Ona tili darslarining maqsadga ko'ra turlari Reja: Dars tiplari haqida qisqacha ma'lumot. Yangi bilimlar berish darsi. Utilganlarni mustahkamlash (takrorlash) darsi. Bilim va malakalarni tekshirish darslari. Dars bosqichlari. Dars o'quv tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda yetakchi shakllardandir. Darsda urganiladigan bilimlar mazmuni ta'lim jarayoni kuygan maqsadga, bolalarning bilim saviyasiga, ongli uzlashtirishga mos bo'lishi zarur. ta'limda bularga amal kilmaslik ona tili darslari samaradorligiga putur etkazadi. ta'lim samaradorligini oshirish yosh avlodni kelajakda O'zbekistonni yuksak darajada taraqqiy etgan yurtlar katoriga olib chikmogi, natijada iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma'naviy yetuk farzandlari bilan xam jahonni koyil qilishi lozim. Mamlakatimiz mard, fidoiy kishilar yurtiga, mexru shafkat, muhabbat barqaror bo'lgan, tafakkur va ijod kaynagan muqaddas makonga aylanishi kerak. Buning uchun xar bir darsni ijodiy tashkil kila bilish, ona tili ta'limining yangilangan mazmuni va usullari yaratilishi zarurki, natijada o'quvchi xar bir darsda yangi narsa urgansin. Ona tili darslarini shartli ravishda uch tipga bo'lish mumkin: Yangi bilimlar berish darsi Utilgan mavzuni mustahkamlash darsi Bilim va malakalarni nazorat qilish darsi Dars fakat «Sof yangi bilim berish» yoki «Sof nazorat darsi» (Yo. Gulomov va boshqalar. «O'zbek tili o'qitish metodikasi». Toshkent 1975 yil, 90-bet) tarzida olib borilmaydi. Yangi bilimlar berish darsida utilgan mavzu, xatto uzoq utilganlar xam qaytarib mustahkamlansa, nazorat darslarida utilganlarni qayta eslab, amaliy malaka hosil qilish xam kuzda tutiladi «Muttasil qaytarish bilimning boshqa sohalarga nisbatan, ayniqsa, grammatika uchun juda zarur» (Ushinskiy). Xar bir darsda nazariy bilimlar berish va amaliy ko'nikma hosil qilish bilan birga o'quvchilarning bilim malakalari tekshirib xam turiladi. Bu ishlar bilan butun holda dars tizimini tashkil qiladi. Dars samaradorligi tizimni to'g'ri tashkil qilishga bog'liq. Ona tili darsi tizimiga yangi bilimlarni izoxlash, uy vazifasining bajarilishini tekshirish, utilganlarni qaytarish va mustahkamlash, xar bir darsni tashkil etish va xulosalash kiradi Tizim tarkiblarining tartibi dars tipi va maqsadiga ko'ra uzgarib turadi. Masalan, o'quvchilardan surash, yangi bilimlarni izoxlash davrida xam davom ettirilishi mumkin. Tajribada sinab kurilgan, metodik tomondan o'zini oklagan xilma - xil dars shakllari o'qitish tizimining yutugi sanaladi. o'quvchilarga oldindan malum bo'lgan yoki oson anglab etiladigan mavzularni mustaqil ish sifatida tashkil etish bilan xam yangi bilimlar berish mumkin. Yangi bilimlar berish va izoxlash darslari. o'quvchilarga notanish yoki murakkabrok mavzularning yangi tomonlarini ochib berish yangi bilimlar berish va izoxlash darsining asosi sanaladi. Bunda yangi mavzuning o'quvchiga tushunarli bo'lishi va mavzuga kizikish uygotish zaruriyati o'qituvchiga katta mas'uliyat yuklaydi. Buning uchun yangi mavzu o'quvchiga tanish mavzular bilan bog'lanishi, ko'rsatmalilik va faktik misollar kabi turli vositalar yordamida amalga oshirilishi zarur. Ya. A. Komenskiy takidlaganidek: «Maktabdagi xamma mashg'ulotlarni xar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.69 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.69 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:43 ]
Arxiv ichida: doc