Oliy ta'limda pedagogik amaliyot darslarini tashkillashtirish va uning ahamiyati

Oliy ta'limda pedagogik amaliyot darslarini tashkillashtirish va uning ahamiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Oliy ta'limda pedagogik amaliyot darslarini tashkillashtirish va uning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Oliy ta'limda pedagogik amaliyot darslarini tashkillashtirish va uning ahamiyati Mashg'ulot shakli*Trening-mashg'ulot Oliy ta'limda pedagogik amaliyot darslarini tashkillashtirish va uning ahamiyati Mashg'ulot shakli*Trening-mashg'ulot 1.Pedagogik-psixologik amaliyot mazmuni 2. Pedagogik faoliyat aspektlari 3.Pedagogik amaliyot darslarini tashkil etishda foydalanish uchun amaliy mashg'ulotlar namunasi* Mashg'ulot maqsadi* Tinglovchilarga yangi mavzuni noan'anaviy shaklda, interfaol usullar orqali yetkazish. Mashg'ulot vazifalari* Trening dars shakli namoyon etiladi, interfaol usullardan foydalanish imkoniyatlari va yo'l-yo'riqlari namoyon etiladi. Mashg'ulotda qo'llaniladigan interfaol usullar*input, aqliy xujum, muammoli vaziyat, guruhlarda ishlash, slaydlar, prezentatsiya… 1.Pedagogik-psixologik amaliyot mazmuni Kirish*Input…….(moderator tomonidan axborotni qisqacha bayon etish. Inglizcha.) 10-15-minut Pedagogik - psixologik amaliyot oliy maktablarda Davlat ta'lim standartlari talablari asosida oliy kasbiy ta'lim mutaxassislarini tayyorlashda boshqa o'quv fanlari qatori o'rganiladi. Bu fan bo'lg'usi kasb egalarini (o'qituvchilarni) pedagogik faoliyatning asoslarini egallab olishlarida yordam beradi. Shuning uchun pedagogik-psixologik amaliyotni pedagogika va psixologiya kursining nazariy qismiga qo'shimcha sifatida qaralmasdan, balki, uning asosi deb qaralishi kerak. Pedagogik - psixologik amaliyot bir butun nazariy kalit sifatida kasbiy faoliyatning ijodiy jarayonini aks ettiradi. Pedagogik-psixologik amaliyot darslarida talabalar uchun o'ziga xos mikromuammoli vaziyatni vujudga keltirib topshiriqlarning katta qismi kasbiy faoliyatning turli aspektlariga bo'lgan munosabatlarini tahlil qilishga qaratilgandir. Bu vazifalar talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilib, shaxsning ijodiy potentsialini oshirish pedagogik- psixologik shartlarning asosi hisoblanadi. Oliy ta'limda pedagogik amaliyot vazifalari: talabalarni individual - ijodiy qobiliyatlarini amaliyotda rivojlantirish* kasbiy ta'limni tashkil etish* tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash. Bu vazifalarni hal etishda pedagogik amaliyot darslari, ularni tashkillashtirish, noan'anaviylik, muammoli vaziyatlar va ularni yechish orqali talabalarda shakllanadigan bilim, ko'nikma va malakalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bo'lajak o'qituvchi pedagogik faoliyatni egallashi uchun, amaliy ko'nikma va malakalarni, trening va baholash mezonlarini, psixodiagnostika metodlarini, o'z - o'zini baholash usullarini, pedagogik texnikani rivojlantirish usullarini yaxshi o'zlashtirgan bo'lishlari kerak. Shu maqsaddan kelib chiqib, pedagogik amaliyot darslarining asosiy xususiyati shundaki, har bir taklif etilayotgan mashg'ulot guruh bo'lib ishlashni nazarda tutadi va talabalarning ijodiy - refleksiv qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratiladi. Bu ta'lim olayotgan talabalarga farazlarni (gipotezalarni) qura olish, asoslay olish, turli pedagogik vaziyatlardan chiqib ketish yo'llarini izlash, pedagogik jarayonga tez moslashib keta olishga va bu jarayonlarda o'zaro ta'sir etish orqali ko'zda tutilgan natijalarga erishish ko'nikma va malakalarni egallashlariga yordam beradi. Talabalarni pedagogik - psixologik tayyorgarligining zamonaviy tizimi komponentlari* Amaliyot jarayoni jihatlari talabada pedagogik -psixologik faoliyatning u yoki bu metodlarini rivojlantirishni nazarda tutibgina qolmay, balki boshqa komponentlarini ham tahlil qila olishga o'rgatadi. Talabalar o'z fikrlarini shakllantira olishlari, jamlay olishlari, tushunarli yoki tushunarli bo'lmagan vaziyatlarni aytib bera olishlarini, bahs - munozarada muammoli vaziyatlarni hal etishdagi javoblarning turli variantlarini bildirish, bahslashish, tanqid qilish, xato qilish va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 527.86 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 527.86 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga