Modulning nomlanishi: OLIY MAKTAB PYeDAGOGIKANING DOLZARB MUAMMOLARI Mashg'ulot mavzusi: Pedagogik faoliyatni tashkil etish bilan bog'liq muammolar va hal etish strategiyalari Reja: 1. Zamonaviy o'qituvchi faoliyatida yuzaga keladigan qiyinchilar va ularni bartaraf etish yo'llari. 2. O'qituvchining innovatsion faoliya-tini tashkil etish va innovatsion salohiyatini rivojlantirish - dolzarb pedagogik muammo sifatida. MUSTAQIL O'QISh UChUN ADABIYoTLAR 1. Mardonov Sh.Q. Yangi ta'limiy qadriyatlar asosida pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish. - T.: Fan, 2006. 2. Yarmatov R. Bo'lajak o'qituvchi shaxsini tarbiyalash va rivojlantirish. - T.: Fan va texnologiya nashriyoti, 2009. 3. Aktualnie voprosi sovremennoy pedagogikheskoy nauki: materiali II Mejdunarodnoy zaochnoy nauchno-prakticheskoy konferentsii. 20 noyabrya 2010 g. Otv. red. M.V. Volkova - Cheboksari: NII pedagogiki i psixologii, 2010. 4. Zufarov Sh. Pedagogik innovatika. - T.: Fan va texnologiyalar nashriyoti, 2012. Savol: Sizningcha, zamonaviy o'qituvchi faoliyatida qanday qiyinchiliklar ko'zga tashlanmoqda? O'z faoliyatingizda qanday qiyinchiliklarga duch kelmoqdasiz? Muammoning dolzarbligi O'qituvchi faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarning hal qilinmasligi quyidagi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi: 1) pedagogning o'z ishidan qoniqmasligi; 2) pedagogik mehnat samaradorligining pasayishi; 3) psixik zo'riqishning kuchayib borishi; 4) kasbiy deformatsiyalarning to'planib borishi va boshqalar. O'qituvchi faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o'rganishning asosiy aspektlari 1. Kasbiy. Ushbu jihat bilan bog'liq qiyinchiliklar samaradorlik, ishonch, faoliyat sifati orasidagi sabab-oqibat aloqadorliklari va faoliyat subyektining individual o'ziga xosliklarini o'rganish bilan tavsiflanadi. 2. Fiziologik. Mazkur aspekt o'qituvchi faoliyatida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni uning oliy nerv faoliyati tizimi va sensomotor harakatlari orasidagi bog'liqlikda ko'rib chiqadi. 3. Ijtimoiy. Ushbu jihat bilan bog'liq qiyinchiliklar o'qituvchining ijtimoiy mavqei, obro'-etibori, uni ijtimoiy himoyalash bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqishni taqozo etadi. 4. Tibbiy. Mazkur aspekt faoliyatdagi qiyinchiliklarni o'qituvchining ruhiy, jismoniy sog'lomligi, turli kasalliklarni orttirishi, ularni salomatlikka ta'sirini aniqlab beradi. Savol: Siz nima deb o'ylaysiz, kasbiy (professional) qiyinchiliklar qanday ko'rinishlarda namoyon bo'lishi mumkin? Kasbiy faoliyat bilan bog'liqlikda yuzaga keladigan qiyinchiliklar Kasbiy faoliyat bilan bog'liqlikda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar quyidagi ko'rinishlarda namoyon bo'lishi mumkin: 1) faoliyatning obyektiv shart-sharoitlari. Yani shaxsning o'z faolligini namoyon qilishga to'sqinlik qilinishi, boshqacha aytganda barerlarning mavjudligi; 2) shaxsning o'ziga xos psixologik xususiyatlari. Savol: O'qituvchi kasbiy faoliyatida qiyinchilarni yuzaga keltiruvchi obyektiv shart-sharoitlarga nimalarni kiritish mumkin? O'qituvchining kasbiy faoliyatida yuzaga keluvchi qiyinchiliklarning obyektiv shart-sharoitlari 1) o'qituvchi mehnatini tashkil etishda metodik ta'minotning etarli bo'lmasligi; 2) o'qituvchi faoliyatini baholashdagi formalizm (yuzakilik); 3) o'qituvchining ikkinchi darajali vazifalarga jalb etilishi. Savol: Pedagog shaxsining spetsifik o'ziga xosliklari bilan bog'liqlikda yuzaga keladigan qiyinchiliklarga nimalarni kiritish mumkin? Pedagog shaxsining spetsifik o'ziga xosliklari bilan bog'liqlikda yuzaga keladigan qiyinchiliklar 1) pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ichki kuch va imkoniyatlarning etarli emasligi; 2) sohadagi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
51.71 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:42
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
51.71 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:42 ]
Arxiv ichida: ppt