Oliy o'quv yurtlarida boshqaruv va ularning strukturasi Reja: Oliy o'quvyurtlari boshqaruvining markaziy, hududiy organlari va ularning vazifalari. Samarqand iqtisodiyot va servis institutining tashkiliy tuzilmasi. Oliy o'quv yurtlarining fakultetlari, kafedralari va ularning vazifalari. 1. Oliy o'quv yurtlari boshqaruvining markaziy, hududiy organlari va ularning vazifalari Oliy o'quv yurtlarining vazifasi xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Oliy o'quv yurtlari katta ikki guruhga bo'linadi: universitetlar va institutlar. Bugungi kunda O'zbekiston oliy maktabi tizimida 84 ta oliy o'quv yurti mavjud. Shulardan 21 tasi universitetlar va 63 tasi esa institutlar hisoblanadi. Ana shu 21ta universitetlarning 12 tasi O'zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi. Bu keltirilgan ma'lumotlardan shu narsani anglash mumkinki, oliy ta'lim tizimida asosiy massani institutlar tashkil etadi. Oliy ta'lim o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanadi, hamda ikki bosqichga ega: bakalavriat va magistratura. Bakalavriatlar-mutaxassisliklar yo'nalishlari bo'yicha fundamental va Amaliy bilim beradigan, ta'lim muddati kamida to'rt yil davom etadigan tayanch oliy ta'limdir. Magistratura-aniq mutaxassislik bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir. Malumki, oliy o'quv yurtlari boshqaruvi murakkab sistemani tashkil etadi. Oliy o'quv yurtlari boshqaruvining bosh organi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi hisoblanadi. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bakalavrlar va magistrlarni tayyorlash ilmiy-pedagogik kadrlarning malakasini oshirish, o'quv jarayonining mazmunini takomillashtirish, moddiy-texnika ta'minotini jahon andozalari darajasiga ko'tarish, tadqiqot ishlarini yuksaltirish bilan bog'liq masalalarni amalga oshirishga rahbarlik qiladi. Shuningdek, bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha o'quv rejalarini, Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqishni tashikil etadi va ularni tasdiqlaydi. Respublikada oliy ta'limni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqib, ularni tasdiqlashni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi Oliy va o'rta masus ta'lim vazirligining eng muhim vazifalaridan biri me'yoriy-texnik hujjatlarni, darslik va o'quv qo'llanmalarini yozishni, nashr etishni tashkil etish hisoblanadi. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi oliy o'quv yurtlariga rahbarlikni to'g'ridan-to'g'ri va viloyat hokimliklaridagi Oli yo'quv yurtlari boshqarmalari orqali amalga oshiradi. Bizda bugungi kunda tarmoq Oliy o'quv yurtlari ham faoliyat yuritmoqda. Bu oliy yurtlari faqat ana shu tarmoq yoki vazirliklar tizimi va faoliyati uchun kadrlar tayyorlab beradi. Masalan, qishloq xo'jaligi institutlari va tibbiyot institutlarini shu guruhga kiritish mumkin. Bu oliy o'quv yurtlari faoliyatini koordinatsiya qilish oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligidan tashqari tarmoq vazirliklari zimmasiga ham yuklatildi. Oliy o'quv yurtining turi, kategoriyasi va mutaxassislar tayyorlash shakliga qarab o'zining strukturasida filiallar, fakultetlari, bo'limlari, kafedralari, o'quv-konsultatsiya punktlari, laboratoriyalari, axborotresurs markazlari, o'quv-ishlab chiqarish va ekspertimental bazalariga, ustaxonalari, kompyuter markazi, bosmaxona, sportsog'lomashtirish lagerlari va boshqa bo'linmalariga ega bo'ladi. (rasm). Oliy o'quv yurtining butun faoliyatiga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
522.49 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
522.49 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:42 ]
Arxiv ichida: doc