Un ichidagi sonlarni nomerlashga o'rgatish uslubiyati Reja: 1. Sonlarni nomerlashga o'rgatishning tayyorgarlik bosqichi. 2. Son bilan tanishtirish uslubiyati. Tayanch iboralar: son, sanoq, tartib son, narsalar soni, miqdori, nechta, kam, ortik, oz, ko'p, teng, shuncha, ushancha, baland, past, kalinligi, uzunligi, rakam, sonni hosil bo'lishi, tartibi, tarkibi, sonni yozilishi. Bolalarni 10 ichida sanash ko'nikmalarini uzlashtirishlari, tartib va sanoq sonlarning birliklaridan iborat tarkibi, sonning ikkita kichik sondan iborat tarkibi, kushni sonlar orasidagi munosabatlarni tushunish, to'g'ri va teskari sanoq tushunchalari bolalar bog'chalari va maktablarning boshlang'ich sinflar dasturida ko'rsatilgan. Shu sababli o'qituvchining birinchi navbatdagi vazifasi birinchi sinfga kelgan bolalarning matematik tayyorgarlik darajalarini aniklashdan iborat. Bunday tekshirishni mashg'ulotlar boshlanguncha qadar bolalarni maktabga kabul qilish vaqtida yo o'qishning birinchi xaftasi davomida amalga oshirish mumkin. Bolalar bilimini, ko'nikma va ko'nikmalarini aniqlash va tekshirishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin: Siz sanay olasizmi? Sanangchi? Malumki bolalar bog'chalari dasturiga binoan bolalar 10 gacha sanay olishlari kerak. Birinchi sinfga kelgan kupchilik bolalar 10 gacha, ayrimlari 10 dan yuqori xam sanay oladilar. Bular xali bolalar ongli ravishda sanaydilar deyishga asos bula olmaydi. sanoqning onglilik darajasini tekshirish uchun quyidagi savollardan foydalaniladi. 2. Bu olmalarni, noklarni, sabzilarni sanang. Bunda doirachalar kancha? (6-8 ta). o'quvchining to'g'ri javobi taxminan bunday bo'ladi. Bir, ikki, uch, turt, besh, olti. Xammasi 6 ta olma. Bu o'quvchi oxirgi aytilmagan sonni umumiy miqdor bilan to'g'ri mos keltiradi va o'quvchi tushunib sanaydi. Agar bola oxirgi aytilgan sonni umumiy miqdor bilan to'g'ri mos keltira olmasa, u holda bola sanay olmaydi. Bunday holda «Bundagi olmalar soni kancha?» degan savolga javob berishda bola xamma predmetlarni sanashda boshqa xatolarga yul kuyishlari xam mumkin. Masalan: sanalayotgan narsalardan bittasini sanamay o'tkazib yuboradilar yo uni ikki marta sanaydilar. 3. Stolda nechta kalam yotgan bulsa, ung kulingga shuncha kalam ol (4-5 dona). 4. Bilginchi kaysi o'yinchoqlar ko'p: koptoklarnmi, kugirchoklarnmi? Bu ikkala savol predmetlarning ikkita to'plamini ularni tashkil etuvchi elementlar soni bo'yicha taqqoslashga doir amaliy malakalarini tekshirishga yo'naltirilgan. Ikki to'plamni taqqoslashni bolalar xar bir to'plam elementini ikkinchi to'plam elementiga mos keltirish (ustiga kuyish, yoniga kuyish) yo'li bilan amalga oshirish mumkin. Masalan: xar bir katta kubik ustiga bittadan kichik kubikni kuyish bilan. 6. Rasmga kara: masalan, «Sholgom ertagiga ishlangan rasmga kara va kuchukcha oldida, mushukchadan keyin nevara bilan mushuk orasida nimalar turganini ayt. Bu mashqning asosiy vazifasi - bolalarning «…dan keyin», «oldida turish», orasida orqasida, birinchi, ikkinchi tartib munosabatlari haqidagi tasavvurni aniklashdan iborat. Shu bilan birga predmetlarning xar biri, xammasi, birori, bir kanchasi, bir xil va har xil miqdorlar, miqdorlarning kolganlari chapda, ungda, o'rtasida, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.85 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.85 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:29 ]
Arxiv ichida: doc