Olimpiada o'yinlari tarixi

Olimpiada o'yinlari tarixi

O'quvchilarga / Pedagogika
Olimpiada o'yinlari tarixi - rasmi

Material tavsifi

Olimpiada o'yinlari tarixi Eramizdan avvalgi VII asrda Olimpiya shahrida joylashgan Gera idasida Olimpiya mashalasi yoqilgan va bronzadan yasalgan Ifit diski saqlangan. Diskda olimpiya o'yinlarining qonun va qoidalari yozilgan edi. Umumgrek olimpiada o'yinlari qarorida Gretsiyaning ko'pgina shaharlarida kichik miqyosidagi, lekin davlat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy tarafdan katta xamiyatga ega bo'lgan o'yinlar o'tkazilib turilgan. Gretsiyaning bir qator shaharlarida va rayonlarida qazilmalar natijasida o'yinlar uchun mo'ljallangan ko'pgina inshootlar va stadion qoldiqlari topilgan. 1-rasm. Gretsiyadagi qadimiy Olimpiya shahrining qo'rinishi Qadimiy stadionlar uch davrga bo'lingan: 1. Ellenik 2. Ellenistik 3. Qadimiy Rim davridagi stadionlar Ellenik davr. Mustaqil davlatlar hisoblangan qadimiy Gretsiya harlari fan, madaniyat va sport sohalarida boshqa davlatlar bilan doim ashganlar. Yaxshi qo'shnichilik va do'stlik musobaqalari ruhi, qadimiy Gretsiyada jismoniy madaniyat va sport rivojiga katta ta'sir ko'rsatadi. Gretsiya stadionlari memoriy shakllari, kengligi va landshafning garmonik mosligi bilan ajralib turadi. Ellenik davr stadionlari davlat ijtimoiy hayotida yetakchi rol o'ynagan. Bu davrdagi stadionlar o'rindiqsiz qurilgan. Ellenistik davr. Ellenistik davrdagi stadionlar ommaviy hayotda katta ahamiyatga ega bo'lgan. Undan tashqari ular shahar aholisi uchun tomosha ko'rsatadigan inshootga aylanadi. Stadion tribunalari uncha ko'p bo'lmasa ham faqat shahar aholisiga mo'ljallangan edi. Masalan: 100 aholi yashaydigan Milet shahridagi stadion shu shahar ichiga qurilgan. Eramizdan avvalgi 7 asrdagi Gera nomidagi obida (uzunligi 50 metr, eni 18,7 metr). Olimpiya mashalasini yoqish tantanasi. Gretsiya, Olimpiya Qadimiy Rim davri. Ko'pgina stadionlar va sport inshootlar Rim imperiyasining shakllanayotgan vaqtiga to'g'ri keladi (eramizning boshi). Bu vaqtda ellenik davri stadionlarining ko'pginasi qayta qurildi. Eramizning ikkinchi asrida Afina va Delfadagi stadionlarni qayta qurishga to'g'ri keldi. Musobaqa qatnashuvchilari sonining ortishi tufayli stadionlar maydoni kengaytirildi va tomoshabinlar uchun marmar tribunalar-o'rindiqlar o'rnatildi. Qadimgi Rim davridagi stadionlarning tribunalari ko'rishga qulay bo'lishini ta'minlash uchun yarim oy shaklida qurilgan. Bu davrdagi stadionlar memorchilik tomonidan to'la-tugallangan obyektlarga aylanadi. Eramizdan oldingi birinchi asrda Qadimgi Rim inshooti bo'lmish amfiteatr shakllana boshladi. Amfiteatr o'z navbatida zamonaviy sport arenalarining qurilishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Amfiteatr (yunonchadan Amphitheatron - ikki tomonlama tomosha) mmaviy tomoshalar: teatr spektakllari ko'rsatiladigan Qadimgi Rim monumental binosi hisoblanadi. Amfiteatr - o'rtasidagi maydoni ellips shaklida qurilgan va tomoshabinlar uchun mo'ljallangan sport arenasi qator-qator o'rindiqlari pastdan yuqoriga zina shaklida ko'tarilib borgan. Bu iteatrlar Pompey shahrida miloddan avvalgi 70-yillarda qurilgan bo'lib o'z ichiga 1500 tomoshabinni olgan. Butun dunyoga mashhur bo'lgan Rimdagi Kollizey miloddan oldingi 125 yilda qurilgan bo'lib 500 tomoshabinlarga mo'ljallangan. Kollizey avval uch yarusdan iborat bo'lib, to'rtinchi yarusi eramizni ikkinchi asrida to'la bitkazilgan. Avval Kollizeyda hayvonlar, keyinchalik esa gladiatorlar jangi bo'lib o'tgan. Bu yerda tribuna ostida juda ko'p sonli xonalar bo'lgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.96 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.96 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga