Oliy о'quv yurtlarida ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarish asoslari Reja: Ta'lim-tarbiya jarayonini loyhalashtirish. Ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarish mexanizmlari. Pedagogik muloqot va pedagogik rahbarlik uslubi. Pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga olib kirish. О'quv-tarbiya jarayonini loyihalash Ta'lim oluvchilarning о'zi OTMdagi О'quv-tarbiya jarayonining asosiy va yakuniy natijasi hisoblanadi: uning shaxsini, qobiliyatini rivojlantirish, vakolatliligini va kasbiy bilim, о'quv va malakalarini ta'minlash. О'quv-tarbiya jarayoni (О'TJ) tashkiliy tomondan ikki asosiy bosqichga bо'linadi: qidiruv tadqiqoti va loyihalash; amalga oshirish va nazorat. Qidiruv tadqiqoti tegishli mutaxassislarga talabni istiqboli, ularga oldindan bо'ladigan malakaviy talabni belgilash, mazkur talablarni raqobatbardoshlik darajasida amalga oshirish imkoniyatlarini о'rganishdan iboratdir. Tegishli mutaxassislarni tayyorlash zarurligi va imkoniyatlari haqidagi vakolatli ijobiy (yoki salbiy) xulosa mazkur tadqiqotlarning natijasi hisoblanadi. О'TJni loyihalash О'TJ meyoriy va о'quv-metodik bazasini tashkil etuvchi о'zaro bog'langan va о'zaro aloqador hujjatlar majmuini ishlab chiqishdan iboratdir. Quyidagilar shularga taalluqli: 1. DTS «Oliy ta'lim yо'nalishlari va ixtisosliklari klassifikatori». Mazkur meyoriy huquqiy hujjatda tayyorlovning yangi yо'nalishi (yoki ixtisosligi) belgilangan tartibda beriladi. Agar tayyorlov yо'nalishi (yoki ixtisosligi) klassifikatorda kо'zda tutilgan bо'lsa, unda darxol keyingi hujjatni ishlab chiqishga kirishiladi. 2. DTS «Majburiy minimum mazmuniga va yо'nalishlar bо'yicha bakalavr (yoki ixtisoslik bо'yicha magistr) tayyorlash darajasiga bо'lgan talablar». Mutaxassisga nisbatan oldinda borayotgan rejalashtirilgan malakaviy talablarni fan, texnika va texnologiya, iqtisod, ta'lim va madaniyat zamonaviy yutuqlarini, shuningdek mamlakat va chet el tajribasini hisobga olgan xolda ta'minlash uchun muqobil ta'limiy-kasbiy programma ishlab chiqiladi. Bu - о'quv fanlarining tizimli majmui bо'lib, mazmunining kо'p mehnat talabliligi va minimumiga tegishli hisoblanadi va tayyorlov yо'nalishi yoki ixtisoslikning «yuzini belgilaydi». Muqobil ta'limiy-kasbiy programma malakaviy talablar bilan qо'shilib kо'rib chiqilayotgan meyoriy-huquqiy hujjat - DTSni tashkil etadi. 3. Namunaviy о'quv rejasi. Bu DTSga muvofiq ishlab chiqiladigan о'quv-tarbiya jarayonining cheklovi va quyidagilarni belgilaydi: о'quv jarayonining jadvali; mutaxassis kо'p о'lchamli modelini tuzishni ta'minlovni fanlararo aloqani xisobga olgan xolda semestr va kurslar bо'yicha DTSda kо'zda tutilgan о'quv fanlarining tizimli joylashuvi; auditoriya mashg'ulotlari bо'yicha har bir о'quv fanining, shuningdek talaba mustaqil ta'limi va mustaqil ishi sermehnatliligini taqsimlash; har bir fan bо'yicha xaftalik auditoriya yuklamasi; institusional о'ziga xosliklar, talaba bilimini nazorat qilish va baholash, mustaqil ta'lim olishini tashkil etishni xisobga olgan xolda ishchi о'quv rejasini ishlab chiqish bо'yicha tavsiyalar. 4. О'quv fanlari namunaviy programmalari. Mazkur о'quv metodika hujjatlari DTS (davlat komponenti)da kо'zda tutilgan har bir muayyan о'quv fanlari bо'yicha mutaxassisga bо'lgan talab va mazmun minimumiga muvofiq shuningdek fan, texnika va texnologiya, iqtisodiyot, ta'lim va madaniyat zamonaviy jaxon yutuqlarini xisobga olgan xolda ishlab chiqiladi. О'quv fanlari ishchi dasturini ishlab chiqishda milliy an'analar va ilmiy pedagogik madaniyat, OTMning atrof ijtimoiy, madaniy va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.47 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.47 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:42 ]
Arxiv ichida: doc