Oliy ta'lim tizimida marketing

Oliy ta'lim tizimida marketing

O'quvchilarga / Pedagogika
Oliy ta'lim tizimida marketing - rasmi

Material tavsifi

Oliy ta'lim tizimida marketing Reja : Marketing sohasi istiqboli. Oliy ta'lim tizimida tadbirkorlikni tashkil etish. Marketing sohasi istiqboli Marketing - byudjetdan tashqari mablag'larni jalb qilish bо'yicha faoliyatning eng muhim yо'nalishlaridan biri. Marketingda ham boshqa amaliy fanlardan va iqtisodiy faoliyat sohasidagi kabi mufassallik aniq dalillar, katta ahamiyat kasb etadi. Bular kо'pincha xal qiluvchi omilga aylanadi, lekin odatdagi tushunchaga kо'ra ular «ortiqcha» hisoblanadi. Marketing, bu bozor faoliyati falsafasi va shu bilan bir vaqtda harakat uchun amal qilinadigan qо'llanma. Bozorga oid va boshqa muammolarni yechish uchun katta imkoniyatlar yaratib, marketing о'zidan tо'liq va tо'g'ri foydalanish uchun katta tayyorgarlik ijodiy yondashishni talab qiladi. «Marketing» tushunchasi shakl va usullar keng kо'lamini qamrab oladi. Bular odamlar, tashkilotlar, umuman jamiyatning muntazam о'zgarib turadigan extiyojlarini almashlash asosida ta'minlaydi. Marketing quyidagilarni qamrab oladi: bozor munosabatlariga aloqador inson faoliyatining mohiyati, tamoyillari, usullari va funksiyasi; marketing faoliyatining strategiya va taktikasi; rejalashtirish-marketing rejasi va uning turi, marketingdagi dastur-maqsadli usullar; tovar-tovar tushunchasi, tovar turlari, tovarning mavjudlik davri, sifat, raqobatbardoshlik tovar siyosati, tovar turini boshqarish, servis; tovar harakati va uni sotish-tovar harakati tizimining unsurlari, tovar harakatlanish yо'nalishlari, tovar harakatini boshqarish, tovar sotishni tashkil etish; narx va narx hosil bо'lishi - marketing faoliyatida narx, narx oshish usullari, narx hosil bо'lish masalalari, narx siyosati; talabning shakllanishi va sotuvni rag'batlantirish, reklama va uning vazifasi, reklama turi, kо'rgazma va auksion, reklama tadbirlarini rejalashtirish, reklama byujeti; informatsiya ta'minoti, xizmat turlari bо'yicha bozor ayrim segmentlari doirasida mujassam tadqiqot, yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar, bozorni tahlil qilish va istiqboli; Marketing faoliyatini tashkil qilish-tashkil qilish tamoyillari, tashkiliy tuzilmalar; marketing boshqaruvi va nazorati, boshqaruv va nazorat turi, vaziyatli tahlil, marketing taftishi va x.k. Marketing tizimida istiqboli-bozorni atroflicha о'rganishning asosiy va yakuniy bosqichi. Uning asosiy natijalariga iqtisodiy programma asoslanadi. Respublikada kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy о'zgarishlar sharoitida, mehnat bozorining shakllanishida mutaxassislar tayyorlash, ishga joylash va bandligi jarayonini davlat boshqaruvi vositalari ayniqsa ahamiyatli bо'lib qoladi. Mazkur muammolarni muttaxassislarga talabni istiqboli tizimini tuzish, ishlab chiqarish talabini hisobga olib, «Buyurtmalar portfeli»ning shakllanganligi, bu talabning talabalarni oliy ta'lim muassasalari, mintaqalar, kasblar bо'yicha qabul miqdori bilan mutanosibligi, davlatning iqtisodiyotni boshqarish tizimiga uyg'unlashgan marketing xizmati ishini jonlashtirish, iqtisod turli tarmog'i bо'yicha oliy va о'rta maxsus ma'lumotli mutaxassislar tayyor xolida asosiy nisbatlarni ishlab chiqish xal etadi. Istiqboli tizimi iqtisodning turli tarmoqlari bо'yicha mavjud axvol va rivojlanish istiqboli asosida mutaxassislarga bо'lgan talabni aniqlaydi va shakllantiradi. Uning vazifasi ma'lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash va shu asosda ta'lim faoliyati bо'yicha boshqaruv qarorlarini asoslash hamda uning keyingi rivojlanishini istiqboli. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh mutaxassislarning mehnat layoqatini ta'minlash ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.5 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.5 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga