O'lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar dars ishlanma

O'lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar dars ishlanma

O'quvchilarga / Pedagogika
O'lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

1 TABIAT FANIDAN OCHIQ DARS ISHLANMASI «O'lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar» MAVZU: Darsning maqsadlari: O'quvchilarga mavzu borasida keng qamrovli bilim berish. Uy hayvonlarini boqishdan maqsad, ularning oziq-ovqat va yengil sanoatdagi ahamiyatiga doir ma'lumotlar, shuningdek, chorvachilikka doir atamalar bilan tanishtirish. Uy va yovvoyi hayvonlarning farqli tomonlarini misollar orqali tushuntirish Tarbiyaviy maqsad: Hayvonlarni muhofaza qilish orqali jonli tabiatga, hayvonot olamiga mehr-muhabbatini shakllantirish. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarni dunyoqarashini, faolligini, mustaqil fikrlashni, o'z fikrini aniq va lo'nda bayon etish qobilyatini hamda og'zaki nutqini rivojlantirish. Darsning turi: Yangi bilim beruvchi Darsning metodi: Suhbat, tushtirish, ko'rgazmalilik, Aqliy hujum, Klaster, Insert, test, o'yinlar. Darsning boshqa fanlar bilan bog'liqligi: Matematika, o'qish, jismoniy tarbiya, musqa. Darsda o'quvchi bilishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar: - uy va yovvoyi hayvonlar, ularning oziqlanishi, boqilishi va ularni farqlay bilish; - inson va va tabiat orasidagi munosabatni, tabiatni asrashni muhimligini tavsiflay olish; - tabiatni muntazam kuzatish va natijalarini Kundalik kuzatish daftari ga qayd qilish. Darsning jihozlari: Mavzuga oid rasmalr, turli parranda, qushlar va hayvonlarning tarqatma shablonlari, kartochkalar, darslik. Texnik vositalar: Televizor, DVD, proyektor, ekran, disklar. Darsning borishi: Darsni tashkil etish va o'quvchilarni darsga hozirlash. - salomlashish; - davomatni aniqlash; - navbatchi axborotni tinglash; - diqqat mashqi (bosh harakati bilan eshik, deraza, shift, pol so'zlari uch marta takrorlanadi, mashq so'ngida doska so'zi aytilib, o'quvchilar diqqati jamlanadi). Avvalgi darslarda o'quvchilar bilan birgalikda amal qilinishi lozim bo'lgan oltin qoidalar va do'stona kelishuv, ularga rioya qilish haqida yana bir bor eslatiladi. Dars davomida Do'stona kelishuv qoidalariga rioya qilmagan o'quvchiga jarima kartochkasi berilishi eslatib o'tiladi. Darsni yaxshi va a'loga o'zlashtirganlarga dars so'ngida rag'batlantirish maqsadida Bugungi darsning eng faol o'quvchisi, Bugungi darsning eng tirishqoq o'quvchisi nominatsiyalari tashkil qilinadi. O'tilgan mavzuni mustahkamlash, uyga berilgan vazifani tekshirish. O'qituvchi: Bolalar o'tgan darsimizni eslab olsak. Keling, buning uchun musiqa sadolari ostida birgalikda ushbu harakatlarni bajaramiz (o'qituvchi uchayotgan qushning qanotlari kabi qo'llarni keng yozib harakatlantiradi.) Bahorda o'lkamizda qushlarning qaytib kelishi mavzusi bo'yicha o'quvchilar egallagan bilimlari test usuli orqali tekshiriladi. Test savollari 1. Qushlan nima bilan oziqlanadi? a) O't b) Hashoratlar d) Don-dun 2. Bahorda birinchi bo'lib qaysi qush uchib keladi? a) Chumchuq b) Burgut d) Qaldirg'och 3. Qaysi qushning ovozi yoqimli? a) Qarg'a b) Kaptar d) Bulbul 4. Qaysi qushni Tinchlik ramzi deymiz? a) Kaptar b) Laylak d) Turna Testlar o'zaro almashtirish orqali tekshiriladi. Ko'p xato qilganlar Bilmasvoyni kim yengadi? ko'rgazmasidagi savollarga javob beradilar. Shu tariqa o'quvchilar bilimi baholanadi. Ko'rgazmadagi savollar: 1. Qushlar insonning… 2. Nima uchun qushlarni qanotli do'stlarimiz deb ataymiz? 3. Bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 971.5 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:29 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 971.5 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga