Oliy ta'lim tizimini moliyalashtirish

Oliy ta'lim tizimini moliyalashtirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Oliy ta'lim tizimini moliyalashtirish - rasmi

Material tavsifi

Oliy ta'lim tizimini moliyalashtirish Reja: Oliy ta'lim muassasalari byudjetdan tashqari mablag'larining shakllanishi. Oliy ta'lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag'i. Oliy ta'lim muassasasining byudjetdan tashqari faoliyatini boshqarish. Oliy ta'lim tizimini moliyalash Oliy ta'lim muassasalarining moliya resurslari ikkita manbadan hosil bо'ladi: davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag'. Byudjet xarajatlarini hisoblashda talaba (о'quvchi)lar qabul qilish fani; talaba (о'quvchi)lar miqdori; ta'lim muassasi moddiy-texnikaviy negizining xajmi asos qilib olinadi. Professor-о'qituvchilar tarkibi va tegishli maosh fondini belgilash uchun bitta о'qituvchiga belgilangan talaba soni kо'rsatkich sifatida foydalaniladi. Byudjet mablag'idan foydalanish ustidan nazorat xarajatlar moddasi guruhlari bо'yicha mablag' ajratish yо'li bilan amalga oshiriladi. Davlat byudjeti mablag'i hisobidan moliyalashtiriladigan». Tarmoqlarda iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish, moliyalash mexanizmini takomillashtirish, byudjet mablag'laridan samarali va о'z о'rnida foydalanish uchun О'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Byudjet tashkilotlarini moliyalash tartibini takomillashtirish tо'g'risida» (199 yil, 414-raqamli) qaror qabul qildi. Unda quyidagilarni kо'zda tutuvchi yangi tartib belgilandi: byudjet tashkilotlari raxbarlarining byudjet mablag'laridan tejab, samarali va о'z о'rnida foydalanish, byudjet intizomini mustahkamlash bо'yicha mustaqilligini kengaytirish va mas'uliyatini oshirish; mavjud mablag'larni ulardan foydalanish samaradorligini yuqori darajada oshirishga erishish maqsadida turlicha qо'llash uchun imkoniyat yaratish va byudjet tashkilotlarini moliyalash mexanizmini soddalashtirish; meyorlar bо'yicha birvarakay moliyalash usuli bilan byudjet tashkilotlarni moliyalashning yangi tartibini joriy etish; byudjetdan moliyalashni ta'lim muassasasi soxasiga mos tovarlar ishlab chiqarish (ish, xizmatlar bajarish) bilan qо'shib olib berish; ta'lim muassasasi xodimlari mehnatini rag'batlantirish, ular faoliyati natijalarini oshirish va mutaxassislarni joylashtirish uchun sharoit yaratish; rejaviy byudjetdan moliyalash xisobidan tushgan va hisobot yili oxirida byudjet tashkilot xisobraqamlarida qolgan, tejalgan (foydalanilmagan) mablag'; ta'lim muassasasi faoliyat soxasi bо'yicha tovarlar sotish (ish, xizmatlar bajarish), ishlab chiqarishdan keladigan daromadlar; yuridik va jismoniy shaxslar kо'rsatadigan xomiylik yordami. OTMlar faoliyatini tartibga solish, xususan, ular tashkiliy tuzilmasini, moliyalashni takomillashtirishning muhim shartidir. Bu shuni kо'rsatadiki, oliy ta'lim muassasalarda namunaviy lavozimlar faoliyat kо'rsatadi, oliy ta'lim muassasalarning о'zida va ular qoshidagi yotoqxonalardagi ma'muriy-boshqaruv xodimlari lavozimiga meyorlar joriy etilgan. Oliy ta'lim muassasalari lavozim birliklarida ozod qilingan dekan va dekan о'rinbosarlari birligi ajratilgan, ular lavozim maoshi belgilangan bо'lib, bular byudjetdan ta'minlanadi. Oliy ta'lim vazirligida marketing xizmati bо'linmasi tashkil etilgan, barcha oliy ta'lim muassasalarida esa marketing xizmati qismlari ishlab turibdi, ularni ham byudjet mablag'i xisobidan moliyalash ta'minlangan. Respublikada iqtisodiy isloxotlar о'tkazish davrida ta'limni moliyaviy sog'lomlashtirishning strategik yо'nalishi bо'lib, byudjetdan tashqari mablag'ni jalb etish xisobiga moliyalashning yangi manbaidan foydalanish xisoblanadi. Bu chora oliy ta'limni jahon miqyosida rivojlantirishning obyektiv qonuniyati xisoblanadi, о'tish davridagi shart-sharoit taqazosiga kо'ra faqat О'zbekistondagi zarurat emas. Oliy ta'lim muassasalariga, ularga davlat tomonidan berib qо'yilgan mulkdan foydalanish huquqi ta'sirchan yо'llardan biridir. Bu ularning berilgan mulkdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.95 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.95 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga