Oliy o'quv yurtida o'quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishi Reja: 1 .Oliy ta'limning maqsadi, vazifalari va tashkil qilinishi. 2.O'quv - tarbiyaviy jarayonini tashkil qilish. Z.Oliy ta'lim muassasalari talabalari. Tayanch iboralar: davlat, siyosati, gumanistik, demokratik, universitet, grantlari, to'lov kontrakt vositalari, abiturient, test, yuridik shaxs, nizom, institut, o'rta maxsus, kasbiy, oliy ta'lim standartlari, dastur, davlat raqobatbardosh, texnologiya, bakalavriat, magistratura, akademiya, nodavlat, attestatsiya, akreditatsiya, ma'ruza, seminar, amaliy mashg'ulot, laboratoriya ishi, kollokvium, auditoriya, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar. Oliy ta'lim haqidagi nizom O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabr 305 sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan Umumiy o'rta, maxsus, kasb-hunar ta'limi negizidagi oliy ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining mustaqil turi bo'lib «ta'lim to'g'risida» hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy asturi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. Oliy ta'lim sohasidagi davlat siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi: - ta'lim va tarbiyaning gumanistik, demokratik mazmunda ekanligi; -universitet ta'limining ustuvorligi; -o'rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta'limdan keyingi ta'limning uzluksizligi, ketma-ketligi; - ta'lim tizimining dunyoviy mazmunda ekanligi; -davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; - ta'lim dasturlarini tanlashga umumiy va tabaqalashgan yondashuv; -bilimdonlik va istedodni rag'batlantirish; -oliy ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'unlash-tirish; -oliy ta'lim, fan va ishlab chiqarish birlashuvini ta'minlash; Talabalarni oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish davlat grantlari va to'lov-kontrakt vositasi bilan abiturientlarning bilim darajasini test va boshqa sinov turlariga binoan aniqlash yo'li orqali amalga oshiriladi; Oliy ta'lim muassasalari-yuridik shaxs, ular oliy ta'lim dasturlarini amalga oshiradilar, amaldagi qonuniy tartibda tashkil etadilar, o'zlarining ustavi va mazkur Nizom asosida faoliyat ko'rsatadilar. Oliy ta'lim muassasasi ustavi mazkur Nizom, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvar 5-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «ta'lim muassasasi ustavini ishlab chiqish tartibi»ga muvofiq, tayyorlanadi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, mahalliy ma'muriy idoralarda ro'yxatga olinadi. Oliy ta'limning maqsadi, vazifalari va tashkil qilinishi Oliy ta'limning maqsadi O'zbekistonning yuksak rivojlangan demokratik mamlakatlar darajasida ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish bilan ta'minlay oladigan, yuksak ma'naviy, madaniy va axloqiy fazilatlarga ega yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar etishtirishdir. Oliy ta'limning asosiy vazifalari quyidagilar: -davlat ta'lim standartlariga muvofiq ilg'or, zamonaviy ta'lim va kasb-hunar asosida yuqori samarali o'qitishni tashkil qilish va malakali kadrlarni etishtirishni ta'minlash; -mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi istiqbollari, jamiyat talablariga binoan fan, texnika, ilg'or texnologiya, iqtisodiyot va madaniyatning zamonaviy yutuqlari asosida kadrlar o'qitishni tashkil qilish va uning uslublarini muntazam takomillashtirish; -yoshlarni milliy tiklanish mafkurasi va umuminsoniy qadriyatlarini bilish asosida, mustaqillik g'oyalari, Vatan, oila, tabiatga mehr va insonparvarlik ruhida tarbiyalash; - ta'lim, fan va ishlab chiqarish birlashuvining amaliy tizimlarini ishlab ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.25 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.25 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:42 ]
Arxiv ichida: doc