Reja: 1. Pеdagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarini tizimli rivojlantirish. 2. Ilg'or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali profеssional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko'tarish. 3. Rеspublikada faoliyat yuritayotgan oliy ta'lim muassasalari, ularga bеrilayotgan imkoniyatlar, ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlik. Mavzu: Oliy ta'lim islohotlari:Muammolar,Yechimlar, Yutuqlar 1. Pеdagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarini tizimli rivojlantirish. Jamiyat taraqqiyoti amalga oshirilayotgan islohotlarning ko'lami va mantig'iga bog'liq. Qaysi soha e'tiborga muhtojligini ilg'ab, chuqur va har tomonlama o'ylanib amalga oshirilgan islohotlargina xalqning mushkulini oson, og'irini yengil, turmushini farovon qiladi, muammolariga yechim topib beradi. Bajarilayotgan ishlar zamirida bugungi muammolarni yechish bilan birga uzoq kelajak ham ko'zlangan bo'lishi lozim. Achchiq bo'lsa ham tan olish kerak, mamlakatimizda jamiyatning rivojlanish tendensiyalari, aholining demografik o'sishi, salmoqli qatlam bo'lgan yoshlarning intilishi, global texnologik jarayonlarni hisobga olmagan holda ta'lim tizimida o'tkazilgan islohotlar kutilgan samarani bermadi. Uning asnosida muammolar ko'paysa ko'paydiki, kamaymadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar, birinchi navbatda, demografik jarayonlar va urbanizatsiyani, bashariyat tafakkuri hamda xalqimizning o'sayotgan siyosiy dunyoqarashi, ongi va madaniyati, umumxalq manfaati chuqur o'ylangan holda amalga oshirilmoqda. Bu yil mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik sanasini nishonlaymiz. Tarix uchun o'ttiz yil arzimas, albatta, lekin bu jamiyat taraqqiyoti uchun ancha salmoqli muddat hisoblanadi. Shu yillar davomida nimalarga erishdik, qanday yutuqlarni qo'lga kiritdik, degan savollar hammani qiziqtiradi. Jamiyat taraqqiyoti hamma vaqt ham bir tekisda rivojlanmaydi, chunki u o'z yo'lida qarama-qarshiliklarga, ziddiyatlarga boy bo'ladi, lekin ana shu ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni mustahkam iroda va matonat bilan yengib, o'zining taraqqiyot yo'lini to'g'ri tanlab olishda mamlakat yetakchilarining roli va o'rni katta bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi O'zbekiston gazetasi bosh muharriri savollariga bergan javobida ta'kidlaganidek, Mustaqil taraqqiyot borasida erishgan ulkan yutuqlar bilan birga, yo'limiz ayrim xato va kamchiliklardan ham xoli bo'lmaganini ochiq aytish lozim. Mustabid tuzumdan voz kechib, demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan jarayonlar, murakkab va tahlikali davrning o'zi turli muammo va vazifalarni oldimizga ko'ndalang qo'ydi. Ularni muvaffaqiyatli hal etish uchun bilim va tajribamiz, iroda va qat'iyatimiz ba'zan yetsa, ba'zida yetmagan holatlar ham bo'ldi. Agar yetakchi burilish pallasini his qila olmasa, jamiyat turg'unlikda qolib ketadi. Shuning uchun ham tarixchilar shaxsning tarixdagi rolini alohida e'tirof etib, uni alohida ilmiy mavzu sifatida o'rganadi. Shu ma'noda xalqimiz yetakchi masalasida shukrona aytib kelmoqda. Har qanday yutuqning garovi - bu tinchlikdir. Shunday ekan, jamiyatimizning barqaror rivojlanishida millat yetakchisining xizmatlari katta, buni xalqimiz qadrlaydi. 2. Ilg'or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali profеssional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko'tarish. Shavkat Mirziyoyevning Prezidentlik ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
378.11 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:42
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
378.11 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:42 ]
Arxiv ichida: pptx