Oliy o'quv yurtlarida o'quv jarayonini tashkil etish Reja: Oliy o'quv yurtlarida talabalarni o'qitishning o'ziga xos-xususiyatari. Oliy o'quv yurtlarida o'quv jarayonini tashkil etishda qo'laniladigan me'yoriy hujjatlar va ularning mazmuni. Mutaxassislikning malakaviy tavsifi. Mutaxassis tayyorlashning o'quv rejasi va uning mazmuni. 1. Oliy o'quv yurtlarida talabalar o'qitishning o'ziga xos-xususiyatlari Oliy o'quv yurtlariga kirib o'qish har bir fuqaroning konstitutsion huquqi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi konstituttsiyasining 41-moddasida shunday deyilgan: «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir». Lekin, talaba oliy o'quv yurtiga kirgandan keyin yaxshi o'qish va oliy o'quv yurtining hamma talablariga javob berish uning birdan bir burchi hisoblanadi. Oliy o'quv yurtlarida o'quv yili ikki semestrga bo'linadi va ularning har biri talabalar bilimini reyting nazorati asosida baholash bilan tugallanadi. Oliy o'quv yurtlarida o'quv axborotlari talabalarga intensiv va zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yetkazib beriladi. O'quv rejasida ko'rsatilgan hamma fanlardan talabal ma'ruza, amaliy va laboratoriya darslariga qatnashishi zarur. Agar maktablarda o'quvchilarning bilimini har kuni so'rovlar asosida tekshirilib baholansa, oliy o'quv yurtlarida esa talablalar bilimini nazorat qilish asosan fanning bo'limlarini yoki hamma ma'ruza va laboratoriya-amaliy darslarni tugtgandan keyin o'tkaziladi. Lekin, bundan talabalar kelgusi darslarga tayyorlanishi, o'tgan materiallarni qaytarmaydilar degan fikr paydo bo'lmasligi kerak. Albatta bunday fikr xato hisoblanadi. Bunday holatda talaba semestrning oxirida bir hafta ichida etarli bilimini olib ulgurmaydi. Shu sababli ham reyting nazorati asosida talabalar bilimi baholanadi. Ayniqsa, joriy nazoratlarda laboratoriya amaliy darslarni o'tish jarayonida talabalar bilimi baholanib boriladi. Oliy o'quv yurtlarida talabalar ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyotini ilg'or korxona va tashkilotlarda o'tadilar. Oliy o'quv yurtlarida bilim olish va amaliy ko'nikmalarini shakllantirish talabalarning mustaqil ishlariga ham asoslanadi. Oliy o'quv yurtlarining talabalari kollej, litsey o'quvchilaridan farqli o'laroq ko'proq darajada ilmiy-tadqiqot va jamoatchilik ishlariga jalb etiladi. Oliy o'quv yurtlarida ta'lim olishning o'ziga xos- xususiyatlaridan yana biri bu yerda talabalarga davlat byudjeti yoki kontrakt shartnomasi asosida o'qishidan qatiy nazar stipendiya to'lanadi. Stipendiya miqdori talabaning «O'rta» va «Alo» baholarga o'qishiga qarab belgilanadi. Oliy o'quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash o'qishning kunduzgi va sirtqi o'quv shakllari tarzida olib boriladi. Lekin, asosiy o'quv shakli kunduzgi o'quv shakli hisoblanadi. Kunduzgi o'quv shakli bo'yicha o'qitayotgan talabalarga quyidagi o'quv darslari belgilanadi: ma'ruza, laboratoriya darslari, amaliy darslar, seminar darslari, amaliyot (tanishuv, ishlab chiqarish, bitiruv oldi), kurs ishlari, konsultatsiya, talabalar mustaqil ishi. ma'ruza va laboratoriyaamaliy darslar maxsus jihozlangan auditoriyalarda o'tkaziladi. Bularni auditoriyadarslari deb ataladi. AQSH dorilfununlar, kichik kollejlar, texnik kollejlar, maxsus ixtisoslashtirilgan kollejlar oliy ta'lim tizimini tashkil etadi. AQSHda boshlang'ich o'rta va oliy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.31 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.31 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:42 ]
Arxiv ichida: doc