Oliy maktabdagi pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari Reja: 1. Pedagogik texnologiya tushunchasi. 2. Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish ijtimoiy zaruriyat ekanligi. 3. Pedagogik texnologiya aspektlari. 4. Pedagogik texnologiya tarkibi. 5. Texnologiya mezonlari va prinsiplari. Asosiy tushunchalar: pedagogik texnologiya aspektlari, ierarxik darajalari, pedagogik texnologiya tarkibi, texnologik jarayon, texnologiya mezonlari, bilimlarni o'zlashtirish, pedagogik texnologiya tushuchalari. O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotining demokratik-huquqiy, fuqarolik jamiyati qurish yo'lidan dadil bormoqda. Iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy, xalq ta'limi sohalarida islohotlar va yangilanish jarayonlari bosqichma-bosqich, izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Zero, jamiyatning taraqqiyoti, uning rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o'rinni egallashi bugungi kunda ta'lim olayotgan yoshlarning ma'naviy salohiyati, keng dunyoqarashi va chuqur ilmiy, mustaqil fikrlashiga bog'liq. Mustaqillik tufayli pedagogika fanining taraqqiyotida olamshumul o'zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimizning ma'naviy salohiyatini oshirish, ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Ta'lim to'g'risidagi Qonunni tayyorlash va amalga oshirish pedagogika fanining zimmasiga tushdi. Pedagogikaning predmeti shaxsni shakllantirish muammosi Kadrlar tayyorlash Milliy modelida o'z aksini topdi. Mustaqil O'zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi muammolar: xalqimizning ming-ming yillik qadriyatlarini, pedagogik merosini o'rganish va ta'lim-tarbiya jarayonini milliylashtirish, jamiyat taraqqiyotida ma'naviyatning ustivorligini ta'minlash va ma'naviy tarbiya nazariyasini, amaliyotini takomillashtirish; yoshlar ongiga milliy mafkura, milliy g'oyani singdirish, vatanparvarlik tarbiyasini yangi mazmun va metodikasini ishlab chiqish; jahon andozalariga mos ta'lim tizimini yaratish, ilg'or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, pedagogik kadrlarni hozirgi davr talabi asosida ta'lim-tarbiya ishiga tayyorlash, pedagogik texnologiya bilan qurollantirish kabilar pedagogika fanining dolzarb vazifasi bo'lib qoldi. O'zbekistonda Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturida ta'lim-tarbiyani tubdan isloh qilish ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish; «Ta'lim berishning ilg'or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o'quv-uslubiy majmualari yaratish va o'quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta'minlashga bog'liqligi ko'rsatiladi. Ma'lumki, Milliy dastur bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko'zda tutilgan edi. Birinchi bosqich (1997-2001 y.) mavjud kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy moddiy shart-sharoitlar yaratish jumladan pedagog va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda ularni malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish. Ikkinchi bosqich: (2002-2005 y.) Milliy dasturni to'la ro'yobga chiqarish, mehnat bozorini rivojlantirish va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda unga aniqlik kiritish, Ta'lim muassasalarini moddiy texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o'quv-tarbiya jarayoni yuqori sifatli o'quv adabiyotlar va ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlanadi. Uchichnchi bosqich: (2005 va undan keyingi yillar) to'plangan tajribalar tahlil etilishi,ularni umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish ko'zda tutilgan edi. Ta'lim muassasalarini resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlash, o'quv - tarbiya jarayonini yangi o'quv-uslubiy majmualar, ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan to'liq ta'minlash ko'zda tutilgan edi. Bunda biz pedagogik texnologiya Milliy dasturni amalga oshirishning muhim ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.1 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.1 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:42 ]
Arxiv ichida: doc