Ona tili - maxsus muassasalarda o'quv predmeti sifatida Reja Maxsus muassasalarning o'quv rejalarida ona tili darslarining egallagan o'rni. Maxsus muassasalarda ona tili darslarining korreksion ahamiyati Maxsus muassasalarda ona tili darslari amaliy xarakterga ega Maxsus muassasalarda ona tilini o'qitish bosqichlari Yordamchi maktab va ogir nutqiy nuqsonli bolalar maktabining o'quv rejasida eng ko'p soat ona tili darslariga ajratilgan. Ona tili darslari jadvalda o'qish, yozuv, nutq o'stirish, ona tili darslari deb nomlangan. Bu predmetlar 1-9 sinfgacha o'tkaziladi. Maxsus muassasalarda ushbu predmetlarga vaqtni nisbatan kuprok ajratilishi nutq va tafakkurning o'zaro bog'liqligidan to'g'ri bayon etishga o'rgatish, o'quvchilarni bilim doiralarini kengaytirish, oia tili va o'qishga bo'lgan kizikishlarini o'stirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda hayot haqidagi tushuncha va tasavvurlarini boyitish, ularni ma'naviyatli -mayarifatli bo'lishini ta'minlash. Maktabning maxsus vazifasi: o'quvchilar nutqi va tafakkuridagi kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish, kengaytirish, korreksiyalash. Shu vazifani hisobga olib, dasturning barcha bo'limlarga nutq o'stirish ishlari korreksion ish sifatida singdirib berilgan. Ona tili dasturi quyidagi bo'limlardan iborat: tevarak atrof bilan tanishtirish va nutqni o'stirish (1-5 snflar): savod o'rgatish (1 sinf): o'qish va nutq o'stirish (2-9 sinf): grammatika imlo va nutq o'stirish (2-9 sinf). nutq o'stirish-ushbu bo'limlarni tashkil etish, amalga oshirishda asosiy prinsip bo'lib hisoblanadi. aqli zaif va ogir nutq nuqsonli bolalar nutqi kechikib rivojlanadi. Agar sog'lom bola ilk so'zlarni mustaqil ravishda bir-bir yarim yoshda talaffuz etsa, bu bolalar dastlabki so'zlarni 3-4 yoshda talaffuz eta boshlaydilar. Markaziy nerv sistemasining organik jarohatlanishi tufayli oligofren bolalarning bilish faoliyati turgun buzilgan va psixofizik rivojlanishida o'ziga xos kamchiliklar kuzatiladi. Birinchi snfga kelganbolalar dastur materiallarini uzlashtirishga etarli tayyor bulmaydilar, ularning og'zaki nutqi til sohasidagi bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish uchun mos kelmaydi. Yordamchi maktabda ona tili o'qitish yo'llari, usullari kelib chikadi. Bola nutqida ogir nuqsonlar bo'lganligi natijasida, unda ikkilamchi hodisa sifatida aqlan zaiflik belgilari paydo bo'lishi mumkin va aksincha, aqlan zaiflik natijasida bola nutqida ikkilamchi hodisa sifatida nutqning rivojlanmaganligi kuzatilad. Demak, aqlan zaiflik belgilari nutq rivojlangani sari batamom yukoladi, bola sog'lom tengdoshlari bilan bir katorda ukib ketadi. nutqi yaxshi bo'lgan sari, aqlan zaif bolaning fikrlash qobiliyati rivojlanib, sog'lom tengdoshlari undagi nuqsonlarni syozmaydilar. Anomal bolalarning bu ikkala kategoriyasi bilan taxminan bir xildagi korreksion ishlar amalga oshiriladi. Maxsus muassalarda ona tili darslari ikki bosqichda utiladi. Birinchi bosqich-tayyorlov bosqichi bo'lib, bunda barcha ishlar asosiy vazifani xal etish uchun tayyorgarlik ko'rishni talab etadi. Ikkinchi bosqichda elementlar nazariy bilimlarni berish kuzda tutilgan. Ogir nutqiy nuqsonli bolalar boshlang'ich va o'rta maktab dasturi asosiy nutqiy sinflarda ta'lim olsalar, yordamchi maktab o'quvchilari ona tili dasturi yordamchi maktabda debil bolalarning uziga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.43 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.43 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:43 ]
Arxiv ichida: doc