Ona tili darslarida didaktik o'yinlardan foydalanish Reja: Kirish Asosiy qism Didaktik o'yinlar Didaktik o'yinlarning turlari va o'tkazish yo'llari Ona tili darslarida ta'limiy o'yinlar vositasida o'quvchilar nutqini boyitish usullari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati Kirish Bugungi kunda jamiyatning shiddatli o'sishi, fan texnikaning rivojlanishi, amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijalari barcha sohalar kabi ta'lim-tarbiya jarayonlariga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Hozirgi sharoitda xalq ta'lim tizimi, uning barcha bo'g'inlarini yagona kompleks sifatida qarash talab etilmoqda. Bu bo'g'inlar bolalarning maktabgacha tarbiya olishini, umumiy va maxsus bilimga, professional tayyorgarlikka ega bo'lgan yoshlarning shaxs sifatida ma'naviy va axloqiy kamol topishini, ularning jismoniy rivojlanishini ta'minlaydi. Maktab jamiyatning talablariga bo'ysunuvchi va uning ehtiyojlarini to'la qondirish uchun javobgar bo'lgan muhim bo'g'in hisoblanadi va bu dargoh insonni shakllantirish uchun mas'uldir. Ma'lumki, shaxs bir butun shaklda rivojlanadi. Bir butun ta'lim-tarbiya jarayoniga xos vazifa insonda nafaqat aqliy, balki layoqat va malakani ham shakllantiradi. Bir butunlikda bo'lgan jarayon o'quvchida qiziqish hissini tarkib toptiradi. Shaxsni shakllantirishdagi vazifalarning o'zaro birligini ta'minlashda, avvalo, maqsad, vosita va kuzatilgan natijalarning birligi ham nazarda tutiladi. Kichik maktab o'quvchisini fikr doirasini kengaytirishda, muloqot san'atining boshlang'ich savodini egallashda, kompleksli ta'lim jarayonini amalga oqhirishda o'quvchilarni nutqini shakllantirishga oid darslarning o'rni va ahamiyati kattadir. Hozirgi davr Respublikamiz ijtimoiy hayotidagi tub ijobiy o'zgarishlar boshlang'ich sinflar ona tili ta'limini oldiga muhim talablar qo'ymoqda. Mashg'ulotlarni pedagogik texnologiyalar asosida qurish, davlat ta'lim standartlari talablarini bajarish, bolalarning fikrlash darajasini muntazam ravishda o'stirib borish, o'quvchilarning nutqiy va imloviy savodxonligini to'la ta'minlash ana shu talablar sirasiga kiradi. Ona tili o'qitish metodikasida o'quvchilarning savodini chiqarish, grammatik tushunchalarini shakllantirish, ularning nutqiy va imloviy savodxonligini oshirishda qo'llanadigan usullar, mashqlar variantlari ko'p. Fonetik, grammatik, orfografik tushunchalarni mustahkamlash, nutqiy malakani mukammal shakllantirishda metodika fanidan belgilangan mashqlar qatorida ta'limiy o'yinlar ham muhim o'rin tutadi. ta'limiy o'yinlarni boshqa mashq turlaridan farqi shuki, bunda bir tamondan, o'quvchilarning zerikishi, charchog'iga barham berilsa, ikkinchidan tamondan, bolalarning fikrlash jarayoni tezlashadi, muayyan belgilangan malakalarning mufassal shakllanishi osonlashadi. Malumki o'quvchi qancha yosh bo'lsa, darslarda qo'llanadigan qiziqarli o'yin elementlari shunchalik ko'p bo'lishi lozim. Chunki darsda qo'llanadigan didaktik o'yin, bir tamondan, ayrim bolalar tabiatiga xos bo'lgan qiziquvchanlik, sho'xlik kabi xususiyatlariga muvofiq kelsa, ikkinchi tamondan, bazi bolalardagi odamovilik, indamaslik, uyatchanlik kabi jihatlarini bartaraf etib boradi. Demak, o'yin jarayoni o'quvchi psixologiyasida keskin o'zgarishlar yasaydi. O'yin davomida o'quvchi mavhum grammatik-orfograk tushunchalar mohiyatini anglay boshlaydi, uning xotirasida ko'pgina so'zlar uchun umumiy bo'lgan belgilar o'rin ola boshlaydi, og'zaki va yozma nutqidagi orfoepik - orfografik tushunchalar mohiyatini anglay boshlaydi, yozma nutqidagi orfoepik - orfografik nuqsonlar kamayadi. ta'limiy o'yinlar sinf jamoasining erkin tutishlarini ta'minlaydi, darsning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.56 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.56 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:43 ]
Arxiv ichida: doc