Oliy maktabda ta'limni tashkil etish shakillari va metodlari Reja: Oliy maktab didaktikasida o'qitish jarayoni qonuniyatlari. O'qitish tamoyillarini asoslashda oliy maktab didaktikasi. Oliy maktabda o'qitish shakllari. Oliy maktabda o'qitish metodlari. Asosiy tushunchalar: didaktik qonunlar, ijtmoiy -pedagogik qonuniyatlar, ta'lim mazmuni, ta'lim shakllari, ta'lim metodlari. Har bir fan obyektiv voqelikni o'rganish qonunlarini belgilab beradi. Didaktik qonunlar o'qitish va ta'limot birligi hamda ularning o'zaro aloqadorligida o'rganiladi. Hozirgi oliy maktab didaktikasida qanday o'qitish jarayoni qonuniyatlari mavjud? Oliy maktabdagi o'quv jarayoniga, sistemali-struktur yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda uning o'zaro bog'langan ikki tizimi amal qiladi. Birinchidan, o'quv jarayoni o'zining o'qitish maqsadi, o'qitish va o'quv faoliyati, ta'lim mazmuni, o'qitish vositalaridan iborat murakkab tizim sifatida namoyon bo'ladi. Ular o'zaro bir-biri bilan bog'lanib ketgan. Ikkinchidan, o'quv jarayoni nisbatan yirik tizim bo'lgan pedagogik jarayonning tagtizimidir. Bu tagtizim o'qitish, ta'lim berish va ta'lim jarayoni birligi sifatida namoyon bo'ladi. Shu bilan birga bu tizimda salmoqli tizim sifatida oliy o'quv yurti o'quv jarayoni rivojlanishi qonuniyatlariga bevosita ta'sir ko'rsatadigan ijtimoiy jarayonlar va talablar tizimi ham mavjud. Shunday qilib, o'quv jarayonining muhim ichki va tashqi bog'liqligini farqlash lozim. Shu asosda ta'lim qonunlari tasniflanadi. Didaktikaning o'z qonuniyatlari sifatida o'quv jarayoni komponentlari orasidagi zaruriy, takrorlanuvchi va muhim bog'lanishlarni ko'rsatish mumkin. Ijtimoiy-pedagogik qonuniyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: - oliy o'quv yurtidagi ta'lim jarayoni jamiyat ishlab chiqarish taraqqiyotini aks ettiradi; - oliy o'quv yurtidagi ta'lim va tarbiya jarayoni hamda talabalar rivojlanishi bir-biri bilan qonuniy bog'langan; - oliy o'quv yurtidagi o'quv jarayoni tashqi sharoitga ham qonuniy bog'liq; - oliy o'quv yurtidagi o'qitish va o'rgatish jarayonlari yaxlit o'qitish jarayoni bilan, muayyan ta'lim mazmuni bilan, ikki tomonlama qonuniy aloqani tashkil etadi; - talabani u yoki bu faoliyatga o'rgatish uni shu faoliyatga maqsadga muvofiq jalb qilish orqali amalga oshiriladi; - o'qitish maqsadi va oliy o'quv yurti ta'lim mazmuni, o'qitish metodlari va shakllari o'rtasida qonuniy bog'liqlik mavjud; - o'quv jarayoni talaba maqsadlarining o'qituvchi maqsadlariga muvofiq kelgan taqdirdagina davom etadi. Bunda o'qituvchi faoliyati o'zlashtirilishi lozim bo'lgan mazmunga mos bo'lishi shartdir; - ta'lim mazmunining o'zlashtirilish sur'ati va mustahkamligi o'qituvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan o'quv faoliyatiga talabalarning bilishga bo'lgan qiziqishini ta'minlash bilan proporsionaldir; - o'qitish va rivojlantirishning muvaffaqiyatliligi va tezligi talabani u o'zlashtirishi mumkin bo'lgan o'quv-bilish jarayoniga jalb qilishiniga bog'liq; - anglab olingan o'quv materiali mazmunining mustahkamligi ushbu mazmunning doimo to'liq va qisman takrorlashdan, uni avval o'zlashtirilgan bilimlar tizimiga kiritishdan ko'ra muhimdir. Ushbu jarayon qonuniyatlarini asoslash yo'li bilan qo'lga kiritilgan nazariy bilimlar o'quv jarayonini kelgusidagi takomillashishiga xizmat qilishi lozim. Buning uchun esa o'qitishning ilmiy tavsifidan uni loyihalashga, ya'ni nazariyadan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.39 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.39 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:42 ]
Arxiv ichida: doc