huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma'lumotlardan xabardor bo'lishdangina iborat emas. U - qonunlarga amal qilish va ularga bo'ysunish madaniyati demakdir. Islom Karimov Demokratik huquqiy davlatni barpo qilish, rivojlantirish, adolatli fuqorolik jamiyatini shakllantirish, fuqorolarning huquqiy ongi va madaniyatini o'stirish, Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta'minlash zamon talabidir. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yilda qabul qilingan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvarda qabul qilgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni tashkil etish to'g'risidagi farmoyishining ahamiyati nechog'li yuksak ekanini etirof etish o'rinlidir Davlat test markazi tomonidan mamlakat oliy ta'lim muassasalarida huquqiy ta'limni o'rganish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, to'plangan materiallar va tahlil asosida quyidagilarni qayd etish mumkin: - o'tgan davr mobaynida mamlakatimizda oliy yuridik ta'lim tizimi shakllantirildi. - bu tizim tarkibida Toshkent Davlat yuridik Universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetining xalqaro huquq fakulteti, Qoraqalpog'iston Davlat Universitetining Huquqshunoslik fakulteti kabi oliy ta'lim muassasalari va fakultetlar mavjud. - mamlakatimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarida yuridik fanlar o'qitilmoqda. Demak, mamlakatimizdagi oliy ta'limda yuridik fanlarni o'qitish ikki tizimda, yani professional huquqshunoslarni tayyorlovchi yuridik oliy o'quv yurtlarida hamda noyuridik oliy o'quv yurtlarida olib borilmoqda: - mazkur huquqiy ta'lim tizimi tegishli me'yoriy-huquqiy, o'quv-uslubiy, moddiy-texnik hamda axborot bazasi yaratildi. Va shu asosda ilmiy tadqiqotlar jarayoni rivojlandi va ilmiy-pedagog kadrlar ta'minoti yo'lga qo'yildi. Davlat test markazi tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetining talabalaridan ayrimmutaxassislik fanlararidan o'tkazilgan test sinovlari natijalarida o'zlashtirish 68,2 %ni tashkil etganligi, professor-o'qituvchilarning ingliz tilini bilish darajasi pastligi (17,4 %), axborot kommunikatsion texnologiyalardan 25 % professor-o'qituvchilarning etarli darajada ko'nikmaga ega emasligi bir tomondan ularni internetdan keng foydalanishini cheklasa, ikkinchi tomondan chet tilini etarli darajada bilmasligi jahonning taraqqiy etgan davlatlarida huquqiy yo'nalishda olib borilayotgan ishlar bilan keng tanishish imkoniyatini cheklaydi. Bu esa ushbu yo'nalishda olib borilayotgan ishlarni jiddiy takomillashtirishni taqozo etadi. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi jarayonlar, xususan yangi axborot texnologiyalari va axborot makoni, integratsiya va globallashuv jarayonlarning jadallashuvi, mamalakatda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari huquqiy ta'limni yanada takomillashtirishni talab etmoqda. MAZKUR MASALA BO'YIChA TAKLIFLAR: ‑ huquqiy fanlarni o'qitishda yangi sifat darajasiga erishish; ‑ talabalarda mamlakat huquqiy tizimidagi amaliy muammolarning yechimini topish borasida bilim va ko'nikmalarini yuqori darajada shakllantirishga erishish; - professor-o'qituvchilarni chet tilini etarli darajada bilish, axborot-kommunikatsiya vositalaridan yuqori darajada foydalana olishiga erishish; ‑ huquqiy ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan yanada samarali foydalanishni yo'lga qo'yish; huquqiy adabiyotlarning yangi avlodlarini, elektron va multimedia darsliklarini tayyorlash bo'yicha yuridik oliy o'quv yurtlari faoliyatini kuchaytirish; mamlakatdagi yuridik adabiyotlarga ixtisoslashgan nashriyotlarda huquqiy adabiyotlarni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
9.35 MB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:42
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
9.35 MB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:42 ]
Arxiv ichida: ppt