Oliy ta'lim iqtisodiyoti Reja: 1. Oliy ta'lim muassalarining o'zaro hamkorligi, iqtisoldiyt va jamiyat O'zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lidagi say-harakati davlat va jamiyatning barcha sohalaridagi, shu jumladan, ta'lim tizimidagi faoliyatidagi chuqur islohotlar bilan bog'liq. Oliy maktabni qayta tuzishning samaradorligi OTMlarning ahamiyati faqat ajdodlarning yanada rivojlanishi uchun nuqta zamin hozirlovchi muassa sifatida tan olinishi bilangina emas, balki ular samarali faoliyat ko'rsatish uchun zarur resurslarni bunyod etish bilan ham belgilanadi. Oliy ta'lim muassalarining tashkiliy-boshqaruv asoslarini o'zgartirish oliy maktab iqtisodini qayta qurish bilan yonma-yon ketmoqda. Moliya-kredit vositasi amal qilinishining o'ziga xos tamonlarini tadqiq etish oliy ta'lim muassalari iqtisodini tashkil etish sifatini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu Respublikani oliy ma'lumotli mutaxassislar bilan amalda tamin etishlik moliyalashtirish hajmiga bog'liq bo'lib, birinchidan, davlat iqtisodining ahvoli, ikkinchidan, ta'lim siyosati bilan belgilanadi. Oliy maktab - rivojlantiriluvchi va o'z-o'zini rivojlantiruvchi tizim. U yangi avlodda insoniyat rivoji barcha bosqichlarida to'plangan tajribani mustahkamlash va madaniyat, fan-texnikani, umuman, jamiyatni yanada rivojlantirish uchun davat etilgan. U o'ziga xos qonuniyatlarga muvofiq faoliyat yuritada va bevosita ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy sharoitlar ta'siri ostida rivojlanadi. Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida oliy ta'limni mablag' bilan ta'minlashni tubdan yaxshilashga yo'naltirilgan maxsus tadbirlar amalga oshirilmoqda, bulan quyidagilarni o'z ichiga oladi: ta'lim va mutaxassis xodimlar tayyorlash sohasiga yo'naltirilgan YaIM ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish; mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini moliyalashtirishning turli xil (byudjetdan va byudjetdan tashqari manbalardan) ta'minlash usulini joriy etish; ta'lim mutaxassislarining o'z-o'zini mablag' bilan ta'minlashni rivojlantirish; xususiy shaxslar, shuningdek, chet el investitsiyasini ta'lim sohasiga jalb etishni rag'batlantirish; Respublika fuqarolariga ta'lim kreditlari berish va uni keyinchalik oqilona qoplash usulini takomillashtirish; uzluksiz ta'lim va xodimlar tayyorlash tizimini moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlashda xodimlar va ixtiyoriylik ahamiyatini yanada kuchaytirish; ta'lim muassalarining daromadini faoliyatning tadbirkorlik, maslahatchilik, ekspertiza, noshirlik, ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va boshqa haq to'lov asosidagi turlari hisobiga daromadini oshirishni tamindash. Oliy ta'lim, shu jumladan, uning moliyaviy-iqtisodiy ta'minoti sohasidagi islohotlar OTMlarning ilmiy va iqtisodiy mustaqilligi tamoyillariga asoslanadi. Ilmiy mustaqillik deganda OTMning ilmiy tadqiqot yo'nalishi, mavzuini, buyurtmachini, shuningdek ish olib borish shakl va usullarini tashlash tushuniladi. OTMning o'z faoliyati natijasida ishlab chiqargan mahsulot mavjudligini tan olinishi iqtisodiy mustaqillik asosi hisoblanadi. Iqtisodiy mustaqillik deganda, bir tomondan, oliy ta'lim muassasining o'z faoliyat natijalari uchun to'liq iqtisodiy javobgarlik ham anglashiladi. Oliy maktab iqtisodi, bu - milliy tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishning bir qismi, uning faoliyat ko'rsatishi faoliyatning mana shu sohasidagi moliyaviy, moddiy va mehnat munosabatlarini tashkil etishning o'ziga xosligiga asoslanadi. Ustavga muvofiq ta'lim faoliyatini ta'minlash maqsadalrida tasischi ta'lim muassasiga mulk (yer, bino, inshoot, jihoz, uskuna, shuningdek boshqa istemol, ijtimoiy, madaniy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.84 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.84 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:42 ]
Arxiv ichida: doc