarini yordamchi maktablardagi ta'lim-tarbiya ishining o'ziga xos tomonlari, aqli zaif bolalarning bilim egallash xususiyatlari haqidagi tegishli ma'lumotlar bilan qurollantiradi. Xar bir fanda bo'lganidek oligofrenopedagogika xam o'ziga xos rivojlanish, shakllanish tarixiga ega. aqli zaif bolalar ta'lim-tarbiyasi masalalari bilan shugullanish ishlariga 200 yildan oshgan bulsada, bir tizimda atroflicha, bir butun, tugallangan ishlar XX asr boshlariga to'g'ri keladi. Kuzatish va kidiruv ishlarining uzoq muddatliligi, tajribalar-ning sekin-asta tuplanganligi, ayrim nazariy xulo-salarga kelish uchun uzoq vaqt talab kilinganligi sababli oligofrenopedagogika fanining izchil tarixi nisbatan qisqargan. Oligofrenopedagogika fanining dastlabki, boshlang'ich davri aqli zaiflikning mohiyatini aniqlash bilan xarakterlanadi. Birinchi marta psixiatr F. Platter (1537-1614) ruhiy kasalliklar orasidan aqli zaif bolalarni ajratib berdi. aqli zaif bolalarni tasniflash, ularga klinik tavsifnoma berish ishlari F. Pinel (1775-1838). J. Eskirol (1772-1840) tomonidan bajarildi. J. Eskirol birinchi marta «aqli zaiflik» atamasini fanga kiritadi. XIX asr mobaynida jamiyatda ruy bergan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar tufayli nuqsonli bolalarga alohida etibor berish zarurligi haqida jamoatchilik fikri yuzaga keldi. Shu jarayon asosida aqli zaiflikni davolash, diagnostika qilish, tasniflashga oid kator materiallar matbuotda chika boshladi. Ularga pedagogik yordam ko'rsatish haqida xam turli fikrlar elon kilina boshlandi. aqli zaif bolalarni o'qitish va tarbiyalash nazariyasining yuzaga kelishida E. Segen (1812-1880) ning pedagogik va ilmiy faoliyati katta urin egalladi. ayniqsa, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.51 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.51 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga